Klabelretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Klaritromitsin granulalari (3,675 g. klaritromitsinga ekvivalent). Yordamchi moddalar: maltodekstrin, aerosil, ksantan kamedi, kaliy sorbat, suvsiz limon kislotasi, titan dioksidi, shakar kukuni, qulupnayli aromatizator, vanilli aromatizator.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Klaritromitsin

Preparatning savdo nomi:

Klabel

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (makrolidlar guruhi).

Dori shakli:

Suspenziya tayyorlash uchun kukun.

Och sariq-oq rangli, qulupnay va vanilin ta’mli granulyatsiyalangan kukun.

Antibiotik (makrolidlar guruhi).

J01FA09

Klaritromitsin ichga qabul qilinganida tez va faol so‘riladi, uning biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Preparatni bevosita buyurishdan oldin ovqat qabul qilish klaritromitsinning so‘rilishini boshlanishini biroz sekinlashtiradi, ammo uning biologik kirishaolishligiga ta’sir qilmaydi.Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish 90% dan ko‘p. Preparat 250 mg dan sutkada 2 marta buyurilganida klaritromitsinning plazmadagi muvozanatli kontsentratsiyasiga (Sss) 2-3 kundan keyin erishiladi. Preparat asosan jigarda faol 14-gidroklaritromitsin metabolitini hosil qilib metabolizmga uchraydi. Klaritromitsin va faol metaboliti 14-gidroksiklaritromitsin organizmning barcha to‘qima va suyuqliklariga tez taqsimlanadi. Ichga qabul qilinganidan keyin klaritromitsinning to‘qimalardagi kontsentratsiyasi (ayniqsa o‘pkalarda) qon plazmasidagiga qaraganda bir necha marta yuqori. Yarim chiqarilish davri (T1/2) dozaga bog‘liq bo‘lib 3 dan 9 soatgachani tashkil qiladi. Preparat organizmdan asosan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion kasalliklarni davolash: – quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (bronxitlar, pnevmoniyalar); – yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari (laringit, tonzillit, faringit, sinusitlar); – teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (follikulitlar, flegmonalar, saramasli yallig‘lanish); – tarqalgan yoki tarqalmagan mikobakterial infektsiyalar; – CD4 (T-xelper limfotsitlar) limfotsitlarining miqdori 1 mm3 da 100 dan ko‘p bo‘lmagan OITV infektsiyalangan bemorlarda Mycobacterium avium (MAC) majmuasi bilan bog‘liq bo‘lgan infektsiyaning tarqalishini oldini olish; – o‘nikki barmoq ichak yarasining qaytallanishlari tez-tezligini pasaytirish uchun  Nelicobacterium pylori ni yo‘q qilish.

Preparat ichga qabul kilinadi. 12 yoshdan kichik yoshli va/ yoki tana vazni <33 kg bo‘lgan bolalarga preparatning suspenziya shakli 2 qabulga bo‘lingan sutkada 15mg/kg tana vazniga dozalarda buyuriladi va u preparatning dozasi 500 mg dan xar 12 soatdan oshmasligi kerak. Bolalarga tavsiya qilinadigan maksimal sutkalik doza 1 g ni tashkil qiladi. Suspenziya qabul qilingandan keyin bolaga ozgina suyuqlik ichirish tavsiya qilinadi. Suspenziya mayda granulalar saqlaydi, ularni chaynash kerak emas, chunki ular achchiq  ta’mga ega. Bolalar uchun preparatning dozasi  jadvalda berilganidek bolaning tana vazniga qarab xisoblanadi. Tana vazni (kg)Doza (mg)Doza (ml)Hisob (1 o‘lchov qoshig‘i hisobida)9 kg62,5 mg1,25 ml¼ qoshiq17 kg125 mg2,5 ml½ qoshiq25 kg187,5 mg3,75ml¾ qoshiq33 kg250 mg5 ml1 qoshiq Yuqorida ko‘rsatilgan dozalarni qabul qilishlar soni – sutkada 2 marta. Davolash kursi odatda 7-14 kun davom etadi. Mycobacterium avium complex chaqirgan infektsiyalarni davolash va tarqalishini oldini olish uchun 500mg dan xar 12 soatda buyuriladi. Dozani oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza 2 g. Davolash kursi 6 oy va undan ko‘pni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kreatinin klirensi (KK) 30 ml/1 min, yoki zardob kreatinini 290 mkmol/l (3,3 mg/l) dan ko‘proq bo‘lganda dozani 2 martaga kamaytirish yoki qabullar orasidagi intervalni ikki marta oshirish lozim. Bu guruh patsiyentlarida davolash kursining davomiyligi maksimal – 14 kun.

Me’da-ichak yo‘llari, jigar tomonidan: tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari, diareya, soxta membranoz kolit, glossit, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi va tilning rangini o‘zgarishi, ta’mni o‘zgarishi; kam – qon zardobida jigar fermentlari darajasini oshishi va xolestaz, sariqlikni rivojlanishi bilan bo‘lgan gepatit hollari; juda kam – jiddiy asosiy kasalliklar va/yoki boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, kam – uyqusizlik. Yurak-tomir tizimi tomonidan: QT intervalini uzayishi, qorinchalar aritmiyasi, shu jumladan qorinchalarning paroksizmal taxikardiyasi va qorinchalarni titrashi-lipillashi. Allergik reaktsiyalar: ularning jadalligi eshakemi va teri toshmasidan to anafilaksiya va Stivens-Djonson sindromigacha o‘zgaradi. Boshqalar: eshitishni pasayishi, hansirash, kam – gipoglikemiya.

-og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi; -gepatit (anamnezida); -porfiriya; -terfenadin, tsizaprid, pimozid yoki astemizol bilan bir vaqtda davolash; -6 oylik yoshgacha bo‘lgan bolalar; -fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi,glyukoza/galaktozani kam so‘rilishi yoki saxaroza/ izomaltaza fermentini tanqisligi (faqat dori shakli uchun, ichga qabul uchun, suspenziyani tayyorlash uchun granulalar); -preparatning komponentlariga yukori sezuvchanlik: -makrolidlar guruxi boshka antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik. Preparatni o‘rtacha va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, yurak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Klaritromitsinni tsizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol bilan bir vaqtda qo‘llash ularni qondagi kontsentratsiyasini oshishiga, QT intervalini uzayishi va yurak aritmiyalarini, shu jumladan qorinchalarning paroksizmal taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi va qorinchalarni titrashi – lipillashni rivojlanishiga yordam beradi. Klaritromitsinni tsitoxrom R450 tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, takrolimus, geksobarbital, alfentanil, bromkriptin, valproat, lovastatin, disopiramid, fenitoin, tsiklosporin) bilan bir vaqtda qo‘llash bu preparatlarning zardobidagi kontsentratsiyasini oshishi va ularning samarasini kuchayishi bilan birga kechadi. Klaritromitsin bilan bir vaqtda ishlatilganida bu dorilarning zardobdagi kontsentratsiyasini nazorat qilish zarurati tug‘ilishi mumkin. Klaritromitsinni va gidroksimetilglutaril-SoA-reduktaza ingibitorlari -lovastatin va simvastatin bir vaqtda buyurilganida kamdan-kam hollarda skelet mushaklarining o‘tkir nekrozi rivojlanishi mumkin. Digoksin va klaritromitsin tabletkalarini bir vaqtda olayotgan bemorlarda qon plazmasida digoksin kontsentratsiyasini oshishi aniqlanadi. Shuning uchun bunday bemorlarda digitalis intoksikatsiyasidan saqlanish uchun, digoksinning qon zardobidagi miqdorini muntazam nazorat qilish kerak. Klaritromitsin triazolam klirensini kamaytirishi va shunday qilib uning uyquchanlik va ongni chalkashuvini rivojlanishi bilan farmakologik samaralarini oshishi mumkin. Klaritromitsin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda ishlatish, o‘tkir ayrim bemorlarda periferik tomirlarning spazmi va sezuvchanlikni o‘zgarishi bilan namoyon bo‘luvchi o‘tkir ergotamin intoksikatsiyasi bilan bog‘liq. OITV bilan infektsiyalangan kattalarga bir vaqtda zidovudin va klaritromitsin tabletkalarini og‘iz orqali buyurish zidovudinning Sss kamayishiga olib kelishi mumkin. Klaritromitsin bir vaqtda peroral buyurilgan zidovudinning so‘rilishini o‘zgartirishi ehtimolini hisobga olib, klaritromitsin va zidovudinni kunning turli soatlarida qabul qilish bilan bu o‘zaro ta’sirdan ma’lum darajada saqlanish mumkin. Klaritromitsin va ritonavir bir vaqtda buyurilganida klaritromitsinning zardobdagi kontsentratsiyasining ko‘rsatkichi oshadi. Bunday hollarda buyrak faoliyati me’yorda bo‘lgan bemorlarda klaritromitsinning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Ammo KK 30 dan 60 ml/min gacha bo‘lgan bemorlarda, klaritromitsin dozasini 50% ga pasaytirish lozim. KK 30 ml/min dan kam bo‘lganida, klaritromitsinning dozasini 75% ga pasaytirish lozim. Ritonavir bilan bir vaqtda davolanishda klaritromitsinni sutkada 1 g dan yuqori dozada buyurish kerak emas. Klaritromitsin va omeprazol bir vaqtda buyurilganida ularning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi yuz beradi, ammo bu preparatlarning dozasini to‘g‘rilashni talab qilmaydi.

Klaritromitsin va boshqa makrolidlar guruhi antibiotiklari, hamda linkomitsin va klindamitsin orasida qarama-qarshi chidamlilik bo‘lishi mumkinligiga e’tibor berish kerak. Preparatni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ammo buyraklar faoliyati me’yorda saqlangan o‘rtacha yoki og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klaritromitsinning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmaydi. OITS li bemorlarda MAS chaqirgan tarqalgan infektsiyalarda, uning foydasiga klinik va mikrobiologik tasdiqlar bor ekan, davolashni davom ettirish lozim. Klaritromitsinni boshqa mikroblarga qarshi preparatlar bilan majmuaviy buyurish lozim. Tuberkulyozdan tashqari, mikobakteriyalar chaqirgan infektsion kasalliklarda, davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi. Homiladorlik va emizish vaqtida klaritromitsinning xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun homiladorlik davrida klaritromitsinni faqat muqobil davolash bo‘lmaganida, agarda kutiladigan foyda homilaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin. Klaritromitsin ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun uni emizikli onalarda qo‘llash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak. Xozirgi vaqtgacha preparatni 6 oylikgacha bo‘lgan bolalar  qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Tayyor suspenziyani sovutgichda, 2-8°S bo‘lgan haroratda saqlash va 14 kun davomida qo‘llash kerak.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: darhol me’dani yuvish va simptomatik davolash. Gemodializ va peritoneal dializ klaritromitsinning qon zardobidagi darajasini ahamiyatli o‘zgarishga olib kelmaydi.

Retsept bo‘yicha

«Klabel®» 250 mg/5 ml, 70 ml suspenziyani tayyorlash uchun kukun, komplektda 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.

2 yil.