Ketoprofen Remedyretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: Ketoprofen50 yoki 100 mg yordamchi moddalar: Laktoza monogidrati186,1 yoki 136,1 mgMagniy stearati2,4 mgKremniy kolloid dioksidi1,5 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ketoprofen

Preparatning savdo nomi:

Ketoprofen-Remedy

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV).

Dori shakli:

kapsulalar

oq yoki deyarli oq rangli kukun bilan to‘ldirilgan, oq rangli “2” o‘lchamli, oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV).

Ichga qabul qilinganida me’da-ichak yo‘llaridan (MIY) oson so‘riladi, biokiraolishligi – 90% ni tashkil etadi. 100 mg dozada qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 1 soatu 22 minutdan so‘ng erishiladi va 10,4 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish ketoprofenning biokiraolishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Turli genezli og‘riqli va yallig‘lanish jarayonlarini simptomatik davolash uchun: Tayanch-harakat tizimining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari:revmatoid artrit;seronegativ artritlar: ankilozlovchi spondiloartrit – Bexterev kasalligi, psoriatrik artrit, reaktiv artrit (Reyter sindromi);podagra, psevdopodagra;osteoartrozda qo‘llaniladi;og‘riqli sindrom:tendinit, bursit, mialgiya, ossalgiya, nevralgiya, radikulit, ishiaz, artralgiya;posttravmatik va operatsiyadan keyingi og‘riqli sindrom;onkologik kasalliklaridagi og‘riqli sindrom;adneksit, algodismenoreya;otit, bosh va tish og‘riqlarida qo‘llaniladi.venalar va limfatik tomirlarning yallig‘lanish kasalliklari:flebit, periflebit, yuza tromboflebit, limfangit, yuza limfadenitda qo‘llaniladi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Doza kasallikning og‘irligi, organizmning holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak faoliyatiga qarab belgilanadi. Odatdagi doza – 50 mg li ketoprofenning bir kapsulasi sutkada 3 marta buyuriladi. Revmatik kasalliklarda – 1 kapsula (50 mg) dan sutkada 4 marta yoki 2 kapsula (100 mg) dan sutkada 2 marta buyuriladi. Dori shakllarini majmuada qo‘llash mumkin. Yengil yoki o‘rtacha darajadagi og‘riqli sindromni yoki algodismenoreyani davolashda – ketoprofen 50 mg dan har 6-8 soatda yoki 100 mg dan har 12 soatda (zarurat bo‘lganida har 8 soatda) buyuriladi. Maksimal sutkalik doza (shu jumladan turli dori shakllari qo‘llanganda) 300 mg ni tashkil qiladi. Kapsulalarni ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin darhol, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv yoki sut bilan (suyuqlik hajmi – kamida 100 ml bo‘lishi kerak) qabul qilish kerak. Peroral shakllarini rektal suppozitoriylar bilan yoki ketoprofenning sirtga qabul qilinadigan dori shakllari (krem, gel) bilan birga qo‘llash mumkin. Davolanish vaqtida preparatni antatsidlar bilan (ovqat hazm qilish tizimiga ketoprofenning nojo‘ya samaralari ehtimolini kamaytirish uchun) birga qo‘llash mumkin.

Nojo‘ya ta’sirlarining yuzaga kelish tez-tezligi: juda keng tarqalgan (>10%), keng tarqalgan (>1%, lekin <10%), keng tarqalmagan (>0,1%, lekin <1%), kam uchraydigan (>0,01%, lekin <0,1%), juda kam uchraydigan (<0,01%). Allergik reaktsiyalar: keng tarqalgan – teri toshmasi, qichishish, eshak yemi; tarqalmagan – rinit, hansirash, bronxospazm, angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktoid reaktsiyalar, kam uchraydigan – ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stiven-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktik shok. Nerv tizimi tomonidan: keng tarqalgan – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, holsizlik, asteniya, asabiylik, parishonhotirlik, alahsirash; kam uchraydigan – migren, periferik nevropatiya (polinevropatiya, polineyropatiya, nerv neyropatiyasi), mushak tortishishlari; juda kam uchraydigan – gallyutsinatsiyalar, dezoriyentatsiya, nutqni buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi yoki hushdan ketish. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: keng tarqalmagan – taxikardiya, arterial gipertenziya periferik shishlar. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: keng tarqalgan – dispepsiya (ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya yoki qabziyat, qusish, ishtahani pasayishi yoki oshishi), qorinda og‘riq, stomatit, og‘izni qurishi, keng tarqalmagan (uzoq vaqt qo‘llanilganida) – MIY shilliq qavatini yaralanishi, jigar faoliyatini izdan chiqishi; kam uchraydigan – MIY a’zolarining perforatsiyasi, Kron kasalligini zo‘rayishi, melena, MIY dan qon ketishi (me’da-ichakdan, gemorroidal, shuningdek milkdan qon ketishi), jigar fermentlari darajasini tranzitor oshishi, gepatit. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam uchraydigan – buyrak faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit, tsistit, uretrit, nefrotik sindrom, shish sindromi, gematuriya (diuretik va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari (NYAQV) uzoq vaqt qo‘llanganda). Sezgi a’zolari tomonidan: kam uchraydigan – quloqlarni shang‘illashi yoki jaranglashi, ta’m bilishni o‘zgarishi, ko‘rish ravshanligini susayishi, kon’yunktivit, ko‘z shilliq qavatini qurishi, ko‘zda og‘riq, ko‘z shilliq qavati (kon’yunktiva) giperemiyasi, eshitishni pasayishi, alopetsiya, ekzema, eksfoliativ dermatit. Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi, kam uchraydigan – anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, purpura, leykopeniya. Boshqalar: keng tarqalmagan – chanqash, ko‘p terlash, mialgiya; kam uchraydigan – qon tupurish, burundan qon ketishi, metrorragiya (shu jumladan vaginal qon ketish).

ketoprofen yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek salitsilatlarga yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga (NYAQP) o‘ta yuqori sezuvchanlikbronxial astma (shu jumladan “aspirinli uchlik”), anamnezida atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) yoki boshqa NYAQP qabul qilinishi natijasida chaqirilgan rinit yoki eshakemi;me’da yoki o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini zo‘rayish bosqichi, peptik yara;nospetsefik yarali kolit (NYAK), Kron kasalligi (granulematoz enterit, mahalliy enterit, transmural ileit, mahalliy-terminal ileit), ichakning yallig‘lanish kasalliklarini zo‘rayish bosqichi, divertikulit;gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlari;leykopeniya, trombotsitopeniya;bolalar (15 yoshgacha);buyrak va/yoki jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari;dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi (qon aylanish tizimi yetishmovchiligi);aortokoronar shuntlashdan keyingi operatsiyadan keyingi davr;me’da-ichakdan, tserebrovaskulyar va boshqa qon ketishlari (yoki qon ketishiga gumon);surunkali dispepsiya;homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Ketoprofen quyidagilar– urikozurik preparatlar (probenetsid), antigipertenziv vositalar (jumladan beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, diuretiklar) ning ta’sirini kamaytiradi Quyidagilar– peroral gipoglikemik preparatlar (jumladan insulin), ayrim tirishishga qarshi vositalar (fenitoin), antiagregantlar (varfarin), fibrinolitiklar, etanolning ta’sirini kuchaytiradi. Antikoagulyantlar (geparin), trombolitiklar, antiagregantlar (tiklopidin), tsefoperazon, tsefamandol, tsefotetan bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi. Ketoprofen oqsillar bilan sezilarli darajada bog‘langani tufayli, antikoagulyantlar, difenilgidantoin (fenitoin) yoki oltingugurt saqlovchi preparatlarning dozasini kamaytirish lozim. Atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida ketoprofenning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi kamayishi va uning plazma klirensi (qondan chiqarilishi) oshishi mumkin. Quyidagilar– GKS (prednizolon) va mineralokortikoidlar, estrogenlar ning nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytiradi. Boshqa NYAQV, salitsilatlar, GKS, kortikotropin va etanol bilan bir vaqtda qo‘llanganida me’da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanishi va buyrak faoliyatini buzilish havfi oshadi. Buyrak faoliyatini buzilish havfi shuningdek, diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda ham oshadi. Bir vaqtda qo‘llanilganida yurak glikozidlari, sekin kaltsiy kanallarining blokatorlari (verapamil, nifedipin), litiy preparatlari, tsiklosporin, metotreksatning kontsentratsiyalarini oshiradi. Ketoprofen mifepristonning samaradorligini kamaytirishi mumkin. NYAQV qabul qilishni mifepriston bekor qilinganidan keyin kamida 8-12 kundan so‘ng boshlash kerak. Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar (tsitalopram, sertralin)) gidroksillangan faol metabolitlarni ishlab chiqarilishini oshiradi. Natriy valproati bilan birga qo‘llanilishi trombotsitlar agregatsiyasini buzilishini chaqiradi. Antatsidlar va kolestiramin ketoprofenni so‘rilishini susaytiradi. Miyelotoksik dori preparatlar ketoprofenning gematotoksikligini namoyon bo‘lishini kuchaytiradi.

Me’da-ichak buzilishlari chastotasini kamaytirish maqsadida ketoprofenni sut yoki antatsid preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin (sut va antatsidlar ketoprofenni so‘rilishiga ta’sir qilmaydi). NYAQV uzoq vaqt qo‘llanganda, ayinqa keksa yoshdagi bemorlarda qonning holatini, shuningdek jigar va ichak faoliyatini kuzatish lozim. Suyuqlikni organizmda tutilishiga olib keluvchi yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun ketoprofen qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish va AB (arterial bosim) ni tez-tez nazorat qilib turish zarur. Boshqa NYAQV kabi, ketoprofen ham yuqumli kasalliklarning simptomlarini niqoblashi mumkin. 17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati tug‘ilganida preparatni tekshiruv o‘tkazishdan 48 soat oldin bekor qilish lozim. Preparat bilan davolash davrida avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni hamda psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Ketoprofenni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Preparat homiladorlikning I va II uch oyliklarida, ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida emizishni vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish (qon aralash bo‘lishi mumkin), qorinda og‘riq, melena, uyquchanlik, ongni buzilishi, nafasni susayishi, tirishishlar, buyrak faoliyatini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi. Davolash: simtomatik, me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni (yoki boshqa sorbentlarni) buyurish, ketoprofenning MIYga ta’sirini N2-gistamin retseptorlari antagonistlari, proton pompasi ingibitorlari va prostaglandinlar yordamida susaytirish mumkin. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

Kapsulalar 50 yoki 100 mg dan, 10 kapsula polivinilxlorid yoki chop etilgan laklangan alyumin folga yoki polimer qoplamali qog‘ozdan tayyorlangan kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikkitadan kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton penalda.

3 yil.