Ketonal forteretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 100 mg ketoprofen. Yordamchi moddalar: tabletka yadrosi: magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, laktoza monogidrati. Tabletka qobig‘i: gipromelloza Ye464, makrogol 400, ko‘k indigotin bo‘yovchisi Ye132, titan dioksidi Ye171, tozalangan talk, karnaub mumi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ketoprofen/ketoprofenum

Preparatning savdo nomi:

Ketonal forte

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

och-moviy rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar.

M01AЕ03.

Ketoprofen me’da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. 100 mg ketoprofen ichga qabul qilinganidan keyin uning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga (10,4 mkg/ml) 1 soatu 22 minutdan keyin erishiladi. 50 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin ketoprofenning biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi va doza oshirilganida to‘g‘ri chiziqli oshadi. Ketoprofen ratsemik aralashma hisoblanadi, ammo ikkita enantiomerlarning farmakokinetikasi bir-biriga o‘xshash. Ketoprofenning 99% plazma oqsillari, asosan albumin fraktsiyasi bilan bog‘lanadi. To‘qimalardagi taqsimlanish xajmi 0,1-0,2 l/kg ni tashkil etadi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka o‘tadi. 100 mg ketoprofen buyurilganidan uch soatdan keyin uning plazmadagi kontsentratsiyasi taxminan 3 mkg/ml ni, sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi esa – 1,5 mkg/ml ni tashkil etadi. To‘qqiz soatdan keyin uning plazmadagi kontsentratsiyasi taxminan 0,3 mkg/ml ni, sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi esa – 0,8 mkg/ml ni tashkil etadi. Bu, ketoprofen sinovial suyuqlikka sekin o‘tishidan va shuningdek undan sekin chiqarilishidan dalolat beradi, ayni vaqtda uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayishda davom etadi. Agar ketoprofen ovqat bilan qabul qilinsa, so‘rilishi sekinlashadi va plazmadagi kontsentratsiyasi biroz pasayadi, lekin biokiraolishligi avvalgidek qoladi. 50 mg ketoprofen sutkada to‘rt marta ovqatlanish vaqtida qabul qilinganidan keyin 3,9 mkg/ml ga teng cho‘qqi kontsentratsiyasiga ketoprofenni och qoringa qabul qilingandagi ikki soatga erishiladigan cho‘qqi kontsentratsiyasiga qaraganda 1,5 soatda erishilgan. Ketoprofenning muvozanat kontsentratsiyasiga buyurilgandan keyin 24 soat o‘tgach erishiladi. Keksa patsiyentlarda muvozanat kontsentratsiyasiga 8,7 soatdan keyin erishilgan va 6,3 mkg/ml ni tashkil etgan. Ketoprofen jigar mikrosomal fermentlari tomonidan jadal metabolizmga uchraydi. U glyukuron kislotasi bilan bog‘lanadi va shu ko‘rinishda organizmdan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan keyin uning plazmadagi klirensi minutiga 1,16 ml/kg ni tashkil etadi. Tez metabolizmi tufayli, uning biologik yarim chiqarilish davri bor yo‘g‘i ikki soatni tashkil etadi. Ketoprofenning 80% gacha qismi siydik bilan, asosan (90% ko‘proq) ketoprofen glyukuronidi ko‘rinishida va taxminan 10% axlat bilan chiqariladi.

Ketonal forte yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sirga ega nosteroid revmatizmga qarshi preparat hisoblanadi. U bir qator og‘riq sindromlarida og‘riqni yengillashtirish uchun va yallig‘lanish, degenerativ va metabolik revmatik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kamida 100 ml suv yoki sut bilan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulani tishlab ezish yoki chaynash mumkin emas. Simptomlarni bartaraf etish uchun zarur eng past samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilib, noxush samaralarni minimumga yetkazish mumkin.

Noselektiv NYAQP lar bilan davolash oqibatidagi shish, yuqori arterial bosim va yurak yetishmovchiligi haqida xabar berilgan.

Ketoprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;anamnezida ketoprofen yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) yoki salitsilatlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi) kabi shunga o‘xshash ta’sir etuvchi moddalar qo‘llanilganidan keyin bronxial astma, eshakemi, bronxospazm, rinit yoki allergik turdagi reaktsiyalar; bunday patsiyentlarda og‘ir (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi) anafilaktik reaktsiyalar ta’riflangan (“Nojo‘ya ta’sirlari” ga qarang);og‘ir yurak yetishmovchiligi;aortokoronar shuntlash (AKSH) operatsiyasi bajarilgandan keyin operatsiyadan keyingi davrda og‘riqni davolash;anamnezida surunkali dispepsiya;o‘tkir peptik yara, shuningdek anamnezida me’da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforatsiya;qon ketishiga moyillik;buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi;jigar faoliyatini og‘ir buzilishi;homiladorlikning so‘ngi uch oyligi (“Homiladorlik va emizish”ga qarang);15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Yuqori dozalarda boshqa NYAQP lar (shu jumladan tsiklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari) va salitsilatlar: me’da-ichak yo‘llarida yara rivojlanishi va qon ketish- lari xavfi oshadi. Antikoagulyantlar (geparin va varfarin) va trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari (masalan, tiklopidin, klopidogrel): qon ketishini yuqori xavfi oshadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Birga qo‘llash zarurati bo‘lganida diqqat bilan tibbiy kuzatuv talab etiladi. Litiy: litiyni buyrak tomonidan chiqarilishini kamayishi tufayli, ba’zida toksik darajaga yetishi mumkin bo‘lgan plazmada litiy darajasini oshishi xavfi. Zarurati bo‘lganida, NYAQP lar bilan davolash vaqtida va undan keyin plazmada litiy kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va litiyning dozasini muvofiqlashtirish lozim. Xaftasiga 15 mg dan yuqori dozalarda metotreksat: metotreksatning gematotoksikligi xavfi oshadi, ayniqsa agar u yuqori dozalarda (>15 mg/xafta) qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ehtimol metotreksatni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi va uning buyrak klirensini pasayishi bilan bog‘liqdir.

Preparatni NYAQP, shu jumladan tsiklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Keksa odamlarda NYAQP larga noxush reaktsiyalar, ayniqsa o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me’da-ichakdan qon ketishi va perforatsiya ko‘proq yuz beradi (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Prostaglandinlar sintezining susayishi homiladorlik va/yoki embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida juda zarur holatlardan tashqari, buyurish mumkin emas. Agar Ketonal forteni homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligi bo‘lgan ayol qo‘llayotgan bo‘lsa, doza iloji boricha pastroq, davolash davomiyligi esa – iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak. Homiladorlikning uchinchi uch oyligida Ketonal forteni qo‘llash mumkin emas. Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Emizikli onalarga Ketonal forteni buyurish tavsiya etilmaydi.

Preparat markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik yoki tirishishlar kabi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin; bunday hollarda transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Original o‘ramida saqlansin.

2,5 g gacha dozada ketoprofenning dozasini oshirib yuborilishi holatlari ta’riflangan. Ko‘pchilik hollarda kuzatilgan simptomlar xavfsiz xarakterga ega bo‘lgan va tormozlanish, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastriyda og‘riq bilan cheklangan. Ketoprofenning dozasini oshirib yuborilganda maxsus antidoti mavjud emas. Dozani sezilarli oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganda me’dani yuvish va simptomatik va degidratatsiyani bartaraf etish maqsadida bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek diurezni nazorat qilish va atsidozni muvofiqlashtirish (u rivojlangan hollarda) lozim. Buyrak yetishmovchiligida qonda aylanib yurgan preparatni chiqarish uchun gemodializ samarali bo‘lishi mumkin.

Retsept bo‘yicha beriladi

20 tabletkadan flakonda, flakon qutida.

5 yil.