Karbamazepin ATMretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: karbamazepin – 200 mg; yordamchi moddalar: aerosil, makkajo‘xori kraxmali, povidon K-30, talk, magniy strearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

karbamazepin

Preparatning savdo nomi:

Karbamazepin ATM

Farmakalogik guruhi:

Tirishishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki deyarli oq rangli, dumalok shaklli, bir tomoni riskali tabletkalar.

Tirishishga qarshi vositalar.

N03AF01

Ichga qabul qilinganidan keyin karbamazepin amalda to‘liq so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 75% ni  tashkil qiladi. Ichga bir marta qabul qilinganida, kon plazmasidagi faol moddaning o‘zgarmagan holdagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 4-10 soatdan keyin erishiladi. O‘zgarmagan karbamazepinni qondan yarim chiqarilish davri ichga bir martalik standart dozada qabul qilinganidan so‘ng 12-30 soatni tashkil qiladi. Karbamazepin jigar fermentlarining induktori hisoblanadi va o‘zining metabo-lizmini rag‘batlantiradi. Qabul qilingan dozaning 70% siydik bilan (nofaol metabolitlar ko‘rinishda) va 30% ahlat bilan chiqariladi.

tarqalgan tutqanoq xurujlari;oddiy va murakkab simptomlar bilan kechuvchi o‘choqli (partsiall) xurujlar;tutqanoq bilan bog‘liq bo‘lgan xulqni buzilishlari;maniakal – depresssiv psixoz xurujlarini oldini olish;uchshoxlik nervning nevralgiyasi;diabetik nevropatiya;alkogolli abstinent sindromi;markaziy genezli qandsiz diabet;tutqanoqda qo‘llanadi.

Preparat kattalar va bolalarga buyuriladi. Ichga, ovqatlanish vaqtida uncha ko‘p bo‘lmagan suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Tutqanoqni davolashda kattalar va bolalarga, agar buning iloji bo‘lsa, karbamazepin monodavolash ko‘rinishda qo‘llanadi. Boshlang‘ich doza – 100 – 200 mg dan sutkada 1-2 marta. Zururat bo‘lganida doza 1 haftalik interval bilan sutkada ko‘pi bilan 200 mg ga oshirish mumkin. Bir maromda saqlab turuvchi doza bir necha marta qabul qilish uchun odatda sutkada 600-1200 mg ni tashkil qiladi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun maksimal sutkalik doza sutkada 1,2 g ni tashkil qiladi, yakka xollarda kattlarga sutkada 1,6 g buyuriladi. 12-15 yoshli o‘smirlar uchun doza sutkada 1 g dan oshmasligi lozim. Bolalar uchun o‘rtacha sutkalik doza kuniga tana vazniga 10-20 mg/kg hisobidan aniqlanadi va 4-12 oylik bolalar uchun sutkada 100-200 mg ni, 1 yoshdan 5 yoshgacha – 200-400 mg ni, 5 dan – 10 yoshgacha – 400-600 mg ni, 10 dan 15 yoshgacha – 600 mg – 1,0 g ni tashkil qiadi, sutkalik doza bir necha marta qabul qilishga bo‘linadi. Bolalarda preparatni qo‘llashda dozani sutkada 1 g dan oshirish tavsiya etilmaydi. Uchshoxlik nervi nevralgiyasini davolashda: boshlang‘ich doza kuniga 200-400 mg dan boshlanadi, so‘ngra zarurat bo‘lganida doza asta-sekin bir necha marta qabul qilish uchun 600-800 mg gacha oshiriladi. Davolashni 7-10 kun davomida davom ettiriladi. Og‘riq yo‘qolganidan keyin doza asta-sekin kuniga 200 mg gacha pasaytiriladi. Diabetik nevropatiyalarda: 200 mg dan sutkada 2-4 marta buyuriladi. Qandsiz diabetda: 200 mgdan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Alkogolli abstinent sindromda preparatni 200 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Affektiv retsidivlarni va shizoaffektiv psixozlarni oldini olish uchun birinchi haftada sutkalik doza 200-400 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik doza haftada 200 mg ga oshirib, uni 1 g gacha yetkaziladi. Sutkalik dozani 3-4 qabulga teng bo‘linadi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez -bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, kam xollarda akkomadatsiyani buzilishi, diplopiya, nistagm, ko‘z harakatlarini buzilishi, dizartriya, quloqlarni shang‘illashi, periferik nevritlar, paresteziyalar, mushak kuchsizligi, nimfalaj simptomlari, tajavvuzkor xulq, gallyutsinatsiyalar, depressiya, toliqish, ongni buzilishi, psixozlarni faollashuvi kuzatiladi. Ovkat-hazm kilish tizimi tomonidan: qusish, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi kam xollarda – zardobda transaminazalarning faolligini oshishi, sariqlik, diareya, qabziyat, ishtahani pasayishi, qorin og‘rig‘i, glossit, stomatit, gepatit kuzatiladi. Yurak-tomir tizimi tomoshdan: kam xollarda – miokard o‘tkazuvchanligini buzilishi, bradikardiya, aritmiya, AV-blokada sinkope bilan, yurak yetishmovchiligi, tromboflebitlar, tromboemboliyalar, kollaps kuzatiladi. Qon hosil qilish  tizimi  tomonidan: leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya bo‘lishi mumkin, kam xollarda – leykotsitoz, anemiya bo‘lishi mumkin. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyraklar faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi. Bundan tashqari, tana vaznini oshishi, shish, modda almashinuvini buzilishi, qalkonsimon bez faoliyatini buzilishi, pnevmoniya, teri toshmasi, artralgiyalar kuzatilishi mumkin. Moddalar almashinuvi tomonidan: giponatriyemiya, suyuqlikni organizmda tutilishi, shishlar, tana vaznini oshishi, plazmaning osmolyarligini kamayishi, alohida hollarda – o‘tkir o‘zgarib turuvchi porfiriya, folat kislotasi tanqisligi, kaltsiy almashinuvini buzilishi, xolesterin va triglitsiridlar darajasini oshishi kuzatiladi. Endokrin tizimini tomonidan: ginekomastiya yoki galaktoreya, kam- qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi bo‘lishi mumkin. Nafas tizimini tomonidan: alohida hollarda – dispnoe, pnevmonitlar yoki pnevmoniyalar. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish; kam-limfoadenopatiya, isitma, gepatosplenomegaliya, artralgiyalar kuzatiladi.

atrioventrikulyar blokada;monooksidaza ingibitorlari va litiy preparatlarini bir vaqtda qabul qilish;karbamazepinga va tritsiklik antidepressantlarga yuqori sezuvchanlik;jigar, buyraklar va yurak faoliyatini og‘ir buzilishlari;suyak ko‘migini shikastlanishlari;anamnezdagi o‘zgarib turuvchi porfiriya;glaukoma;homiladorlikni birinchi uch oyligi, laktatsiyada qo‘llash mumkin emas.

Karbamazepin jigarning mikrosomal fermentlari faolligini kuchaytiradi, shuning uchun  jigarda metobolizmga uchraydigan ayrim preparatlarning (peroral antikoagu-lyantlar, gormonal kontratseptivlar, folat kislotasining) ta’sirini susaytirishi mumkin. Preparat shuningdek qalqonsimon bez gormonlarining eliminatsiyasini kuchaytirishi mumkin. Karbamazepin bilan davolashni boshlashdan kamida 2 hafta oldin monooksidaza ingibitorlari bilan davolashni to‘xtatish zarur. Fenobarbital va geksamidin karbamazepinning tirishishga qarshi ta’sirini susaytiradi. Oral kontratseptivlar qo‘langanida gormonal homilaga qarshi vositalarni ta’siri tufayli, kutilmagan atsiklik qon ketishlar yuz berishi mumkin. Karbamazepin bilan davolash vaqtida kontratseptsiyaning nogormonal usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Karbamazepin va neyroleptiklar yoki metoklopramid bilan bir vaqtda buyurish, markaziy nerv tizimi, ruxiyat tomonidan nojo‘ya ta’sirlarini namoyon bo‘lishini kuchayishiga yordam beradi. Karbamazepin litiy preparatlari bilan bir vaqtda buyurilganida ikkala preparatning neyrotoksik ta’siri kuchayadi. Karbamazepin izoniazidning gepatotoksik ta’sirini kuchaytiradi. Siydik haydovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon zardobida natriy miqdorini kamayishiga olib kelishi mumkin. Karbamazepin antikoagulyantlar, gormonal homilaga qarshi preparatlar, folat kislotasining metobolizmini rag‘batlantiradi. Karbamazepin qalqonsimon bezi gormonlarini chiqarilishini kuchaytirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanganida: fenobarbital, fenitoin, primidon, valproat kislotasi, teofillin, karbamazepinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini kamaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida makrolid guruhi antibiotiklari, izoniazid, kaltsiy antagonistlari, atsetazolamid, dekstropropoksifen/propoksifen, viloksazin, danazol, nikotinamid (kattalarda yuqori dozalarda), tsimetidin va dezipraminlar karbamaze-pinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshiradi.

Preparat atipik tutqanoq hurujlarida, mioklonik yoki atonik tutqanoq hurujlarda qo‘llanmaydi. Oddiy og‘riqlarni yo‘qotish uchun, uchshoxlik nerv nevralgiyasining uzok davomli remissiyasi (tinchlangan) davrida profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas. Davolashni shifokor nazorati ostida o‘tkazish kerak. Preparat yondosh yurak – tomir tizimi kasalliklari, jigar va/yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari, qandli diabet, ko‘z ichki bosimini oshishida, anamnezda boshqa preparatlarni qo‘llashga gematolik reaktsiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganida, giponatriyemiyada, siydikni tutilishida, tritsiklik antidepressantlarga yuqori sezuvchanlikda, anamnezda karbamazepin bilan davolash kursini uzilish hollari bo‘lganida, shuningdek bolalar va keksa yoshli bemorlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Uzok muddatli davolashda qon manzarasini, jigar, buyraklar faoliyatini, qon plazmasidagi elektrolitlar kontsentratsiyasini nazorat qilish, oftalmologik tekshirishlarni o‘tkazish lozim. Davolashning xavfsizligi va samaradorligini nazorat kilish uchun vaqti-vaqti bilan kon plazmasida karbamazepinning miqdorini aniqlash tavsiya qilinadi. Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin jigar faoliyatini va qon manzarasini tekshirish kerak, va buni haftada 1 marta, davolashni birinchi oyida, keyinroq esa, 1 oyda 1 marta o‘tkazish kerak. Davolash davrida yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak; alkogolli ichimliklarni qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: dezoriyentatsiya, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar va koma, ko‘rishning xiralashishi, dizartriya, nistagm, ataksiya, diskineziya, giper-/giporefleksiya, tirishishlar, mioklonus, gipotermiya; nafasni susayishi, o‘pka shishi; taxikardiya, gipo-/gipertenziya, xushni yo‘qolishi bilan kechuvchi yurakni to‘xtashi; qusish, yo‘g‘on ichak motorikasini susayishi, suyuqlikni organizmda tutilishi, oligouriya yoki anuriya, laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi: giponatriyemiya, metobolik atsidoz bo‘lishi mumkin,  giperglikemiya, kreatininfosfokinazaning mushak fraktsiyasini oshishi kuzatiladi. Davolash: qusishni chaqirishi yoki me’dani yuvish, faollantirilgan ko‘mir va tuzli surgi vositalarini buyurish, jadallashtirilgan diurez. Nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun – traxeya intubatsiyasi, sun’iy nafas va (yoki) kislorodni qo‘llash. Gipotenziyada yoki shokda – plazma o‘rnini bosuvchilar, dofamin yoki dobutamin, tirishishlar paydo bo‘lganida – benzodiazepinlar (diazepam) yoki boshqa tirishishga qarshi vositalarni yuborish kerak (bolalarda nafas susayishi kuchayishi mumkin). Og‘ir zaharlanish buyraklar yetishmovchiligi bilan birga kechganda buyrak dializi qo‘llanadi. Maxsus antidoti yo‘q. Tirishish sindromida diazepam va fenobarbital qo‘llanadi.

Retsept bo‘yicha

10 ta tabletkadan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda. Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylaniladi.

2 yil.