Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez -bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, kam xollarda akkomadatsiyani buzilishi, diplopiya, nistagm, ko‘z harakatlarini buzilishi, dizartriya, quloqlarni shang‘illashi, periferik nevritlar, paresteziyalar, mushak kuchsizligi, nimfalaj simptomlari, tajavvuzkor xulq, gallyutsinatsiyalar, depressiya, toliqish, ongni buzilishi, psixozlarni faollashuvi kuzatiladi.
Ovkat-hazm kilish tizimi tomonidan: qusish, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi kam xollarda – zardobda transaminazalarning faolligini oshishi, sariqlik, diareya, qabziyat, ishtahani pasayishi, qorin og‘rig‘i, glossit, stomatit, gepatit kuzatiladi.
Yurak-tomir tizimi tomoshdan: kam xollarda – miokard o‘tkazuvchanligini buzilishi, bradikardiya, aritmiya, AV-blokada sinkope bilan, yurak yetishmovchiligi, tromboflebitlar, tromboemboliyalar, kollaps kuzatiladi.
Qon hosil qilish tizimi tomonidan: leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya bo‘lishi mumkin, kam xollarda – leykotsitoz, anemiya bo‘lishi mumkin.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyraklar faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi.
Bundan tashqari, tana vaznini oshishi, shish, modda almashinuvini buzilishi, qalkonsimon bez faoliyatini buzilishi, pnevmoniya, teri toshmasi, artralgiyalar kuzatilishi mumkin.
Moddalar almashinuvi tomonidan: giponatriyemiya, suyuqlikni organizmda tutilishi, shishlar, tana vaznini oshishi, plazmaning osmolyarligini kamayishi, alohida hollarda – o‘tkir o‘zgarib turuvchi perfiriya, folat kislotasi tanqisligi, kaltsiy almashinuvini buzilishi, xolesterin va trigliktsiridlar darajasini oshishi kuzatiladi.
Endokrin tizimini tomonidan: ginekomastiya yoki galaktoreya, kam- qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi bo‘lishi mumkin.
Nafas tizimini tomonidan: alohida hollarda – dispnoe, pnevmonitlar yoki pnevmoniyalar.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish; kam-limfoadenopatiya, isitma, gepatosplenomegaliya, artralgiyalar kuzatiladi.