Kanakunjut moyi – 10 ml.
kanakunjut moyi Dori shakli: moy
Kanakunjut moyi
Surgi vositasi. ATX kodi: A06AV05 Farmakologik xususiyatlari Madaniylashtirilgan sutlamadoshlar oilasiga mansub (Euphorbiaceae) kanakunjut o‘simligining (Ricinus Communis L.) urug‘idan olinadigan moy. Ichak retseptorlari qo‘zg‘alishini (uning butun uzunligi bo‘ylab) va reflektor peristaltika kuchayishini chaqiradi. Shuningdek bachadon mushaklarini reflektor qisqarishi kuzatiladi. Farmakokinetikasi “Olddori”. Ichga qabul qilinganida ingichka ichakda lipaza tomonidan parchalanadi va ritsinol kislotasi hosil bo‘ladi, u asosiy ta’sir ko‘rsatadi. Surgi samarasi odatda 5-6 soatdan keyin namoyon bo‘ladi.