faol modda: kamfora; yordamchi moddalar: tibbiy vazelin, qattiq neft parafini, suvsiz lanolin.
kamfora
Kamfora surtmasi 10%
mahalliy qitiqlovchi vositalar. Farmakologik hususiyatlari Preparat mahalliy qo‘llanganda qitiqlovchi, ikkilamchi og‘riqsizlantiruvchi va qisman antiseptik ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘llanilishi Artritlar, miozitlar, nevralgiyalar, revmatizm va boshqa og‘riqli sindromlarni davolashda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga buyuriladi. Preparat og‘riqli joyga yupqa qilib qo‘yiladi va yengil harakatlar bilan ishqalab surtiladi. Nojo‘ya ta’sirlari Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Kamforaga nisbatan yuqori sezuvchanlik, surtilishi kerak bo‘lgan joydagi teri shikastlangan bo‘lsa, preparatni ko‘llash mumkin emas.
surtma