Kagotsel rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: Kagotsel® – 12 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 10 mg, kaltsiy stearati – 0,65 mg, Ludipress (bevosita presslangan laktoza, Ludipressa tarkibi: laktoza monogidrati, povidon (Kollidon 30), krospovidon (Kollidon CL)) – 100 mg massali tabletka olinguncha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

(1→4)-6-0-karboksimetil-β-D-glyukoza, (1→4)-β-D-glyukoza va (21→24)-2,3,14,15,21,24,29,32-oktagidroksi-23-(karboksimetoksimetil)-7, 10-dimetil-4, 13-di(2-propil)-19,22,26,30,31-pentaoksageptatsiklo [23.3.2.216.20.05.28.08.27.09.18.012.17] dotriakonta-1,3,5(28),6,8(27),9(18),10, 12(17), 13,15-dekayen sopolimerining natriyli tuzi.

Preparatning savdo nomi:

Kagotsel

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi vosita

Dori shakli:

tabletkalar.

kremsimondan jigarrang rangligacha bo‘lgan, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.

viruslarga qarshi vosita.

J05AX

Kagotsel® ning asosiy ta’sir mexanizmi interferonning ishlab chiqarilishini induktsiyalash qobiliyati hisoblanadi. Kagotsel® odam organizmida viruslarga qarshi yuqori faollikka ega bo‘lgan α- va β-interferonlarning aralashmasi hisoblangan kechki interferonning hosil bo‘lishini chaqiradi. Kagotsel® organizmning viruslarga qarshi javobida ishtirok etuvchi deyarli barcha populyatsiyadagi hujayralarda: T- va V-limfotsitlarda, makrofaglarda, granulotsitlarda, fibroblastlarda, endotelial hujayralarda interferonning ishlab chiqarilishini chaqiradi. Kagotsel® ning bir dozasi ichga qabul qilinganida qon zardobida interferonning titri 48 soatdan keyin maksimal ko‘rsatkichlarga yetadi. Kagotsel® ni yuborilishiga organizmning interferonli javobi interferonni qon oqimida davomli (4-5 sutkagacha) aylanib yurishi bilan ifodalanadi. Kagotsel® ichga qabul qilinganida interferonni ichakda to‘planish dinamikasi, qonda aylanib yurgan interferonning titrlari dinamikasi bilan to‘g‘ri kelmaydi. Qon zardobida interferonning ishlab chiqarilishini yuqori ko‘rsatkichlarga, Kagotsel® qabul qilinganidan keyin 48 soat o‘tgachgina yetadi, ayni paytda ichakda interferonning ishlab chiqarilishini maksimumiga 4 soatdan keyinoq aniqlanadi. Kagotsel® terapevtik dozalarda buyurilganida toksik emas, organizmda to‘planmaydi. Preparat mutagen va teratogen xususiyatlarga ega emas, kantserogen emas, embritoksik ta’sirga ega emas. Kagotsel® bilan davolashda eng yuqori samaradorlikka o‘tkir infektsiya boshlanganidan keyin kechi bilan 4 kuni buyurilganida erishiladi. Profilaktik maqsadda preparatni har qanday muddatlarda, shu jumladan bevosita infektsiya qo‘zg‘atuvchisi bilan bo‘lgan kontaktdan keyin ham buyurish mumkin.

Organizmga yuborilganidan keyin 24 soat o‘tgach Kagotsel® asosan jigarda, kamroq darajada o‘pkalarda, timusda, taloqda, buyraklarda, limfa tugunlarda to‘planadi. Past kontsentratsiyasi yog‘ to‘qimasida, yurakda, mushaklarda, urug‘donda, miyada, qon plazmasida aniqlanadi. Kagotsel® ning bosh miyadagi kam miqdori, gematoentsefalik to‘siq orqali uning o‘tishini qiyinlashtiruvchi preparatning yuqori molekulyar massasi bilan tushuntiriladi. Qon plazmasida preparat asosan bog‘langan holda bo‘ladi. Kagotsel® har kuni ko‘p marta yuborilganida taqsimlanish hajmi barcha o‘rganilgan a’zolarda keng chegaralarda tebranadi. Preparatni taloqda va limfatik tugunlarda to‘planishi ayniqsa yaqqolroqdir. Ichga qabul qilinganida umumiy qon oqimiga preparatning yuborilgan dozasining taxminan 20% tushadi. So‘rilgan preparat qonda, asosan makromolekulalar bilan: lipidlar bilan – 47%, oqsillar bilan – 37% bog‘langan holda aylanib yuradi. Preparatning bog‘lanmagan qismi taxminan 16% ni tashkil qiladi. Chiqarilishi: organizmdan preparat asosan ichak orqali chiqariladi: yuborilganidan keyin 7 sutka o‘tgach, organizmdan yuborilgan dozaning 88% chiqariladi, shu jumladan 90% – ichak orqali va 10% buyraklar orqali chiqariladi. Chiqarilayotgan havoda preparat aniqlanmaydi.

Kagotsel® kattalar va 3 yoshdan boshlab bolalarda grippda va boshqa o‘tkir respirator virusli infektsiyalarda (O‘RVI) profilaktik va davolash vositasi sifatida, shuningdek kattalarda gerpesda davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.

Ichga qabul qilish uchun. Gripp va O‘RVI ni davolash uchun kattalarga birinchi ikki kun – 2 tabletkadan kuniga 3 marta, keyingi ikki kun – bir tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Hammasi bo‘lib kursga – 18 tabletka, kursning davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi. Kattalarda gripp va O‘RVI ni oldini olish 7 kunlik tsikllar bilan olib boriladi ikki kun – 2 tabletkadan kuniga 1 marta, 5 kun tanaffus, so‘ngra tsikl takrorlanadi. Profilaktik kursning davomiyligi – bir haftadan bir necha oygacha davom etadi. Kattalarda gerpesni davolash uchun 2 tabletkadan kuniga 3 marta 5 kun davomida buyuriladi. Hammasi bo‘lib kursga – 30 tabletka, kurs davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga gripp va O‘RVI ni davolash uchun birinchi ikki kun – 1 tabletkadan kuniga 2 marta, keyingi ikki kun – bir tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi. Kursga hammasi bo‘lib – 6 tabletka, kurs davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi. 6 yoshdan oshgan bolalarda gripp va O‘RVI ni davolash uchun birinchi ikki kuni – 1 tabletkadan kuniga 3 marta, keyingi ikki kun – 1 tabletkadan kuniga 2 marta buyuriladi. Kursga hammasi bo‘lib – 10 tabletka, kurs davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi. 3 yoshdan boshlab bolalarda gripp va O‘RVI ni oldini olish 7 kunlik tsikllar bilan olib boriladi: ikki kun 1 tabletkadan kuniga 1 marta, 5 kun tanaffus, so‘ngra tsikl takrorlanadi, profilaktik kursning davomiyligi – bir haftadan bir necha oygacha davom etadi.

Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.

Homiladorlik va laktatsiya davri; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza malabsorbtsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.

Kagotsel® viruslarga qarshi boshqa preparatlar, immunomodulyatorlar va antibiotiklar bilan yaxshi qo‘shiladi (additiv samara).

Davolash samarasiga erishish uchun Kagotsel® qabul qilishni kasallik boshlanishini to‘rtinchi kunidan kech qolmasdan boshlash kerak. Homilador ayollarda, emizikli ayollarda qo‘llash ehtimoli va uning o‘ziga xosligi Zarur klinik ma’lumotlarni yo‘qligi sababli Kagotsel® ni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatni transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Doza tasodifan oshirib yuborilganida ko‘p miqdorda suyuqlik ichishni buyurish, qusishni chaqirish tavsiya qilinadi.

Shifokor retseptisiz.

Tabletkalar 12 mg. 10 tabletkadan polivinilxlorid/polivinilidenxlorid plyonka va issiqlik bilan yopishtiriladigan qoplama alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutiga joylanadi.

2 yil.