Kadens Forteretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: Kaliy xloridi                                                                 3,0 g; Natriy xloridi                                                               4,5 g; Glyukoza monogidrati                                                       50 g. yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 1000 ml gacha

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

glyukoza monogidrati, natriy xloridi, kaliy xloridi.

Preparatning savdo nomi:

Kadens Forte

Farmakalogik guruhi:

Parenteral oziqlanish uchun vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg‘ish suyuqlik.

Parenteral oziqlanish uchun vosita.

A12BA51

Preparat qon-tomir tizimida qisqa vaqt ushlab turiladi va interstitsial hamda hujayra ichki sektoriga o‘tadi. Kaliy hujayralar ichiga joylashsa, natriy va xlorid asosan hujayradan tashqari bo‘shliqda taqsimlanadi. Kaliy hujayradan tashqari suyuqlik va hujayralararo bo‘shliq orasida muvozanatga erishadi. Dinamik bo‘lib, organizmning ehtiyojiga qarab, hujayra ichki va tashqarisidagi bo‘shliqlariga o‘tadi. Glyukoza – organizm tomonidan butunlay o‘zlashtiriladi, buyraklar orqali chiqarilmaydi. Glyukozaning oksidlanish mahsulotlari o‘pka (karbonat angidrid gazi – CO2) va buyraklar (suv – H2O) orqali chiqariladi. Natriy asosan buyraklar, kam miqdorda axlat va ter orqali chiqariladi. Kaliy asosan buyraklar orqali, shuningdek kam miqdorda teri va axlat bilan chiqariladi, bunda kaliyning ko‘p qismi ichak orqali qayta so‘riladi. Xloridlar organizmdan asosan siydik (90%), shuningdek teri va ahlat orqali chiqariladi.

Kadens Forte kuchli qusish va diareyada xamda degidratatsiya bilan kechuvchi boshqa holatlarda, suv-elektrolit muvozanatini tiklash uchun elektrolitlar (kaliy, natriy, xloridlar), kaloriya va suv manbai sifatida qo‘llaniladi;turli intoksikatsiyalarda (majmuaviy muolaja tarkibida) qo‘llanadi.

Vena ichiga (v/i), tomchilab yuboriladi. Doza kasallik og‘irlik darajasi, organizmning holati, laborator tekshiruv ko‘rsatkichlari, patsiyentning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi. Yuborishdan oldin eritmani 36-38°S gacha qizdirish kerak. Venoz ta’sirlanishni kamaytirish uchun, preparatni kichik diametrli igna bilan yirik pereferik venalarga asta-sekin yuborish tavsiya qilinadi. Infiltratsiyadan sinchkovlik bilan saqlanish kerak.

Preparatni qo‘llaganda turli reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin, shu jumladan: febril reaktsiyalar (bosh og‘rig‘i, tana haroratini oshishi), inyektsiya joyida infektsiyalar, inyektsiya joyidan boshlanuvchi venoz trombozi yoki flebit; shishlar va gipervolemiya. Bundan tashqari preparat ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq va diareya chaqirishi mumkin. Reaktsiyalar paydo bo‘lganda yuborishni to‘xtatish, patsiyentning holatini baholash, tegishli terapevtik choralar ko‘rish, shuningdek zarurati bo‘lsa qolgan suyuqlikni ekspertiza uchun saqlash lozim. Gipertonik eritmalarni juda tez yuborilishi mahalliy og‘riq va venoz ta’sirlanishni chaqirishi mumkin. Yuborish tezligiga preparatni tolerantlikka qarab tuzatish kiritiladi. Nojo‘ya ta’sir simptomlari, eritmadagi bir yoki bir necha ionlarning miqdori ko‘p yoki kamligiga qarab paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun elektrolitlar darajasini muntazam nazorat qilib turish lozim.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, giperkaliyemiya, gipergidratatsiya holati, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, o‘pka, bosh miya shishi xavfi, atrioventrikulyar blokada, kortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolashda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: jigar faoliyatining yaqqol buzilishlarida, metabolik atsidozda.

Kadens Forteni, gipernatriyemiya va/yoki giperkaliyemiya paydo bo‘lish xavfi tufayli, tarkibida kaliy va/yoki natriy saqlovchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Giperkaliyemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni: kaliy xloridi, kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari, beta-blokatorlar, NYAQV, tsiklosporin, geparin va boshqalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.

Kadens Forte eritmasi tarkibida natriy va kaliy ionlari mavjudligi tufayli, uni og‘ir buyrak yetishmovchiligi, siydik chiqarish yo‘llari obstruktsiyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, ayniqsa operatsiyadan keyingi patsiyentlarda va gipervolemiyasi bo‘lgan keksa odamlarda, shuningdek shish bilan kechuvchi natriyning tutilishi kabi klinik holatlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Buyrak faoliyati susaygan patsiyentlarda Kadens Forteni qo‘llash, organizmda kaliyning to‘planishiga olib kelishi mumkin. Kadens Forteni kortikosteroid yoki kortikotropin qabul qilayotgan, shuningdek gipernatriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Kadens Forte eritmasi glyukoza saqlaydi, shuning uchun uni yaqqol yoki subklinik qandli diabeti bo‘lgan yoki har qanday genezli glyukozaga tolerantlikni buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Qo‘shimcha muolaja sifatida kaliy qabul qilayotgan patsiyentlarda uning zardobdagi miqdorini muntazam aniqlab turish tavsiya qilinadi. Bolalarga, ayniqsa yangi va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga v/i yuboriladigan eritmaning dozalari va yuborish tezligi, giperglikemiya/gipoglikemiyaning rivojlanish xavfi yuqoriligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Glyukozaning zardobdagi kontsentratsiyasi doimiy monitoringi talab qilinadi. Preparat saqlovchi flakonni har gal yuborishdan oldin qattiq zarrachalar borligi va rangi o‘zgarishi yuzasidan ko‘zdan kechirish kerak. Faqat flakon butun, eritma tiniq bo‘lgandagina ishlatilsin. Kadens Forteni boshqa preparatlar bilan aralashtirish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomutanosibliklar xavfini minimal darajaga tushirish uchun, eritmalar aralashtirilgandan keyinoq xiralik yoki cho‘kma borligi yuzasidan yuborishdan oldin, shuningdek yuborilayotganda vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi kerak. Yuboriladigan suyuqlik, chiqariladigan siydik miqdori va elektrolitlarning zardobdagi darajasini, glyukozaning qondagi miqdori o‘zgarishini kuzatish lozim. Uzoq muddatli parenteral davolash vaqtida va zarur holatlarda bemorning holatiga ko‘ra muntazam klinik baholashni amalga oshirish hamda suyuqlik muvozanati, elektrolitlar kontsetratsiyasi va kislota-ishqor muvozanati o‘zgarishlarini kuzatish maqsadida vaqti-vaqti bilan laborator tekshiruvlar o‘tkazish kerak. Kardiologik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda giperkaliyemiyaning ilk belgilarini aniqlash uchun seriyali EKG o‘tkazish kerak, chunki kaliyning zardobdagi darajasi har doim ham uning to‘qimadagi darajasini namoyon qilolmaydi.

Preparatning homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi o‘rganilmagan. Xomiladorlik va laktatsiya davrida, uning ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homilada uchun potentsial xavfdan ustun deb topilgan hollardagina qo‘llanadi Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma 100, 250, 500 ml dan flakonlarda.

2 yil.