Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta’sirchanlik, eyforiya, uyquni buzilishi, paresteziyalar, periferik nevritlar, psixozlar, tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda xurujlarni ko‘payishi, tirishishlar, toksik entsefalopatiya, xotirani buzilishi.
Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rish nervining nevriti, ko‘rish nervining atrofiyasi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, gepatit, zardob transaminazalarining (SGOT, SGPT) darajasini oshishi, bilirubinemiya, bilirubinuriya.
Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan: piridoksin tanqisligi, pellagra, giperglikemiya, metabolik atsidoz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini hissi, to‘sh orqasi va yurak sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, keksa shaxslarda miokard ishemiyasi.
Qon tizimi tomonidan: agranulotsitoz, gemolitik anemiya, sideroblast anemiya, aplastik anemiya, trombotsitopeniya, eozinofiliya.
Jinsiy tizim tomonidan: ginekomastiya va menorragiyalar.
Allergik reaktsiyalar: terining qichishishi, dermatit, tana haroratini oshishi, limfadenopatiya, vaskulit, teri toshmalari (eksfoliativ, makulopapulyoz, purpura, ko‘pshaklli eritema, yugirik sindromi).
Odatda nojo‘ya samaralari doza kamaytirilganida yoki preparatni qo‘llashda vaqtincha tanaffus qilinganida o‘tib ketadi.