Organizmning ayrim tizimlari bo‘yicha nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi quyidagicha: Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya; tez-tez emas – periferik shishlar, yuzni qizarishi yoki qizib ketish xissi (quyilishlar), juda kam hollarda – kukrakda g‘ayri – tabiiy og‘rik, arterial gipotenziya, hansirash, aritmiya, yurak urishi.
Qon va limfatik tizim tomonidan: yakka holatlarda – trombotsitopeniya va trombotsitopenik purpura, leykopeniya, pantsitopeniya (u o‘lim bilan yakunlanishi mumkin) protrombin vaqtini uzayishi, gipofibrinogenemiya, anemiya, aplastik anemiya, qon ketishlari (masalan, teri, shilliq qavatlar, me’da, ichak, burun qon tomirlaridan qon ketishlari).
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit (yuqori dozalarda qo‘llanganda); yakka holatlarda – qo‘llarni qaltirashi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik, qo‘rquv hissi, xushni yo‘qotish, uyquni buzilishi, gallyutsinatsiyalar, ko‘z oldini korong‘ilashishi, qo‘l-oyoqlarni uvishishi, gipergidroz, tirishishlar, paresteziyalar kuzatiladi.
Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, skotoma, ko‘z yoshini oqishi, kon’yunktivitlar, quloqparda og‘rik, migren, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, to‘r pardani ko‘chishi.
Me’da-ichak yullari tomonidan: tez-tez – me’da-ichak buzilishlari, me’dada bosim xissi, uni to‘lib ketish xissi, diareya; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish (shu jumladan bir necha marta), meteorizm, epigastral og‘riqlar, anoreksiya, ichak atoniyasi, qabziyatlar, tomoqni qurishi, chanqoqlik.
Metabolizm tomonidan: juda kam hollarda – gipoglikemiya, gipokaliyemiya.
Immun tizimi tomonidan: yakka hollarda – allergik reaktsiyalar (shokkacha rivojlanuvchi anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm, terini qizarishi, qichishish, toshmalar, eshakemi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi.
Gepatobiliar tizim tomonidan: juda kam hollarda – jigar ichki xolestazi, jigar fermentlari faolligini oshishi, xoletsistitni zo‘rayishi, xolestatik gepatit.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda – kuchli terlash, yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismini qizarishi, shishlar, makulopapulyoz toshma, tirnoqlarni yuqori sinuvchanligi.
Yuborish joyidagi o‘zgarishlar: yuborish joyida og‘rik, giperemiya, shish, toshma.
Boshqalar: ta’mni buzilishi, so‘lakni kuchli ajralishi, lanjlik, tomoqda/bo‘yinda og‘rik, laringit, burunni bitishi, tana vaznini oshishi/kamayishi, etni uvishishi, qizish xissi, isitma, gipertermik sindrom.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: jigartransaminazalari (ALT, ACT, LDG) va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi.
Nojo‘ya reaktsiyalarining ko‘pchiligi doza bilan bog‘liq.
Ularni, dozani kamaytirish, bilan minimumga yetkazish yoki umuman bartaraf etish mumkin.
Agarda og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa, davolashni to‘xtatish kerak.