Iziferretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: temir (III) gidroksidining polimaltoza kompleksi ko‘rinishidagi 100 mg elementar temir. yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Izifer

Farmakalogik guruhi:

Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vositalar.

Dori shakli:

mushak ichiga inyektsiya uchun eritma

qizg‘ish-jigarrang rangli suyuqlik.

Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vositalar.

B03AC04

M/i yuborilganidan so‘ng kompleks limfa tizimi orqali qon oqimiga tushadi (dozaning 15% – 15 minutdan keyin, 44% – 30 minutdan keyin). Inyektsiya qilinganidan keyin, temirning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) taxminan 24 soat o‘tgach erishiladi. Makromolekulyar kompleks plazmadan retikulo-entelial tizimiga o‘tadi, u yerda temir gidroksidi va polimaltozaga parchalanadi. Qonda oqimida temir transferrin bilan bog‘lanadi, to‘qimalarda ferritin tarkibida saqlanadi. Suyak ko‘migida gemoglobinga kiradi va eritropoez jarayonida ishtirok etadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 3-4 sutka. Temirning faqat ko‘p bo‘lmagan miqdori organizmdan chiqariladi. Polimaltoza oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi. Temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarda preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Temirning protoporfiringa kirishi temir tanqisligi anemiyasining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi yaxshi ma’lum. Gemoglobinning darajasi pasaygan holda,  u jadalroq bo‘ladi va gemoglobinning darajasi normallashishi bilan kamayadi.

Preparat qon yo‘qotilishida, temir saqlovchi preparatlarni og‘iz orqali qabul qilishning iloji bo‘lmagan, samarasiz yoki samaradorligi yetarli darajada bo‘lmagan hollarda (masalan, og‘iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlari bilan davolashni ta’siri bo‘lmagan yoki o‘zlashtira olmagan shaxslarda, kam so‘rilishi bo‘lgan yoki og‘iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlarini uzoq muddat va muntazam qabul qilishga rozi bo‘lmagan, me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (masalan, yarali kolit) bo‘lgan, ichga qabul qilish uchun temir preparatlari kasallikning zo‘rayishini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan bemorlarda) temir tanqisligini davolash uchun qo‘llanadi.

Eritma faqat mushak ichiga (m/i) yuboriladi. Preparatning davolovchi dozasini birinchi marta yuborishdan oldin m/i sinamasini o‘tkazish kerak. Kattalarga preparatning ¼ dan ½ gacha dozasi (25 mg dan 50 mg gacha temir), bolalarga sutkalik dozaning yarmi yuboriladi. Yuborilganidan so‘ng 15 minut davomida nojo‘ya reaktsiyalari bo‘lmaganida preparatning boshlang‘ich dozasining qolgan qismini yuborish mumkin. Anafilaktik shok rivojlanganida yordam ko‘rsatish uchun vositalar bo‘lishi kerak.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi. Mahalliy reaktsiyalar: preparatni noto‘g‘ri yuborish texnikasida terini bo‘yalishi, inyektsiya joyida og‘riq va yallig‘lanish reaktsiyalarining paydo bo‘lishi. Boshqalar: arterial gipotenziya, artralgiya, limfa tugunlarining kattalashish, haroratni ko‘tarilishi, holsizlik, juda kam – allergik yoki anafilaktik reaktsiyalar.

Temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (masalan, gemolitik anemiya, B12 vitaminining yetishmasligi chaqirgan megaloblast anemiya, eritropoezni buzilishi, suyak ko‘migining gipoplaziyasi); temirni ko‘payib ketishi (ya’ni gemoxromatoz, gemosideroz); temirning utilizatsiyasini buzilishi (masalan, sideroaxrestik anemiya, talassemiya, qo‘rg‘oshin anemiyasi, terini kechki porfiriyasi); Osler-Randyu-Veber sindromi; surunkali poliartrit; bronxial astma; o‘tkir bosqichdagi buyraklarning infektsion kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan giperparatireoz; dekompensatsiyalangan jigar tsirrozi; infektsion gepatit; homiladorlik (I uch oyligi), vena ichiga (v/i) yuborish uchun ishlatish, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Temirning boshqa barcha preparatlari kabi, preparatni og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki me’da-ichak yo‘llaridan oxirgilarning so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan davolashni oxirgi inyektsiya qilinganidan so‘ng kamida  1 haftadan keyin boshlash kerak. AAF ingibitorlari (masalan, Enalapril) bilan bir vaqtda qabul qilish, temirning parenteral preparatlarini tizimli samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Preparat faqat temir tanqisligi holatiga tegishli tekshirishlar (masalan, zardobdagi ferritin, gemoglobin, gematokritning darajasi yoki eritrotsitlarning miqdori, shuningdek ularning parametrlari – eritrotsitning o‘rtacha hajmi, eritrotsitdagi Nb ning o‘rtacha miqdori yoki eritrotsitdagi Hb ning o‘rtacha kontsentratsiyasini o‘lchash bilan) bilan tasdiqlanganida yuboriladi. Tajriba yo‘qligi sababli, 4 oylikkacha bo‘lgan bolalarga yuborish tavsiya qilinmaydi. Preparatni buyurishga aniq ko‘rsatmalari bo‘lgan bemorlarda, plazmada ferritinning darajasi va periferik qonda eritrotsitlarning miqdorini aniqlash sharti bilan qo‘llanadi. Temirning so‘rilishini buzilishiga taxmin qilingan holda temirni so‘rilishiga sinama o‘tkazish kerak. Ishlatishdan oldin, ampulada cho‘kma va shikastlanish borligini ko‘rish kerak. Cho‘kmasiz va shikastlarsiz ampulani ishlatish mumkin. Preparat ochilganidan so‘ng darhol yuborish kerak. Preparatni boshqa davolovchi preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Allergik reaktsiyalarning yaqqolligi o‘rtacha bo‘lgan holda antigistamin preparatlarni buyurish kerak; og‘ir anafilaktik reaktsiya rivojlanganida, darhol adrenalinni yuborish kerak. Yurak-o‘pka reanimatsiyasiga vositalar tayyor bo‘lishi kerak. Allergiyasi, hamda jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparat yuborilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda rivojlanuvchi nojo‘ya samaralari asosiy kasallikning kechishini yomonlashtirishi mumkin. Bronxial astma yoki zardobning temirni bog‘lab olish xususiyati past bo‘lgan va/yoki folat kislotasining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarning rivojlanishini yuqori xavfi guruhga kiradilar. Bolalarda temirning parenteral preparatlari infektsion jarayonni kechishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Homiladorlikning II va III uch oyligida preparat faqat, hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha, agarda qo‘llashdan kutilgan samara, homila uchun mumkin bo‘lgan havfdan yuqori bo‘lgan hollarda buyuriladi. Temir (III) gidroksidining polimaltoza bilan kompleksini katta bo‘lmagan miqdorda, o‘zgarmagan ko‘rinishda ko‘krak suti bilan chiqarilishi tufayli, laktatsiya davrida buyurilganida ehtiyotkorlik lozim. Haddan ziyod isitishdan va muzlatishdan asrang. Preparatni noto‘g‘ri saqlash, ko‘rinarli cho‘kma hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin!

Simptomlari: temir preparatlarining dozasini oshirib yuborilishi o‘tkir yuklamaga va gemosiderozga olib kelishi mumkin. Davolash: simptomatik. Temirning maxsus antidoti deferoksamindir.

Retsept bo‘yicha

Mushak ichiga inyektsiya uchun eritma, ampulalarda 2 ml dan.

2 yil.