Izaminretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

aminokislotalar: L-prolin, L-serin, L-alanin, L-izoleytsin, L-leytsin, L-asparagin kislotasi, L-tirozin, L-glutamin kislotasi, L-fenilalanin, L-arginin gidroxloridi, L-lizin gidroxloridi, L-valin, L-treonin, L-gistidin gidroxloridi monogidrati, L-triptofan, L-metionin, L-tsistin/ L-tsistein gidroxloridi monogidrati, glitsin.

Preparatning savdo nomi:

Izamin

Farmakalogik guruhi:

Parenteral oziqlantirish vositasi, aminokislotalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq eritma.

Parenteral oziqlantirish vositasi, aminokislotalar.

V05VA01

Parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuzion eritmasi. Aminokislotalar – bu oqsillar sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlardir. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar L – shaklda bo‘ladi, bu oqsil biosintezida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta’minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar, energiyani tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqlik bilan bir vaqtda organizmning holatini yaxshilash yoki tutib turish yoki tana vaznining yo‘qotilishini minimumga kamaytirish maqsadida parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Patologik holatlarda aminokislotalarni ekzogen yuborishning iloji bo‘lmagan sharoitlarda qon plazmasida aminokislotalarning to‘plamini ham, ayrim aminokislotalarning mutloq kontsentratsiyasi ham, ularning qon plazmasidagi foiz nisbatini tipik yaqqol o‘zgarishi rivojlanadi. Preparat eritmasining 1 litrida 50 g aminokislota, 8 g umumiy azot saqlanadi. Preparat barcha 8 almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni, shuningdek shartli almashtirilishi mumkin bo‘lgan L-arginin va L-gistidinni saqlaydi. L-arginin ammiakning mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘luvchi ammoniyning zaharli ionlarini bog‘lab oladi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezi) qatnashadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intratsellyulyar suyuqliklarining gemostazini boshqaruvchi bufer tizimining bir qismi hisoblanadi. Sorbit energiya tashuvchisi hisoblanadi, jigarda fosforlanadi va fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Sorbit aldegid va keton guruhlarini saqlamasligi tufayli glyukozaga nisbatan aminokislotalarni erituvchisi sifatida yaxshiroqdir, chunki ular aminokislotalarning aminoguruhlari bilan majmuada aminokislotalarning ta’sirini pasaytiruvchi komplekslarni hosil qilmaydi.

Preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat yuborilganidan keyin aminokislotalar oqsil sinteziga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sinteziga kirishmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruh dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi va mochevinani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ohirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo‘llanadi: – turli genezli gipoproteinemiyalar va suyuqlikni yo‘qotishlari; – operatsiyadan oldingi va keyingi davrda ovqatni odatdagidek qabul qilishni imkoniyati yo‘qligi yoki keskin cheklangani; – katta chuqur kuyishlar (ayniqsa, kuyish oqibatidagi holdan toyish); – jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsis; – ichakning yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlar; – me’da-ichak yo‘llarining (MIY) havfli o‘smalari, doimiy isitmali holatlar; – bolalarda oqsilli distrofiyalar, gipotrofiyalar, MIY nuqsonlarida qo‘llanadi. Operatsiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati tug‘ilganida qo‘llanadi. Ovqat hazm qilish, so‘rilish va chiqarilish jarayonlaridagi oqsillar almashinuvining buzilishida va unga yuqori ehtiyoj yoki uni sarf etilishi oqibatida paydo bo‘ladigan oqsil tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilish.

Preparat vena ichiga (v/i) tomchilab, bemorning holatini sinchkov kuzatuvi ostida asta-sekin yuboriladi. Preparat patsiyentning klinik holati va uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab dozalanadi. Kattalar: 0,6 dan 1,0 g gacha aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml eritma) buyuriladi. Katabolik holatlarda – 1,3-2 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) buyuriladi. 2-18 yoshli bolalar: 1,0-2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza – 2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi. Infuziyaning maksimal tezligi: soatiga 1 kg tana vazniga 2 ml, bu tana vazniga 0,1 g/kg aminokislotaga tengdir. Kattalarda parenteral  oziqlantirishda yuboriladigan suyuqlikning umumiy miqdori tana vazniga sutkada 40 ml/kg dan oshmasligi kerak. Preparat patsiyentni enteral yoki peroral oziqlanishga to‘liq o‘tkazilgunga qadar qo‘llanadi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Yakka hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, flebit (ayniqsa tez yuborilganida). Preparatda natriy disulfiti saqlanishi tufayli yakka hollarda (ayniqsa bronxial astmali patsiyentlarda) giperergik reaktsiyalar, qusish, diareya, dispnoe, bronxial astma hurujlari, ongni buzilishi, shok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disulfitini preparatning boshqa komponenti – triptofan bilan o‘zaro ta’sirining mahsulotlari – qon plazmasida bilirubinning miqdorini va jigar fermentlarining faolligini oshirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar nisbiy va mutlaq baxolanadi. Nisbiy: • giperkaliyemiya;• yurak yetishmovchiligi;• gipergidrattsiya; jiddiy buyrak yoki jigar yetishmovchiligi og‘ir darajasida ( yetarli diurez bo‘lmasa); • aminokislota almashuvining buzilishi;• giponatriyemiya;• miya jaroxatlarining o‘tkir davri;• natriy disulfitga yuqori sezuvchanlik va preparatning kompanentlariga;• metabolik atsidozMutlaq:• to‘qima gipoksiya – tanadagi xujayralar va to‘qimalarning kislorod bilan yetarli darajada ta’minlamaganligi;• beqaror qon aylanishi va xayotga taxdid soladigan zarba va boshqa shartlar.

Boshqa dori vositalari bilan bir eritmada aralashtirish mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash mumkin. Preparat faqat statsionar sharoitlarida qo‘llanadi. Zardobning yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar va buyrakni o‘rtacha yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi. Qonning suv va elektrolit balansini, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini va kislota-ishqor tarkibini nazorat qilish lozim. To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun bir vaqtda energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni qo‘shish kerak. Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin. Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin! Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi. Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun! Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilmagan.

Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi

100ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.