IRS 19 rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi faol moddalar: bakteriyalar lizatlari*………………………………………………………………………………….. 43,27 ml *Bakteriyalar lizatlarining tarkibi: Streptococcus pneumoniae, type I………………………………………………………………………… 1,11 ml Streptococcus pneumoniae, type II……………………………………………………………………….. 1,11 ml Streptococcus pneumoniae, type III……………………………………………………………………… 1,11 ml Streptococcus pneumoniae, type V……………………………………………………………………….. 1,11 ml Streptococcus pneumoniae, type VIII…………………………………………………………………… 1,11 ml Streptococcus pneumoniae, type XII…………………………………………………………………….. 1,11 ml Haemophilus influenzae, type B…………………………………………………………………………… 3,33 ml Klebsiella pneumoniae ss pneumoniae…………………………………………………………………… 6,66 ml Staphylococcus aureus ss aureus…………………………………………………………………………… 9,99 ml Acinetobacter calcoaceticus…………………………………………………………………………………. 3,33 ml Moraxella catarrhalis…………………………………………………………………………………………… 2,22 ml Neisseria subflava………………………………………………………………………………………………. 2,22 ml Neisseria perflava……………………………………………………………………………………………….. 2,22 ml Streptococcus pyogenes group A………………………………………………………………………….. 1,66 ml Streptococcus dysgalactiae group C……………………………………………………………………… 1,66 ml Enterococcus faecium…………………………………………………………………………………………. 0,83 ml Enterococcus faecalis…………………………………………………………………………………………. 0,83 ml Streptococcus group G……………………………………………………………………………………….. 1,66 ml yordamchi moddalar: Glitsin………………………………………………………………………………………………………………. 4,25 g Natriy mertiolyati……………………………………………………………………….. 1,2 mg dan ko‘p emas Nerol asosidagi aromatizator**……………………………………………………………………. 12,50 mg Tozalangan suv…………………………………………………………………………………………… 100 ml gacha ** Nerol asosidagi aromatizator tarkibi: linalol, alfa-terpineol, geraniol, metil antranilat, limonen, geranilatsetat, linalilatsetat, dietilenglikolning monoetil efiri, feniletil spirti.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Bakteriyalar lizatlarining aralashmasi [Streptococcus pneumoniae, type I + Streptococcus pneumoniae, type II + Streptococcus pneumoniae, type III + Streptococcus pneumoniae, type V + Streptococcus pneumoniae, type VIII + Streptococcus pneumoniae, type XII + Haemophilus influenzae, type B + Klebsiella pneumoniae ss pneumoniae + Staphylococcus aureus ss aureus + Acinetobacter calcoaceticus + Moraxella catarrhalis + Neisseria subflava + Neisseria perflava + Streptococcus pyogenes group A + Streptococcus dysgalactiae group C + Enterococcus faecium + Enterococcus faecalis + Streptococcus group G]

Preparatning savdo nomi:

IRS 19

Farmakalogik guruhi:

bakterial lizatlar asosidagi immunitetni rag‘batlantiruvchi preparat.

Dori shakli:

nazal sprey

rangsiz yoki sarg‘ish tusli, kuchsiz o‘ziga xos hidli, tiniq eritma.

bakterial lizatlar asosidagi immunitetni rag‘batlantiruvchi preparat.

R07AX

Yuqori nafas yo‘llarining va bronxlarning surunkali kasalliklarini oldini olish.Rinit, sinusit, laringit, faringit, tonzillit, traxeit, bronxit va boshqalar kabi yuqori nafas yo‘llarining va bronxlarning o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash.Gripp va boshqa virusli kasalliklardan keyin mahalliy immunitetni tiklash.LOR-a’zolarda rejali jarroxlik aralashuviga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davrda qo‘llanadi.

Preparat 1 dozani aerozol yuborish yo‘li bilan intranazal qo‘llanadi (1 doza = pulverizatorga 1 marta qisqa bosish). profilaktika maqsadida kattalar va 3 oylikdan katta bolalarga preparatning 1 dozasidan har bir burun yo‘ligi kuniga 2 marta 2 xafta davomida (davolash kursini kasallikni oshishi kutilgandan 2-3 hafta oldin boshlash tavsiya etiladi);yuqori nafas yo‘llarining va bronxlarning o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash uchun:3 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dastlab shilliq ajralmadan tozalagandan keyin preparatning bir dozasidan har bir burun yo‘liga kuniga 2 marta, infektsiyaning simptomlari yo‘q bo‘lguncha;gripp va boshqa respirator virusli infektsiyalarni o‘tkazgandan keyin bolalar va kattalarda mahalliy immunitetni tiklash uchun preparatning 1 dozasi har bir burun yo‘liga kuniga 2 marta 2 xafta davomida;kattalar va bolalarda rejali jarroxlik aralashuviga tayyorgarlikda va operatsiyadan keyingi davrda preparatning 1 dozasi har bir burun yo‘liga kuniga 2 marta 2 xafta davomida buyuriladi (rejalashtirilgan jarroxlik aralashuvidan 1 xafta oldin davolash kursini boshlash tavsiya etiladi.). Davolashni boshida aksirish va burundan ajralmalar ajralishini kuchayishi kabi mahalliy reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Agar bu reaktsiyalar og‘ir kechsa preparatni yuborish sonini kamaytirish yoki uni bekor qilish kerak.

anamnezida preparatga yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga IRS® 19 ni buyurish mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan salbiy o‘zaro ta’siri holatlari noma’lum. Bakterial infektsiyaning klinik simptomlari paydo bo‘lgan hollarda IRS® 19 ni qo‘llashni davom ettirish fonida antibiotiklarni buyurish mumkin.

Davolashni boshida kam hollarda harorat oshishi (≥39°S) mumkin. Bunday hollarda davolashni bekor qilish kerak. Lekin bunday holatni LOR-a’zolarning kasalliklarini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan lohaslik bilan kechuvchi tana haroratini oshishidan farqlash kerak. Bakterial infektsiyaning tizimli klinik belgilari mavjudligida tizimli antibiotiklarni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak. Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda immunostimulyatsiya maqsadida bakterial lizatlar asosidagi preparatlar buyurilganda astma xurujlari paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda davolashni to‘xtatish va keyinchalik bunday sinfdagi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.

Homiladorlik vaqtida homilaga teratogen yoki togksik ta’sirining potentsial ehtimoli haqida yetarli ma’lumotlar mavjud emas, shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi holatlari noma’lum.

Retseptsiz

Nazal sprey. 20 ml dan uzluksiz ta’sirli klapanli, azot bosimi ostida bo‘lgan plastik himoya qavat bilan qoplangan quyi ishqoriy rangsiz tiniq shishali aerozol ballonda, oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen uchlik bilan to‘plamda. Ballonga o‘z yopishadigan yorliq yopishtiriladi yoki trafaret yoki quruq ofset bosma usulida plastikning himoya qavatiga markirovka qilinadi. 1 ballon uchlik va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan to‘plamda karton qutiga joylanadi.

3 yil.