Indometatsin Sofarmaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: indometatsin – 100 mg; yordamchi moddalar: lanolin, oq yumshoq parafin (oq vazelin), dimetilsulfoksid, sariq asalari mumi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, lavanda moyi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

indometatsin

Preparatning savdo nomi:

Indometatsin Sofarma

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

surtma

sariq rangli, o‘ziga xos hidli gomogen surtma.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar.

M02AA23

Preparat ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi, plazmadagi maksimal darajasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan yuborilgan miqdorning 98% gacha bog‘lanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan (60-70%), qolgan miqdori – axlat bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 2,6 soatdan 11,2 soatgacha o‘zgaradi; o‘rtacha 5,8 soatni tashkil qiladi. Surtma dori shakli faol moddani teri orqali tez kirishi va yumshoq to‘qimalar, bo‘g‘imlar va sinovial suyuqlikda yuqori terapevtik kontsentratsiyalarga tez erishish imkonini beradi.

O‘tkir va surunkali revmatoid artrit, osteoartrit, osteoartroz, ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi), psoriatik poliartrit, podagrik artritni majmuaviy davolash tarkibida qo‘shimcha vosita.Tayanch-harakat apparatining bo‘g‘imdan tashqari revmatizmning chegaralangan shakllari: tendinitlar, sinovitlar, tendovaginitlar, fastsiyalar va bo‘g‘im boylamlarini yallig‘lanishi, bursit.Tayanch-harakat apparatining posttravmatik shikastlanishlarida (cho‘zilishlar, chiqishlar, lat yeyishlar) yallig‘lanish, og‘riq va shishni mahalliy simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Indometatsin Sofarma surtmani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma yoki davolovchi shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilgan holda qo‘llashga harakat qiling. Teriga mahalliy surtma ko‘rinishida qo‘llanadi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar: surtma shikastlangan joyga kuniga 3-4 marta surtiladi, to‘liq so‘rilguncha teriga ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Bir marta surtish uchun surtmaning zarur miqdori shikastlangan sohaning maydoniga bog‘liq va o‘rtacha 4-5 sm ni tashkil qiladi. Surtma kamida 6-soatlik interval bilan qo‘llanadi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: Preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolash davomiyligi: 7-10 kun. Agar bu davr davomida simptomlarni yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokor bilan maslahatlashing. Agar Siz dori vositasini tavsiya etilgandan ko‘proq miqdorda qo‘llagan bo‘lsangiz Preparatni mahalliy qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam. To‘satdan ko‘p miqdorda ichga qabul qilinganda uni organizmdan chiqarishning umumiy choralarini ko‘rish va simptomatik davolash o‘tkazish kerak. Ko‘zlarga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga to‘satdan tushganida maslahat uchun davolovchi shifokoringizga yoki yaqindagi davolash muassasasiga murojaat eting. Agar Siz preparatni qo‘llashni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun uni ikki marta ko‘p miqdorda qo‘llamang. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llashni davom ettiring. Agar Sizda bu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat eting.

Barcha boshqa dori vositalari kabi Indometatsin Sofarma garchi barcha patsiyentlarda kuzatilmasada, nojo‘ya ta’sirlar chaqirishi mumkin. Tavsiya etilgan doza va davolash muddatlariga rioya qilinganda, preparat juda yaxshi o‘zlashtiriladi. Shunga qaramasdan, nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lishi ehtimolini e’tiborga olish kerak. Moyil patsiyentlarda mahalliy qo‘llanilganda qo‘llash joyida achishish, qizarish, qichishish, toshma, terini kepaklanishi va qurishi kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Kam hollarda qo‘llash joyida shish va vezikulyar toshma (pufakchalar), ayrim hollarda esa – angionevrotik shish (xirillashlar, bo‘g‘ilish va yuzni shishi) rivojlanadi. Terining katta sohalarida qo‘llaganda me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta’sirlar (ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, og‘riq, qon quyilishi va yara paydo bo‘lishi) yuzaga kelishi mumkin. Indometatsinni peroral qo‘llagandagi nojo‘ya ta’sirlar tez-tezligiga nisbatan mahalliy qo‘llaganda tizimli nojo‘ya ta’sirlarni paydo bo‘lish ehtimoli kam. Agar nojo‘ya ta’sirlardan birontasi jiddiylashsa yoki Sizda ushbu yo‘riqnomada ta’riflanganmagan yangi nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, iltimos, bu haqida davolovchi shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.

Indometatsin Sofarmani qabul qilmang: agar Sizda faol moddaga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;agar Sizda astmatik xuruj, eshakemi yoki allergik rinitning klinik ko‘rinishlari bilan kechuvchi aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.

Siz boshqa dori vositalari, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Mahalliy qo‘llaganda boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’sirining ehimoli kamligiga qaramasdan, agar Siz aspirin yoki revmatizmga qarshi preparatlar, kortikosteroidlar, qon bosimini pasaytirish uchun dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokoringizga xabar bering.

Indometatsin Sofarma surtmasi preparatini qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qiling: agar Sizda me’da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, jigar, buyrak kasalligi bo‘lsa;agar Sizda oziq-ovqat mahsulotlariga va dori preparatlariga yuqori sezuvchanlikning ko‘rinishlari kuzatilgan bo‘lsa;agar Sizda astma yoki boshqa allergik kasalliklar bo‘lsa;agar Sizda aspirin yoki boshqa revmatizmga qarshi dori vositalariga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa;surtma faqat shikastlanmagan teriga (ochiq yaralar va shikastlanishlar yo‘qligida) surtiladi;shilliq qavatlar va ko‘zlarga surtish mumkin emas;mahalliy qo‘llagandan keyin toshma paydo bo‘lganida davolashni darhol to‘xtatish kerak;uzoq vaqt (10 kundan ortiq) davolaganda qonning laborator – leykotsitlar va trombotsitlar nazorati tavsiya etiladi. Homiladorlik va emizish davri Har qanday preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida Indometatsin Sofarma surtmasi preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Indometatsin Sofarma surtmasi mahalliy qo‘llash uchun dori shakli bo‘lib hisoblanadi. Transport vositalarini boshqarish va mashinalar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Agar Siz dori vositasini tavsiya etilgandan ko‘proq miqdorda qo‘llagan bo‘lsangiz Mahalliy qo‘llaganda tizimli so‘rilishi sustligi tufayli dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborilishi ko‘rinishlarini (asosan me’da-ichak yo‘llari tomonidan) juda kam hollarda, faqat uzoq vaqt terining katta sohalariga surtilganda kuzatish mumkin. Ko‘p miqdorda to‘satdan ichga qabul qilinganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida achishish, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilishi mumkin. Organizmdan chiqarishning umumiy choralarini ko‘rish (og‘iz bo‘shlig‘i va me’dani yuvish) va zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkazish kerak. Ko‘zlarga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga tushganida mahalliy ta’sirlanish – ko‘z yoshi oqishi, qizarish, achishish, og‘riq kuzatiladi. Choralar – shikoyatlar kamayguncha yoki bartaraf etilguncha shikastlangan sohani distillangan suv yoki fiziologik eritma bilan yuvish. Ko‘zlarga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga to‘satdan tushganida maslahat uchun davolovchi shifokoringizga yoki yaqindagi davolash muassasasiga murojaat eting.

Retsept bo‘yicha

40 g dan surtma membranali, plastmassa qalpoqchali alyumin tubalarda, 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 (uch) yil. Tuba birinchi marta ochilgandan keyin – 6 (olti) oy.