Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: ibuprofen – 200 mg, 400mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
ibuprofen
Preparatning savdo nomi:
Ibuprofen-NIKA
Farmakalogik guruhi:
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.
Propion kislotasining hosilasi.
Dori shakli:
kapsulalar.
oq yoki deyarli oq rangli bo‘lgan kukun bilan to‘ldirilgan, 200 mg doza uchun “2” o‘lchamli va 400 mg doza uchun “0” o‘lchamli, qattiq jelatin kapsulalar.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.
Propion kislotasining hosilasi.
M01AE01
Ichga qabul qilinganda ibuprofen me’da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi.
Ovqatni bir vaqtda qabul qilish so‘rilishni sekinlashtiradi.
Preparat jigarda metabolizmga uchraydi (90%).
T1/2 2-3 soatni tashkil qiladi.
Dozaning 80% siydik bilan asosan metabolitlar (70%), 10% – o‘zgarmagan holda, 20% ichak orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Revmatoid artrit, osteoartit, deformatsiyalovchi osteoartroz, ankilozlovchi spondilit, podagra hurujdagi bo‘g‘im sindromi, psoriatik artrit, migren, nevralgiya, mialgiya, tendinit, bursit, radikulit, yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining travmatik yallig‘lanishlarida qo‘llanadi.
LOR-a’zolarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari, adneksit, proktit, algodismenoreya, bosh va tish og‘riqlarida esa yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.
Dozalari va davolash kursining davomiyligi kasallikning nazologik shakliga, klinik ko‘rinishlarning yaqqolligiga individual ravishda belgilanadi.
Preparatning og‘rik qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sirlari preparat qabul qilinganidan keyin 30-60 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Yallig‘lanishga qarshi samarasi davolashning birinchi haftasi oxiriga kelib bilinadi.
Osteoartroz, psoriatik artrit va ankilozlovchi spondilitda sutkada 3-4 marta 400-600 mg dan buyuriladi.
Revmatoid artritda sutkada 3 marta 800 mg dan buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza – 2400 mg.
Yuvenil revmatoid artritda sutkada, tana vazniga qarab, 30-40 mg/kg dan bir necha qabulga bo‘lib qo‘llanadi.
Yumshoq to‘qimalarning jarohatlarida, cho‘zilishlarida sutkalik doza 1600-2400 mg bir necha qabul uchun dozada buyuriladi.
Algodismennoreyada sutkada 3 marta 400-800 mg dan buyuriladi.
Migrenda xurujning oldini olish uchun sutkada 3 marta 400 mg dan, xuruj “belgilari” paydo bo‘lganda bir marta 800 mg buyuriladi.
12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda boshlang‘ich doza 150-300 mg dan sutkada 3 marta, maksimal doza – 1 g, so‘ngra 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ta’sirchanlik yoki charchoqlik.me’da-ichak yaralari, jig‘ildon qaynashi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, ich ketishi, qabziyat va me’dan va ichakdan ahamiyatsiz qon ketishi.
Ayrim hollarda: ko‘rishni buzilishi;teri toshmasi, qichishish, shuningdek astma hurujlari (ba’zan arterial bosimni pasayishi);shishishlar, ayniqsa arterial gipertoniya yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, nefrotik sindrom, interstitsial nefrit; Juda kam hollarda: qon manzarasini o‘zgarishi (anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz);ezofagit, pankreatit;teri bullez reaktsiyalari, masalan Stivens–Djonson sindromi, va toksik epidermal nekroz (Layel sindromi), alopetsiya.
ibuprofen yoki dorining boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikatsetilsalitsil kislotasini yoki boshqa NPVP qabul qilingandan keyin broxospazm, astma, rinit yoki eshakemi;me’da – ichak qon ketishlari;anamnezda NPVP bilan oldin davolangandan keyin peptik yara yoki me’da teshilishi;tserebro –vaskulyar yoki boshqa qon ketishlar;jigar yoki buyrak funktsiyasining og‘ir buzilishlari;og‘ir yurak yetishmovchiligi;homiladorlik va laktatsiya;12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Bir vaqtda ibuprofen bilan quyidagi preparatlar qo‘llanganda: digoksin, fenitoin yoki litiy preparatlari qon plazmasida bu dori vositalarni darajasini oshirishi mumkin;diuretiklar va gipotenziv vositalarni ta’sirini susaytirishi mumkin;kaliy tejovchi diuretiklar giperkaliyemiya kuzatilishi mumkin;boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki glyukokortikoidlar me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta’sirlar kelib chiqishi xavfi oshadi;atsetilsalitsil kislotasi me’da-ichak qon ketishlarni xavfini oshiradi;tsiklosporin buyraklardagi toksik ta’sirini oshirishi mumkin;metotreksat bilan birga qo‘llanganda metoreksatning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelib, toksik ta’sirini oshiradi;qand kasalligiga qarshi vositalar (sulfonilmochevina)ni dozasini oshirilish zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun majmuaviy davolashda qondagi qand miqdorini nazorat qilish zarur;antikoagulyantlar (varfarin, fenprokumon va geparin) ta’sirini kuchaytirishi mumkin;probenitsid va sulfinpirazon ibuprofenning chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin.
Jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak,.
Jigar va buyrak funktsiyasini doimiy nazorat qilish kerak.
Preparatni avtomobil va yuqori xavfi bo‘lgan mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Ibuprofen qo‘llanganda charchovlik yoki bosh aylanishi kabi markaziy nerv tizimi tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar avtomobilni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 15 ºS dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Simptomlari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, hushdan ketish (shuningdek bolalarda mioklonik tirishishlar), shuningdek qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynashi va qusish.
Bundan tashqari, me’da-ichak qon ketishlar va jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi, gipotenziya, nafas susayishi va tsianoz kuzatilishi mumkin.
Davolash:, simptomatik davolash (me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash).
Retseptsiz
Kapsulalar 200 mg va 400 mg dan.
10 ta kapsuladan PVX/alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1, 2, 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.