Gripoff rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 paketcha quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 500 mg paratsetamol, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 20 mg feniramin maleati, 50 mg askorbin kislotasi; yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy tsitrat digidrati, saxaroza, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, “Limon” aromatizatori.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol/fenilefrin/feniramin/askorbin kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Gripoff

Farmakalogik guruhi:

Analgetiklar va antipiretiklar. Paratsetamol psixoleptiklardan tashqari boshqa preparatlar bilan majmuada.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun.

oq rangdan och-pushti ranggacha bo‘lgan granulalangan kukun.

Analgetiklar va antipiretiklar. Paratsetamol psixoleptiklardan tashqari boshqa preparatlar bilan majmuada.

N02BE51

Paratsetamol me’da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va deyarli to‘liq to‘liq so‘riladi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ozgina qismi ko‘krak sutiga o‘tadi. Paratsetamolning 95% jigarda sulfo- va glyukuron kon’yugatsiya, shuningdek tsitoxrom R450 tizimi tomonidan oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1 soatdan 4 soatgachani tashkil etadi. 650 mg dozasi qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 5-20 mkg/ml ni tashkil etadi. Ta’sirining davomiyligi – 3-4 soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali, asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, 3% o‘zgarmagan holda chiqariladi. Feniramin maleati ichga qabul qilinganidan so‘ng yaxshi so‘riladi. Biotransformatsiyasi jigarda tsitoxrom R450 tizimi tomonidan oksidlanishi yo‘li bilan amalga oshadi, yarim chiqarilish davri ichga qabul qilinganidan so‘ng 16-18 soatni tashkil etadi. 70-83% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda va metabolitlar holida chiqariladi. Fenilefrin gidroxloridi. Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng uning ta’siri juda tez kuzatiladi va taxminan 20 minut davom etadi. Biotransformatsiyasi jigarda va MIY da amalga oshadi. Buyraklar orqali chiqariladi. Askorbin kislotasi MIY dan tez so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past. Qon plazmasida va hujayralarda to‘planadi, eng yuqori kontsentratsiyasi bezli to‘qimalarda kuzatiladi. Biotransformatsiyasi jigarda yuz beradi. Buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida va o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Gripoff bosh og‘rig‘i, isitma, burun bitishi, rinoreya, mushak og‘riqlari bilan kechuvchi infektsion va virusli respirator kasalliklar (shu jumladan gripp) ni simptomatik davolash uchun ko‘rsatilgan. Preparat mialgiya, bosh og‘rig‘i va tish og‘rig‘i, artralgiya, nevralgiya, migren, algodismenoreyadagi o‘rtacha darajadagi og‘riq sindromini bartaraf qilish uchun qabul qilinadi.

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun. Gripoff preparati kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga buyuriladi. 1 paketcha preparatni 200 ml issiq (qaynoq bo‘lmagan) suvda eritish tavsiya etiladi. Bir paketchadan sutkada 3-4 marta qabul qilinadi, qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq 6 soat (sutkada 4 paketchadan oshmasligi kerak) ni tashkil etishi kerak. Davolash davomiyligi 5 sutkadan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: kam hollarda (≥ 1/1000, < 1/100); juda kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000). Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz. Allergik reaktsiyalar: juda kam hollarda – teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish. Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida gepatotoksik va nefrotoksik ta’siri kuzatilishi mumkin. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – arterial bosimni biroz oshishi, taxikardiya. Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – psixomotor reaktsiyalar tezligini pasayishi, ta’sirchanlik, toliqish hissi, uyquchanlik. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – og‘izni qurishi, dispepsiya. Ko‘rish a’zolari tomonidan: kam hollarda – yopiq burchakli glaukoma bo‘lgan patsiyentlarda ko‘z ichki bosimini oshishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – siydik tutilishi. Boshqalar: juda kam hollarda – ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;prostata bezini, siyishni qiyinlashishi bilan kechuvchi giperplaziyasi;jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari;6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;homiladorlik;laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Gripoff bir vaqtda qabul qilinganida sedativ dori vositalari, monooksidaza ingibitorlari, etanolning samaralarini kuchaytirishi mumkin. Antidepressantlar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari, parkinsonizmga qarshi preparatlar Gripoff bilan bir vaqtda qo‘llanganida, paratsetamolning og‘izni qurishi, siydikni tutilishi, qabziyatlar kabi nojo‘ya samaralarini rivojlanish havfi oshadi. Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qabul qilish ko‘z ichki bosimini oshish xavfini oshiradi. Paratsetamol bir vaqtda qabul qilinganida urikozurik preparatlarning samaradorligini pasaytirishi va bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar preprat bilan bir vaqtda qabul qilinganida simpmatomimetik ta’sirini kuchaytirishi muikin. Preparatning galotan bilan majmasi yurak qorinchalari aritmiyalari rivojlanish xavfini oshiradi. Preparat nuanetidinning gipotenziv samarasini pasaytirishi, guanetidinning o‘zi esa fenilefrinning α-adrenostimulator samarasini kuchaytirishi mumkin.

Gripoff preparatining bir paketchasi tarkibida 21,8 g qand saqlaydi, shuning uchun qandli diabet bilan xastalangan patsiyentlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Quyidagi holatlarda: arterial gipertenziya, yurak va qalqonsimon bez kasalliklari, glaukoma, bronxial astma va o‘pkaning boshqa surunkali kasalliklarida, prostata bezining gipertrofiyasida;jigar va buyrakning surunkali kasalliklarida;surunkali alkogolizmda faqat shifokor Gripoff preparatini qo‘llash va buyurish masalasini hal qiladi. Preparatni 5 kundan ortiq qabul qilishga qaramasdan, kasallikning simptomlari saqlanib tursa, preparatni qabul qilishni davom ettirish va qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish maqsadga muvofiqligini qayta ko‘rib chiqish kerak. Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin, agar paketchaning o‘rami shikastlangan bo‘lsa, preparat qo‘llanilmasin. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Pediatriyada qo‘llanishi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatni qo‘llash vaqtida avtomobilni boshqarish va uskunalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi, chunki preparat uyquchanlikni chaqirishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, arterial bosimni oshishi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi yoki susayishi, uyquchanlik, koma, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, kardiogen shok rivojlanishi mumkin. Paratsetamolning katta dozalari (10-15 g) jigar yetishmovchiligini chaqirishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.

Retseptsiz beriladi

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun 23 g dan paketchada. 7 yoki 10 paketcha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.