Ginosporinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir gramm krem quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 20 mg klotrimazol; yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, tsetil spirti, tozalangan suv, emulsiya mumi, tozalangan glitserin, glitserin monostearati, suvsiz lanolin, suyuq parafin, metilparaben, propilparaben, stearin kislotasi, oq rangli neft jelesi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klotrimazol

Preparatning savdo nomi:

Ginosporin

Farmakalogik guruhi:

Mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vositalar, imidazol va triazol hosilalari.

Dori shakli:

vaginal krem

oq rangli, yarim qattiq krem.

Mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vositalar, imidazol va triazol hosilalari.

D01AC01.

Farmakokinetik tadqiqotlar vaginal qo‘llangandan keyin klotrimazolning faqat oz miqdori (dozaning 3-10%) so‘rilishini ko‘rsatdi. Jigarda tez metabolizmi tufayli klotrimazolning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi 500 mg doza vaginal qo‘llangandan keyin 10 ng/ml dan kamroqni tashkil etadi, bu klotrimazolni intravaginal qo‘llash sezilarli tizimli va tizimli bo‘lmagan buzilishlarga olib kelmasligini ko‘rsatadi.

Klotrimazol vaginal kandidoz va trixomonada mavjudligiga gumon bilan kechuvchi aralash vaginal infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etiladi. Preparat trixomonadalarni tizimli davolash mumkin bo‘lmagan holatlardan tashqari yagona davolash vositasi sifatida qo‘llanilmaydi. Klotrimazol kandidoz vaginitni davolash uchun tavsiya etiladi.

Krem to‘plamda mavjud bo‘lgan applikator yordamida intravaginal yuboriladi.

Keltirilgan noxush samaralar spontan ravishda olingan ma’lumotlarga asoslangan, to‘g‘ri buyurilganda uchrash tez-tezligi ehtimol kamayishi mumkin. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar (xushdan ketish, arterial bosimni pasayishi, dispnoe, eshakemi, qichishish). Reproduktiv tizim tomonidan: mahalliy reaktsiyalar: terini kepaklanishi va ta’sirlanishi, qichishish, toshma, shish, diskomfort, achishish, chanoq sohasida og‘riq. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: abdominal og‘riq.

Klotrimazol, tsetostearil spirti yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Laborator tekshiruvlar preparatni lateks kontratseptivlar bilan bir vaqtda ishlatilganida kontratseptiv preparatning strukturasini buzilishi kuzatilishini ko‘rsatdi. Shuning uchun bunday kontratseptiv preparatlarning samaradorligi pasayishi mumkin. Patsiyentlarga bu mahsulot ishtilgandan keyin kamida besh kun muqobil ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. Vaginal krem ko‘rinishida klotrimazol va peroral qo‘llash uchun takrolimus bilan bir vaqtda davolash plazmada takrolimusning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik: Klotrimazolni homiladorlikda qo‘llash mumkin, faqat shifokor yoki akusher kuzatuvi ostida. Laktatsiya: Klotrimazolni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Lekin, preparat mahalliy va intravaginal qo‘llanganidan keyin tizimli so‘rilishi minimal darajada bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar emizikli onalar tomonidan mahalliy qo‘llanilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Salqin va quruq joyda, 30°S dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.

To‘satdan ichga qabul qilinganda: agar dozani oshirib yuborilishining klinik simptomlari yaqqol bo‘lsa (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish) me’dani yuvish, kabi tegishli choralar o‘tkaziladi. Simptomatik davolash faqat nafas yo‘llarining adekvat himoyasi imkoniyati bo‘lganida o‘tkaziladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

35 g krem alyumin tubada. Polietilen paketchaga qadoqlangan plastik applikator joylangan. Tuba, applikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi ikkilamchi karton qutiga joylangan.

3 yil.