Gineregretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: allilestrenol 5 mg; yordamchi moddalar: kaltsiy gidrofosfati, laktoza, mikrokristallik tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparaben, natriy propilparaben, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glyukolyati, oq opadri II.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Allilestrenol

Preparatning savdo nomi:

Ginereg

Farmakalogik guruhi:

Miometriyning qisqarishlarini susaytiruvchi vosita.

Dori shakli:

Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Oq, dumaloq, ikki tomoni qabariq plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Miometriyning qisqarishlarini susaytiruvchi vosita.

Allilestrenol ichga qabul qilinganidan keyin juda yaxshi so‘riladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.

-homilaning ona qornidagi gipotrofiyasi;-muddatdan oldin tug‘ilish havfi;-odatiy bola tashlash;-bola tashlash xavfi;-bepushtlik (lyutein bosqichining yetishmovchiligi).

Bola tashlash xavfida (homiladorlikning birinchi yarmida) 5 mg dan kuniga 3 marta 5-10 kun davomida, so‘ngra kuniga 2 marta 5 kun davomida buyuriladi. Keyin 2 hafta davomida 1 tabletkadan kuniga bir marta. Homiladorlikning ikkinchi yarmida birinchi 7 kun 10 mg dan kuniga 3 marta, keyingi 7 kun – 1 tabletkadan kuniga 3 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 2-1 marta buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, dispepsik ko‘rinishlar kutilishi mumkin.

noaniq etiologiyali qindan qon ketishlar;porfiriya;jinsiy a’zolar yoki sut bezlarining xavfli o‘smalari;o‘tkir trombozlar yoki tromboflebitlar, tromboembolik kasalliklar;miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlari;rivojlanmayotgan homiladorlik;laktatsiya;preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

Yaqqol progestagen faollikka ega boshqa vositalar bilan preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Jigarning og‘ir shikastlanishlarida preparat uning faoliyatini yomonlashishiga olib kelishi mumkin, buyrak kasalliklarida surunkali yurak yetishmovchiligida, glyukozaga past tolerantligi bo‘lganlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi. Davolash: simptomatik davolash. Maxsus antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg dan. 10 kontur –uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.