Gidrokortizona atsetatretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25 mg gidrokortizon atsetati; yordamchi moddalar: propilenglikol, benzil spirti, sorbit (Ye 420), povidon, natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidrokortizon atsetat

Preparatning savdo nomi:

Gidrokortizona atsetat

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlarning oddiy preparatlari. Gidrokortizon.

Dori shakli:

inyektsiya uchun suspenziya.

oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, turganida cho‘kma hosil qiluvchi suspenziya.

Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlarning oddiy preparatlari. Gidrokortizon.

N02AV09.

Mahalliy qo‘llanadigan gidrokortizon so‘rilishi va tizimli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yuborilgan joydan nisbatan sekin so‘riladi. Preparatning 90% gachasi qon oqsillari bilan (transkortin bilan – 80%, albumin bilan – 10%) bog‘lanadi, taxminan 10% erkin fraktsiyani tashkil qiladi. Metabolizmi jigarda amalga oshadi. Sintetik hosilalardan farqli ravishda preparatning ahamiyatsiz miqdori yo‘ldosh orqali o‘tadi (67% gachasi yo‘ldoshning o‘zida nofaol metabolitlarigacha parchalanadi). Gidrokortizonning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Osteoartrit;turli monoartrozlar (tizza, tirsak, chanoq-son bo‘g‘imlari);revmatoid artrit va kelib chiqishi boshqa artritlar (tuberkulyoz va gonoreya artritlaridan tashqari);yelka kurak periartriti;bursit;epikondilit;tendovaginit;ankilozlangan bo‘g‘imlardagi operatsiyalardan oldin;tizimli kortikosteroid davolashga mahalliy qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.

Qo‘llashdan oldin ampula ichidagisi gomogen suspenziya hosil bo‘lgunicha chayqatiladi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga: bo‘g‘imning o‘lchami va kasallikning og‘irligiga qarab bir martalik doza – 5-50 mg gidrokortizon bo‘g‘im ichiga va periartikulyar yuboriladi. Kattalarga 24 soat davomida ko‘pi bilan uchta bo‘g‘imga inyektsiya qilish mumkin. Bolalarga: bo‘g‘imning o‘lchami va kasallikning og‘irligiga qarab gidrokortizonning bir martalik dozasi – 5-30 mg bo‘g‘im ichiga va periartikulyar yuboriladi. Preparat bo‘g‘im ichiga yuborilganida davolash samarasi 6-24 soat davomida yuz beradi va bir necha sutkadan bir necha haftagacha saqlanib turadi. 3 haftadan keyin preparatni takroran yuborish mumkin. Preparatni bevosita payga yuborish mumkin emas, shuning uchun tendinitda preparatni pay qiniga yuborish lozim. Preparatni tizimli kortikosteroid davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Steroid preparat bo‘g‘im ichiga qo‘llanganida nojo‘ya ko‘rinishlardan biri inyektsiya qilingan joyda shish va og‘riq bo‘lishi mumkin. Odatda bu ko‘rinish preparat yuborilganidan keyin bir necha soat o‘tgach mustaqil o‘tib ketadi. Gidrokortizon atsetati suspenziyasi uzoq muddat va nazoratsiz qo‘llanganida barcha kortikosteroidlar uchun tipik hisoblangan nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin (tizimli ta’siri). Suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari: organizmda natriy va suyuqlikni tutilishi; gipokaliyemiya, gipokaliyemik alkaloz; yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya. Suyak-mushak tizimi tomonidan: aseptik nekroz; steroid miopatiya; osteoporoz; bolalarda o‘sishni kechikishi. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: perforatsiya va qon ketishi bilan kechuvchi peptik yara; me’dadan qon ketishi; pankreatit; ezofagit; ishtahani oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish. Dermatologik buzilishlar: girsutizm; gipopigmentatsiya; jarohatlarni sekin bitishi; teri atrofiyasi, striyalar; xusnbuzar; qichishish; follikulit; ta’sirlanish; quruqlik; terini yupqalashishi va yuqori sezuvchanlik; teri kapillyarlarini kengayishi. Metabolik buzilishlar: manfiy azot muvozanati. Nevrologik buzilishlar: ko‘ruv nervi diskining shishi bilan birga (dimlangan disk simptomi) kechuvchi bosh miya ichki bosimini oshishi; ruhiy buzilishlar, tirishishlar, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, eyforiya, depressiya. Endokrin buzilishlar: ayniqsa uzoq muddat yoki yuqori dozalarda qo‘llanganida buyrak usti bezlari funktsiyasini susayishi, Itsengo-Kushing sindromi, uglevodlarga tolerantlikni pasayishi va insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarga bo‘lgan talabni oshishi; bolalarda jinsiy rivojlanishni kechikishi, hayz tsiklini buzilishi. Oftalmologik buzilishlar: ko‘zning ichki bosimini oshishi, glaukoma; ekzoftalm; shox pardaning yarasi; bolalarda kataraktaning rivojlanishi ehtimolini oshishi. Boshqalar: opportunistik infektsiyalar, yashirin tuberkulyozni zo‘rayishi, leykotsitoz, o‘ta yuqori sezuvchanlik, tromboemboliya, o‘zini yomon his qilish; alohida hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Bekor qilish sindromi: tana haroratini oshishi, mialgiya, artralgiya, buyrak usti bezlarining po‘stloq qismi funktsiyasini susayishi. Keksalarda kortikosteroidlarning nojo‘ya ko‘rinishlari jadalroq namoyon bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; bo‘g‘im ichki infektsiyasi; infektsion kasalliklar va antibakterial davolashsiz sepsis; Itsenko-Kushing sindromi; axillov payini davolash; vaktsinatsiya davri; me’da va o‘n ikki barmoq ichakning peptik yarasi; osteoporoz; tromboemboliyaga moyillik; buyrak yetishmovchiligi; og‘ir kechuvchi arterial gipertenziya; oddiy gerpes; suvchechak; faol tuberkulyoz; sifilisda qo‘llash mumkin emas.

Addison kasalligi bo‘lgan bemorlarni davolashda barbituratlar bilan qo‘shishdan saqlanish kerak (krizga olib kelishi mumkin). Quyidagilar bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim: barbituratlar, fenilbutazon, fenitoin va rifampitsin bilan (kortikosteroidning samarasi pasayishi mumkin;peroral diabetga qarshi vositalar bilan (kortikosteroidlarning giperglikemik samarasini hisobga olib, ularning dozalarini o‘zgartirishi kerak);antikoagulyantlar bilan (antikoagulyant samara kuchayadi yoki susayadi);salitsilatlar bilan (plazmada salitsilatlarning darajasini kamayishi, me’da-ichakdan yashirin qon ketishi yoki yaralar paydo bo‘lishi mumkin);amfoteritsin, diuretiklar, teofillin, yurak glikozidlari bilan (gipokaliyemiyani rivojlanishi xavfi oshadi);peroral kontratseptivlar bilan (qonda kortikosteroidlarning kontsentratsiyasi oshadi);antigipertenziv vositalar bilan (kortikosteroidlar antigipertenziv vositalarning samaradorligini pasaytiradilar);mifepriston bilan (kortikosteroidlarning samaradorligi pasayadi). Nomutanosibligi. Bir idishda preparatni boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Bo‘g‘im ichiga yuborilgan kortikosteroid yallig‘lanish jarayonlarining yangilanishi ehtimolini oshirishi mumkin. Preparat bo‘g‘imning bakterial zararlanishini qo‘zg‘atishi mumkin, shuning uchun Gidrokortizon atsetatini faqat aseptik sharoitlarda yuborish mumkin. Gidrokortizon bilan davolash vaqtida nevrologik asoratlarning rivojlanishini va antitelalarning hosil bo‘lishini bostirilishini yuqori xavfi tufayli, vaktsinatsiya o‘tkazish mumkin emas. Kortikosteroidlar bilan davolash vaqtida organizmning qarshiligi va infektsiyani lokalizatsiyalashga qobiliyati pasayishi mumkin. Kortikosteroidlarni umumiy qabul qilingan va yuqori dozalarda yuborish arterial bosimni oshirishi, organizmda natriy va suyuqlikni tutilishini kuchaytirishi va organizmdan kaliyning chiqarilishini rag‘batlantirishi mumkin. Barcha kortikosteroidlar organizmdan kaltsiyning chiqarilishini kuchaytiradi. Yashirin tuberkulyozda preparatni faqat tuberkulostatiklar bilan birga qo‘llash mumkin. Yuqumli kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan va faqat maxsus antibakterial davolash bilan birga qo‘llanadi. Gidrokortizon atsetati bilan davolanganda peroral diabetga qarshi vositalar va antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish. Diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida organizmda elektrolit almashinuvini nazorat qilish lozim. Uzoq muddat qo‘llanganida gipokaliyemiyani oldini olish uchun kaliy preparatlarini qo‘shimcha buyurish lozim. Bolalar va o‘smirlarda o‘sishni kechikishini ehtimoli tufayli, preparat minimal samarali dozada kamroq vaqt davomida qo‘llanishi lozim. Davolash vaqtida arterial bosimni muntazam o‘lchash va siydik va ahlat tahlilini o‘tkazish lozim. Davolashni preparatning dozasini asta-sekin pasaytirib va AKTG (teri sinamasi) qo‘llashning zarurati haqidagi masalani hal qilib to‘xtatish kerak. Salitsilatlar bilan birga qo‘llanganida, agar kortikosteroidning dozasi kamaytirilsa, bir vaqtda salitsilatning dozasini kamaytirish lozim. Anamnezida psixoz, qandli diabet (shu jumladan oilaviy anamnezida) arterial gipertenziya, glaukoma, steroid miopatiya, tutqanoq, tuberkulyozi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparatning tarkibida sorbit kabi yordamchi modda bo‘lganligi uchun fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan bemorlar bu preparatni qabul qilishlari mumkin emas. U shuningdek ahamiyatsiz darajada surgi samaraga ega bo‘lishi mumkin. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning I uch oyligida preparatni buyurish mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida preparatni faqat shifokorning fikri bo‘yicha, ona uchun qo‘llashdan foyda homila uchun salbiy oqibatlarning mumkin bo‘lgan xavfidan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Kortikosteroidlar ko‘krak sutiga chiqariladi, shuning uchun davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar. O‘sish davrida bolalarni davolash uchun preparat faqat mutloq ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi. Preparat benzil spirti saqlaydi, shuning uchun uni ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilishini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Agar preparat bilan davolash vaqtida bosh aylanishi, tirishishlar va hokazolar kuzatilgan hollarda, transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramda, 20S dan 80S gacha haroratda saqlansin. Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.

Gidrokortizon atsetatining dozasi oshirib yuborilganida xarakterli klinik sindromi mavjud emas. Doza oshirib yuborilganida ham mahalliy, ham tizimli nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q. Doza ahamiyatli oshirib yuborilganida dializni qo‘llash mumkin.

Retsept bo‘yicha

2 ml dan ampulalarda; 10 ampuladan qutida.

3 yil.