Gepronitinretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: L-ornitin-L-aspartat yordamchi modda: inyektsiya uchun suv

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

L-ornitin L-aspartat

Preparatning savdo nomi:

Gepronitin

Farmakalogik guruhi:

Gepatoprotektor vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat

tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

Gepatoprotektor vosita.

A05VA

Giperammoniyemiya bilan birga kechuvchi jigarning utkir va surunkali kasalliklari. Jigar entsefalopatiyasi, jumladan ongning buzilishlarini (prekoma va komatoz holatlar) majmuaviy davolash tartibida. Oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda parenteral oziqlantirish uchun preparatlarga to‘g‘rilovchi qo‘shimcha sifatida.

Ampulalarning ichidagisini 500 ml infuzion eritmada eritib, sutkada 4 ampulagacha vena ichiga yuboriladi. Jigar entsefalopatiyasida holatning og‘irlik darajasiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi. Infuziyaning davomiyligi va soni va davolashning muddati shaxsiy belgilanadi. Vena ichiga quyishning maksimal tezligi soatiga 5 g. 500 ml infuzion eritmada 6 ampuladan ortiq eritilmasin! Arteriya ichiga yuborilmasin!

Allergik reaktsiyalar, kam hollarda ko‘ngil aynishi, qayt qilish kuzatilishi mumkin. Ko‘rsatilgan nojo‘ya holatlar odatda o‘tib ketadi va preparatni to‘xtatilishini talab etmaydi. Nojo‘ya holatlar kuzatilganda, preparatning yuborilish dozasi va tezligi mo‘tadillashtiriladi.

L-ornitin-Laspartatga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Kreatinin ko‘rsatgichi 3 mg/100 ml dan yuqori bo‘lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligi.

Ta’riflanmagan.

Asosiy kasallik tufayli jigar entsefalopatiyasi tashxisi qo‘yilganida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatning yuqori dozalarida qon zardobi va siydik tarkibidagi mochevinaning miqdorini nazorat qilish kerak. Agar jigar faoliyati sezilarli darajada buzilgan bo‘lsa, bemorning individual holatini inobatga olgan holda, ko‘ngil aynishi va qayt qilishini oldini olish maqsadida, preparatni kiritish tezligini to‘g‘rilash mumkin. Bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘isida mavjud emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Preparatni (infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat) homilaga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida to‘liq ma’lumot mavjud bo‘lmaganligi sababli homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatdagi ta’sir etuvchi modda ona sutiga o‘tishi ma’lum emas, shu sababli laktatsiya davrida qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Agar preparat bilan davolanish shart bo‘lsa, u holda shifokorning nazorati ostida qo‘llanilishi darkor.

Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish holatida intoksikatsiyalanish belgilari qayd etilmagan. Doza oshirib yuborilganda simptomatik terapiya qo‘llaniladi.

Retsept bo‘yicha

Infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat, 10 ml ampulalarda.

2 yil.