Gepatonretsept bilan

Tarkibi:

Faol moddalar:

Preparatning savdo nomi:

Gepaton

Farmakalogik guruhi:

gepatoprotektor vosita.

Dori shakli:

kapsulalar 500 mg

o‘ziga xos hidli jigarrang kukun saqlovchi, qizil rangli kapsulalar.

gepatoprotektor vosita.

O‘simliklardan olingan komponentlarning majmuasi mahsulotning aniq farmakokinetikasi noma’lum/aniqlanmagan yoki uni aniqlashda qiyinchiliklar mavjud.

Jigarni surunkali alkogolli shikastlanishi, gepatit kabi jigarning nimo‘tkir va surunkali kasalliklari, o‘t qopi faoliyatini buzilishi, jigar kasalliklaridagi ko‘ngil aynishi va qusish, sariqlik, isitma, semizlik, ateroskleroz, qabziyatlar, meteorizmni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

1-2 kapsula kuniga ikki yoki uch marta ovqatdan keyin suv bilan qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza – kuniga 6 kapsulani tashkil etadi.

Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (klinik ma’lumotlar yo‘qligi tufayli).

Preparatni statin preparatlari bilan majmuada qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Agar preparatning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, uni mahalliy qoidalarga muvofiq utilizatsiya qilish kerak. Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi (klinik ma’lumot cheklanganligi tufayli). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.

Shifokor retsepti bo‘yicha

50 kapsula “bolalardan himoya” yopish tizimli YUZPE flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.