Gem Apretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: temir fumarati B.F.                       200,0 mg; folat kislotasi B.F.                      1,5 mg; mis sulfati AQSH F.                    2,5 mg; marganets sulfati AQSH F.          2,5 mg; yordamchi moddalar: paxta moyi, soya letsitini, asalari mumi, metilparaben, propilparaben, butilizatsiya qilingan gidroksianizol, butilizatsiya qilingan gidroksitoluyen, qalampir yalpiz moyi, suyuq parafin. Jelatin kapsulasining tarkibi: jelatin, sorbitol (70% eritma), glitserin, metilparaben, propilparaben, temir III oksidi (kod-Ye 172), zangori brilliant bo‘yovchisi (kod-Ye-133), vanilin, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

temir fumarati, folat kislotasi, mis sulfati, marganets sulfati

Preparatning savdo nomi:

Gem Ap

Farmakalogik guruhi:

eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

yalpiz hidli jigarrang moyli suspenziya bilan to‘ldirilgan kofe tusli jigarrang rangli yumshoq, jelatin kapsula.

eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

V03AD02.

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin temir me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Temir plazmaning transferrinlari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi va gemoglobin, mioglobin, tsitoxromoksidaza, katalaza va peroksidazalarni hosil bo‘lishi jarayoniga kirishadi yoki organizmning to‘qimalarida ferritin ko‘rinishida to‘planadi. Temir tanqisligi darajasi va tizimli qon oqimiga so‘rilgan temirning miqdori orasida korrelyatsiya mavjud (temir tanqisligi qanchalik yuqori bo‘lsa, so‘rilishi shunchalik yaxshi bo‘ladi). Folat kislotasi asosan me’da-ichak yo‘llari yuqori qismlarida (o‘n ikki barmoqli ichak) so‘riladi. Folat kislotaning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 64% ni tashkil qiladi, biotransformatsiyasi jigarda yuz beradi. Ichakda so‘rilganidan so‘ng, mis va marganets qonda asosan plazma proteinlari bilan tashiladi. Preparatning komponentlari me’da-ichak yo‘llari, shuningdek buyraklar orqali chiqariladi.

Organizmda o‘tkir va surunkali qon yo‘qotilishi (shu jumladan bachadondan qon ketishi, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, qovuqdan qon ketishi, gemorroidal tugunlardan qon ketishi va doimiy donorlik) fonida, shuningdek surunkali alkogolizm fonida organizmdan temirni haddan tashqari yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yaqqol temir tanqisligi (temir tanqisligi anemiyasi) va yashirin temir tanqisligi (anemiyasiz) anemiyasini oldini olish va davolash; tirishishlarga qarshi vositalar va peroral kontratseptivlarni qabul qilganda; kattalar va bolalarda infektsion kasalliklarda, o‘smalarda organizmni qarshiligi pasayganida; bolalar va o‘smirlik yoshidagi faol o‘sish davrida, kattalarda (vegetarian parxezga rioya qiluvchi shaxslarda va keksa yoshida) temir, folat kislotasi va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lganida; chala tug‘ilgan bolalarda; me’da-ichak yo‘llarida temirni so‘rilishi buzilganida; ishtaxa bo‘lmaganida, sifatsiz va muvozanatlanmagan ovqatlanishda, holsizlikda; o‘tkazilgan infektsion kasalliklardan, jarrohlik aralashuvlaridan keyin, me’dani rezektsiyasidan keyin, gijjalar invaziyasida;temir va folat kislotasini birgalikdagi tanqisligi bilan chaqirilgan anemiyani oldini olish va davolash;homiladorlik fonida, tug‘ruqdan keyingi davr va laktatsiya davrida rivojlanadigan anemiyani oldini olish va davolash;jarrohlik aralashuvlarga tayyorgarlikda qo‘llanadi.

Klinik jixatdan yaqqol temir tanqisligida. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat 1 kapsuladan sutkada 1-2 marta, qonda gemoglobinning darajasi normal bo‘lgunigacha buyuriladi. Shundan so‘ng organizmda temirning zahirasini tiklash uchun preparatni qabul qilish bir necha oy davomida davom ettirilishi kerak. Klinik jihatdan yaqqol temir tanqisligi bo‘lganida, gemoglobinni normal darajasiga davolash boshlanganidan so‘ng 2-3 oydan keyin erishiladi. Homiladorlikda sutkada 1 kapsuladan butun homiladorlik davri davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Temir tanqisligini oldini olish va yashirin temir tanqisligini davolash uchun preparat sutkada 1 kapsuladan buyuriladi. Kapsulalarni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol, butun holda yutib qabul qilish tavsiya etiladi. Sutkalik dozani bir marta yoki bir necha marta qabul qilish mumkin. Gem Ap ning so‘rilishini pasayishidan saqlanish uchun qora choy, kofe, sut bilan ichish, shuningdek sut mahsulotlari, xom sut bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Kam hollarda (odatda temir va preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy sezuvchanlikda rivojlanadigan) – terini qizarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani anoreksiyagacha pasayishi, qabziyat, kam hollarda diareya, epigastral sohada og‘riq, ichak sanchig‘i, xiqichoq tutish. Shuningdek yara kasalligi, enterit, yarali kolitni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin. Davolash Nojo‘ya samaralari yaqqol bo‘lmaganida (dispeptik buzilishlar) dozasini pasaytirish maqsadga muvofiq; shuningdek uni temirning boshqa tuzini saqlovchi preparatga o‘zgartirish mumkin. nojo‘ya samaralari yaqqol kuzatilganida preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.

temir tanqisligi (aplastik va gemolitik anemiya, V12 vitamini tanqisligi bilan chaqirilgan megaloblast anemiya) bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar;organizmda temirning miqdorini oshishi (gemosideroz, gemoxromatoz);temirning utilizatsiyasi mexanizmlarini buzilishi (qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish oqibatidagi anemiya);temir va preparatning har qanday boshqa komponentini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsid vositalar, shuningdek xolesteramin saqlovchi preparatlar bilan Gem Ap preparati bir vaqtda qo‘llanganida, me’da-ichak yo‘llaridan temirni so‘rilishi kamayadi. Tetratsiklin, shuningdek penitsillin guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, temir va antibiotiklarning so‘rilishini kamaytiradigan kompleks birikmalar hosil bo‘ladi. Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida Gem Ap preparati eritropoezni rag‘batlanishini kuchaytirishi mumkin. Askorbin kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida temirni so‘rilishi yaxshilanadi.

Preparatni jigarning surunkali kasalliklari, alkogolli tsirrozi va me’da osti bezini yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni qabul qilishda ahlatni to‘q rangga bo‘yalishi kuzatiladi, bu so‘rilmagan temirni chiqarilishi bilan bog‘liq. Homiladorlik va laktatsiya Organizmda temir tanqisligi aniqlanganida homiladorlik va laktatsiya davrida Gem Ap preparatini qo‘llash asosli va xavfsiz hisoblanadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida temir tanqisligini oldini olish maqsadida uzoq vaqt qabul qilinganida, temir preparatlarini klinik yoki epidemiologik toksik, kantserogen yoki mutagen hususiyatlari aniqlanmagan. Avtomobilni boshqarish, mashina va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Gem Ap preparati avtomobilni boshqarish yoki mashina va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini bevosita buzishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha Gem Ap preparati qabul qilinganida dozani oshirib yuborilish hollari yoki intoksikatsiya belgilari ta’riflanmagan. Tavsiya etilgan dozasiga rioya qilinganida dozasini oshirib yuborilish simptomlari kuzatilmaydi. Dozasi oshirib yuborilganida (tasodifan yoki ataylab) quyidagi simptomlar: – qorin og‘rig‘i, diareya, qusish (shu jumladan qonli), bosh aylanishi, keyinchalik tsianoz rivojlanishi mumkin bo‘lgan holsizlik, ongni buzilishi, giperventilyatsiya kuzatilishi mumkin. Davolash Shifoxonagacha bo‘lgan bosqich – dozasi ahamiyatsiz darajada oshirib yuborilganida – me’dani yuvish buyuriladi va keyinchalik sut, xom tuxum qabul qilish va sut mahsulotlariga boy parxezni buyuriladi. Davolash muassasalarida – maxsus davolash o‘tkazilgunicha – sut, xom tuxum iste’mol qilish buyuriladi. Maxsus davolash deferoksaminni (desferal) ichga va parenteral buyurish bilan o‘tkaziladi. O‘tkir zaharlanishlarda hali me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmagan temirni bog‘lash uchun, 5-10 g deferoksamin 10-20 ampula ichidagisini ichimlik suvida eritish yo‘li bilan ichishgach beriladi. So‘rilgan temirni yo‘qotish uchun deferaksamin 1-2 g dan har 3-12 soatda mushak ichiga yuboriladi. Shok rivojlanishi bilan kechuvchi og‘ir hollarda 1 g dozadagi preparatni vena ichiga tomchilab yuborish amalga oshiriladi va simptomamik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 6 445 Views

30 kapsuladan shisha flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.