Galoperidol Rixterretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 mg galoperidol; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, jelatin, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

galoperidol (haloperidol)

Preparatning savdo nomi:

Galoperidol-Rixter

Farmakalogik guruhi:

antipsixotik preparatlar, butirofenon hosilasi.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki deyarli oq rangli, yassi, disk shaklidagi, markirovkasiz, deyarli hidsiz tabletkalar.

antipsixotik preparatlar, butirofenon hosilasi.

N05AD01

Galoperidol ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi. Ichga qabul qilish uchun eritmani va tabletkalarni qabul qilganda biokiraolishligi mos ravishda 38-86% ni (o‘rta hisobda – 58%) va 44-74% (o‘rta hisobda – 60%) ni tashkil etadi. Biokiraolishligidagi farqlar me’da-ichak tizimidan so‘rilishidagi va jigar orqali “birinchi” marta o‘tishida tizimoldi jigar metabolizmi darajasidagi individualaro farqlar tufayli mavjud deb hisoblaydilar. Galoperidol organizmning to‘qimalarida, ayniqsa jigar va yog‘ to‘qimalarida tez taqsimlanadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 92% ni tashkil etadi. Galoperidol gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi va ona sutiga ona qoni plazmasidagi miqdorga nisbatan 59-69% kontsentratsiyada o‘tadi. Galoperidol jadal metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri sezilarli sutkalik og‘ishlar bilan taxminan 20 soatni tashkil etadi.

Kattalar Shizofreniya: simptomlarni bartaraf etish va qaytalanishlarni oldini olish.Boshqa psixozlar, ayniqsa paranoid psixozlar.Maniya va gipomaniya.Ruhiy buzilishlar va tajovuz, giperreaktivlik hamda aqliy rivojlanishi kechikkan shaxslarda va bosh miyani organik shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda o‘ziga jarohat yetkazish kabi xulq-atvorni buzilishi.O‘rtacha namoyon bo‘lgan va og‘ir psixomotor qo‘zg‘alish, iztirob, bebosh yoki xavfli-impulsiv xulq-atvorni qisqa muddatli nazorat qilish uchun yordamchi vosita sifatida.Jil de lya Turetta sindromi va yaqqol tiklar.Rezistent hiqichoq.Keksa yoshdagi odamlarda betoqatlik va qo‘zg‘alishda qo‘llaniladi. Bolalar: Bolalarda xulqni buzilishi, ayniqsa tajovuz va giperreaktivlik bilan bog‘liq buzilishi.Bolalar shizofreniyasi.Jil de lya Turetta sindromida qo‘llaniladi.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Nojo‘ya ko‘rinishlar me’yoriy-huquqiy faoliyat uchun Tibbiy lug‘at (MedDRA) va yuz berish tez-tezligi bo‘yicha a’zolar tizimlari sinfiga muvofiq guruhlangan. Juda tez­tez (≥1/10); tez­tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez­tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), tez­tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi). Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Tez­tez emas: leykopeniya. Tez­tezligi noma’lum: agranulotsitoz, neytropeniya, pantsitopeniya, trombotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar Tez­tez emas: o‘ta yuqori sezuvchanlik. Tez­tezligi noma’lum: anafilaktik reaktsiya. Endokrin buzilishlar Kam hollarda: giperprolaktinemiya. Tez­tezligi noma’lum: antidiuretik gormon sekretsiyasini buzilishi. Metabolizm va ovqatlanishni buzilishlari Tez­tezligi noma’lum: gipoglikemiya. Ruhiy buzilishlar Juda tez­tez: qo‘zg‘alish, uyqusizlik. Tez­tez: depressiya, psixotik buzilishlar. Tez­tez emas: ongni chalkashishi, libidoni pasayishi, libidoni yo‘qolishi, betoqatlik. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez­tez: ekstrapiramid buzilishlar, giperkineziya, bosh og‘rig‘i. Tez­tez: kechikkan diskineziya, okulogir kriz, distoniya, diskineziya, akatiziya, bradikineziya, gipokineziya, gipertonus, uyquchanlik, niqobsimon yuz, tremor, bosh aylanishi. Tez­tez emas: tirishish, parkinsonizm, akineziya, “tishli g‘ildirak” tipidagi rigidlik,  sedatsiya, mushaklarni beixtiyor qisqarishi. Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar Tez­tez: ko‘rishni buzilishi Tez­tez emas: ko‘rishni xiralashishi. Yurak tomonidan buzilishlar Tez­tez emas: taxikardiya. Tez­tezligi noma’lum: yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi, “piruet” turida taxikardiya, yurak qorinchalari taxikardiyasi, ekstrasistolalar. Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar Tez­tez: ortostatik gipotenziya, arterial qon bosimi pasayishi. Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar

Ta’sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Koma holatlari.Markaziy nerv tizimini (MNT) susayishi.Parkinson kasalligi.Bazal gangliyalarni shikastlanishi.Homiladorlik va emizish davri.Kam uchraydigan nasliy kasalliklar: galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.Yurak ishini klinik ahamiyatli buzilishlari, masalan yaqinda o‘tkazilgan miokrad infarkti, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, IA va III sinfga mansub antiaritmik dori vositalarini qabul qilish yordamida nazorat qilinadigan aritmiyalar, anamnezda QT intervalini uzayishi, yurak qorinchalari aritmiyalari yoki yurak qorinchalarni xilpillashi-lippillashi (“piruet” shakldagi yurak qorinchalari taxikardiyasi), klinik ahamiyatiga ega bradikardiya yoki yurakning ikkinchi yoki uchinchi darajali blokadasi va muvofiqlashtirib bo‘lmaydigan gipokaliyemiya.

Galoperidolni QT intervalini uzaytirishi mumkin bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash yurak qorinchalari aritmiyalari, shu jumladan “piruet” turidagi yurak qorinchalari taxikardiyasini yuz berish havfini oshirishi mumkin, shuning uchun quyidagi preparatlarni: IA sinfi antiaritmik preparatlari (xinidin, dizopiramid i prokainamid) va III sinfi antiaritmik preparatlari (masalan, amiodaron, sotalol va dofetilid), ayrim antibakterial preparatlar (sparfloksatsin, moksifloksatsin, eritromitsin venaga yuborilganda), tritsiklik antidepressantlar (masalan, amitriptilin), ayrim tetratsiklik antidepressantlar (masalan, maprotilin), boshqa neyroleptiklar (masalan, fenotiazinlar, pimozid va sertindol), ayrim antigistamin preparatlar (masalan, terfenadin), tsizaprid, bretilium va xinin va mefloxin kabi bezgakka qarshi ayrim preparatlarni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Elektrolitlar muvozanatini buzilishini chaqiruvchi preparatlarni ham birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu yurak qorinchalari aritmiyalarini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Kaliyni tejovchi diuretiklarni afzal ko‘rish va gipokaliyemiyani chaqiruvchi diuretiklarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Galoperidol glyukuronirlash va R450 tsitoxromning ferment tizimi (xususan, CYP3A4 yoki CYP2D6 izofermentlari) ta’sirida bir nechta yo‘llar yordamida metabolizmga uchraydi. Metabolizmning ushbu yo‘llarini boshqa preparatlar ta’sirida susaytirish yoki CYP2D6 izofermenti faolligini pasayishi galoperidolning kontsentratsiyasini oshishiga va nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga, shu jumladan QT intervalni uzayishiga olib kelishi mumkin. Itrakonazol, buspiron, venlafaksin, alprazolam, fluvoksamin, xinidin, fluoksetin, sertralin, xlorpromazin va prometazin kabi CYP3A4 yoki CYP2D6 izofermentlari substratlari yoki ingibitorlari bilan birga qabul qilinganda galoperidolning kontsentratsiyalarini kuchsiz yoki o‘rtacha darajada oshishi to‘g‘risida xabar berilgan. CYP2D6 fermenti faolligini pasayishi galoperidolning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. QT intervalni uzayishi va ekstrapiramidli simptomlar galoperidolni ketokonazol (kuniga 400 mg) va paroksetin (kuniga 20 mg) bilan bir vaqtda qabul qilinganda kuzatilgan. Bu galoperidolning dozasini pasaytirishni talab qilishi mumkin. Boshqa dori vositalarining galoperidolga ta’siri Galoperidolni va karbamazepin, fenobarbital, rifampitsin kabi enzimni induktsiya qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda (va ular uzoq muddat davomida qabul qilinganda) qon plazmasida galoperidolning kontsentratsiyasi ancha sezilarli pasayishi mumkin. Shunday qilib, preparatlarni bunday qo‘llash vaqtida va qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng galoperidolning dozasiga tuzatish kiritish kerak.Natriy valproati (glyukuronlanishni ingibitsiya qiladi) qon plazmasidagi galoperidolning kontsentratsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Galoperidolni boshqa preparatlarga ta’siri Boshqa neyroleptiklar kabi, galoperidol xam boshqa preparatlar: alkogol, uxlatuvchi, sedativ va kuchli analgetik vositalar tomonidan chaqirilgan markaziy nerv tizimini susayishini kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, metildopa bilan majmuada qo‘llanganda, MNT ga ta’sirini kuchayishi to‘g‘risida xabar berilgan.Galoperidol adrenalin va boshqa simpatomimetik vositalarning samaralariga nisbatanantagonizm namoyon etishi, shuningdek guanetidin kabi adrenoblokatorlarning gipotenziv ta’sirini o‘zgartirishi mumkin.Galoperidol levopodaning antiparkinsonik samarasini susaytirishi mumkin.Galoperidol CYP2D6 ingibitoridir. Galoperidol tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini ingibitsiya qilib, shu yo‘l bilan qon plazmasida ushbu preparatlarning kontsentratsiyasini oshiradi. O‘zaro ta’sirning boshqa shakllari – Litiy preparatlari va galoperidol bir vaqtda qabul qilinganda entsefalopatik sindromni yuz berishining juda kam hollari haqida xabar berilgan. Ular alohida nozologik turga tegishli ekanligi yoki xavfli neyroleptik sindrom holatlari va/yoki litiyning toksikligi hollari ekanligi noma’lumligicha qolmoqda. Entsefalopatik sindromning belgilari: ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, bosh og‘rig‘i, muvozanatni buzilishi va uyquchanlik hisoblanadi. Preparatlarning ushbu majmuasi qabul qilinganda elektroentsefalogrammada (EEG) simptomsiz siljishlarni aks ettirgan hisobotlarning birida xabar berilgan, bunda EEG-monitoring tavsiya etilishi mumkin. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, galoperidolni maksimal kichik samarali dozada qabul qilish kerak, litiy miqdorini nazoratini o‘tkazish kerak, u 1 mmol/l dan past bo‘lishi kerak. Entsefalopatik sindrom simptomlari aniqlanganda davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak:Antikoagulyant fenindionning antagonistik samarasi to‘g‘risida xabar berilgan.Tirishishga qarshi preparatlarning dozasini, tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasayishini hisobga olgan holda oshirish kerak bo‘lishi mumkin.

Antipsixotiklarni, shu jumladan galoperidolni qabul qilgan patsiyentlarni to‘satdan o‘lim holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Dementsiya fonida psixozi bo‘lgan, antipsixotik vositalar bilan davolanayotgan keksa yoshdagi patsiyentlar yuqori xavf guruhiga mansubdirlar. Dementsiya bilan bog‘liq xulq-atvorni buzilishlari galoperidolni qo‘llash uchun ma’qul ko‘rsatma hisoblanmaydi. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri Galoperidol qo‘llanganida, to‘satdan o‘lim holatlariga qo‘shimcha ravishda, juda kam hollarda EKG da QT intervalini uzayishi va/yoki yurak qorinchalari aritmiyalari to‘g‘risida xabar berilgan. Ular preparatning yuqori dozalari qo‘llanganda yoki patsiyent bunday holatga moyil bo‘lganda ko‘proq yuz berishi mumkin. Galoperidolni qo‘llashni boshlashdan avval xavf va foyda nisbatini sinchiklab baholash lozim. Yurak kasalligi, to‘satdan o‘lim va/yoki oilaviy anamnezda QT intervalini uzayishi, muvofiqlashtirilmagan elektrolit buzilishlari, subaraxnoidal qon quyilishi, ochlik yoki alkogolni haddan ziyod iste’mol qilish kabi yurak qorinchalari aritmiyalarini yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarni, ayniqsa davolashning dastlabki bosqichlarida qon plazmasida preparatning muvozanatli kontsentratsiyalariga erishilguncha diqqat bilan kuzatish (EKG va qon plazmasida kaliy miqdorini nazorat qilish) kerak. QT intervalini uzayishi va/yoki yurak qorinchalari aritmiyalari rivojlanishi xavfi preparatning yuqori dozalari qabul qilinganda yoki parenteral qo‘llanganda, xususan vena ichiga yuborilganda oshishi mumkin. Galoperidolni vena ichiga yuborilganda QT intervalini uzayishi va og‘ir aritmiya yuz berishini aniqlash uchun doimo EKG-kuzatuvni olib borish kerak. Davolash boshlanishidan oldin barcha patsiyentlarda, ayniqsa keksa yoshdagilarda va shaxsiy yoki oilaviy anamnezida yurak kasalliklari yoki klinik ko‘ruvda yurak kasalligi aniqlangan patsiyentlarda EKGni o‘tkazish kerak. Davolanish jarayonida EKG monitoringini zaruratini (masalan, doza oshirilganda) shaxsiy ravishda baholash kerak. QT intervalini uzayishi yuz berganida, preparatning dozasini kamaytirish, agar QT intervali 500 ms dan oshib ketsa, galoperidolni qabul qilishni darhol bekor qilish kerak. Elektrolitlar miqdorini muntazam ravishda, ayniqsa diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda yoki yondosh kasalliklari bo‘lganida nazorat qilish tavsiya qilinadi. Dementsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda tserebrovaskulyar noxush ko‘rinishlarni yuz berish xavfini taxminan uch barobar oshishi aniqlangan. Ularni yuz berish mexanizmi ma’lum emas. Yuqori xavf boshqa antipsixotik vositalar yoki boshqa patsiyentlar populyatsiya uchun ham istisno qilinishi mumkin emas. Galoperidolni insultni rivojlanish xavfi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Xavfli neyroleptik sindrom Boshqa antipsixotiklar kabi galoperidolni qabul qilish xam xavfli neyroleptik sindrom: gipertermiya, mushaklarni yoyilgan rigidligi, vegetativ labillik, ongni buzilishi kabi kam uchraydigan allergik reaktsiya bilan assotsiatsiyalangan. Gipertermiya ko‘pincha bu sindromning birinchi belgisi hisoblanadi. Bunday belgilar paydo bo‘lganida antipsixotik vositalar bilan davolashni darhol to‘xtatish va tegishli samarani bir maromda tutib turuvchi davolashni va patsiyentni sinchkov kuzatuvni boshlash lozim. Kechki diskineziya Barcha antipsixotik vositalarni qabul qilinganda bo‘lgani kabi, kechki diskineziya ayrim patsiyentlarda preparatni uzoq muddat davomida qabul qilinganda yoki preparat bekor qilinganidan keyin namoyon bo‘lishi mumkin. Mazkur sindrom asosan til, yuz, og‘iz yoki jag‘ning ritmik beixtiyor harakatlari bilan xarakterlanadi. Ayrim patsiyentlarda bunday ko‘rinishlar qaytmas bo‘lishi mumkin. Sindrom davolashni qayta boshlaganda, doza oshirib yuborilganda yoki boshqa antipsixotik preparatga o‘tganda niqoblanishi mumkin. Davolashni iloji boricha tezroq to‘xtatish kerak. Ekstrapiramid simptomlar Barcha neyroleptik vositalarni qabul qiliganda bo‘lgani kabi, ekstrapiramid simptomlar, masalan, tremor, rigidlik, gipersalivatsiya, bradikineziya, akatiziya i o‘tkir distoniya yuz berishi mumkin. Antixolinergik turdagi Parkinsonizmga qarshi preparatlarni zarurat bo‘lganida buyurish mumkin. Ularni profilaktika uchun buyurish talab etilmaydi. Parkinsonizmga qarshi preparatlarni buyurish zarurati tug‘ilgan hollarda, agar ularni chiqarilishi galoperidolni chiqarilishiga nisbatan tezroq kechayotgan bo‘lsa, ekstrapiramid simptomlarni rivojlanishi yoki kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ularni qabul qilishni galoperidol bekor qilinganidan so‘ng davom ettirish kerak. Antixolinergik preparatlarni, shu jumladan Parkinsonizmga qarshi preparatlarni galoperidol bilan birga yondosh qo‘llanganda ko‘z ichki bosimi oshishi mumkinligini yodda tutish kerak. Tutqanoq xurujlari/Tirishishlar Ayrim hollarda galoperidolni qo‘llash tirishishlarni chaqirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgan. Shuning uchun tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda, hamda tirishishga moyillik tug‘diruvchi holatlar (masalan, alkogolni keskin bekor qilish va bosh miyani shikastlanishi) bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya qilinadi. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Galoperidol jigarda metabolizmga uchraganligi tufayli, jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya qilinadi. Jigar faoliyatini buzilishi yoki gepatit, ko‘proq xolestatik gepatitning ayrim hollari to‘g‘risida xabar berilgan. Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar Tiroksin galoperidolning toksinligini oshirishi mumkin. Shuning uchun gipertireoidizmi bo‘lgan patsiyentlarda antipsixotiklarni katta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va eutireoid holatga erishish uchun o‘tkaziladigan terapiya bilan birga olib borilishi lozim. Antipsixotik neyroleptik preparatlarning gormonal ta’siri o‘z ichiga giperprolaktinemiyani oladi, u galaktoreya, ginekomastiya va oligo- yoki amenoreyani chaqirishi mumkin. Gipoglikemiyaning juda kam hollari va antidiuretik gormonni noadekvat sekretsiyasi sindromini yuz berishi to‘g‘risida xabar berilgan. Venoz tromboemboliya Antipsixotiklar qo‘llanganda venoz tromboemboliyani (VTE) yuz berish holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Antipsixotik vositalar bilan davolanayotgan patsiyentlarda ko‘pincha VTE rivojlanishining orttirilgan xavf omillari mavjudligi tufayli, galoperidol bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash davomida VTE ni barcha mumkin bo‘lgan rivojlanish havf omillari aniqlanishi kerak, shuningdek profilaktik choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha omillar Shizofreniyada antipsixotiklar bilan davolashga bo‘lgan javob kechikishi mumkin. Preparatlar bekor qilinganidan so‘ng simptomlarni qaytishi bir necha hafta yoki oy davomida yuz berishi mumkin. Bekor qilishning o‘tkir simptomlari, shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish va uyqusizlik, yuqori dozalarda qo‘llangan antipsixotiklar keskin bekor qilinganidan keyin juda kam hollarda ta’riflangan. Bu kasallikni qaytalanishini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparatni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi. Barcha antipsixotiklar kabi, galoperidolni xam, depressiya ko‘proq namoyon bo‘lganida monoterapiya ko‘rinishida qo‘llamaslik kerak. Uni psixoz va depressiya bir vaqtda kuzatilgan holatlarni davolash uchun qo‘llaniladigan antidepressantlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Homiladorlik Galoperidolni homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan ayrim tadqiqotlarda galoperidolnng homilaga zararli ta’siri aniqlangan. Homiladorlikning uchinchi uch oyligida antipsixotiklar (shu jumladan galoperidol) ning ta’siriga duchor bo‘lgan chaqaloqlar noxush holatlar, shu jumladan tug‘ruqdan so‘ng og‘irligi va davomiyligi bo‘yicha farqlanishi mumkin bo‘lgan ekstrapiramid sindrom va/yoki “bekor qilish” sindromini yuz berish havfi guruhida bo‘lishadi. Bezovtalik, gipertonus, gipotonus, tremor, uyquchanlik, respirator distress-sindrom, ovqat qabul qilishi buzilishi qayd etilgan. Bunday chaqaloqlarni sinchkov nazoratqilish kerak. Onalari homiladorlik vaqtida galoperidol qabul qilgan chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlar kuzatilgan. Galoperidolni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin emas. Emizish davri Galoperidol ona sutiga o‘tadi. Emizish davrida galoperidolni qabul qilish mumkin emas.

Ozgina sedatsiya yoki diqqatni buzilishi, ayniqsa yuqori dozalar qabul qilinganda va davolashni boshida kuzatilishi mumkin, bu alkogol yoki MNT ning bioshqa depressantlar qabul qilinganida kuchayishi mumkin. Davolanish davrida patsiyentlarni, ularning preparatga bo‘lgan sezuvchanlik darajasi aniqlanmagunicha, transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash kabi diqqatni jamlashni talab etuvchi faoliyat turlaridan saqlash lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

+ 15oS dan + 30oS gacha haroratda saqlansin.

Simptomlari Og‘ir ekstrapiramid simptomlar, arterial gipotenziya, emotsional befarqlik. QT intervalini uzayishi fonida yurak qorinchalarining aritmiyalarini rivojlanish xavfi. Nafasni susayishi va arterial gipotenziya, keyinchalik shokni rivojlanishi bilan kechuvchi koma rivojlanishi mumkin, arterial gipotenziya o‘rniga arterial gipertenziyani, tirishishlarni paradoksal rivojlanishi yuz berishi mumkin. Davolash Spetsifik antidot mavjud emas. Patsiyentning nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini ta’minlash, o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasini qo‘llash kerak. Aritmiyalarni rivojlanishini istisno qilish uchun, tez-tez EKG nazoratini o‘tkazish kerak. Arterial gipotenziyani va qon tomir yetishmovchiligini bartaraf etish uchun vena ichiga infuziyalarni o‘tkazish kerak. Adrenalinni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Patsiyentni sutka davomida nazorat qilish kerak, tananing normal haroratini saqlash va yetarli miqdorda suyuqlik berilishini ta’minlash zarur. Og‘ir ekstrapiramid simptomlar rivojlanganda tegishli davolashni buyurish kerak.

Retsept bo‘yicha

25 tabletkadan PVX va alyuminiy folga blisterda. Ikkita blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

5 yil.