Eyrtekretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 doza quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: salmeterol ksinafoati (25 mkg salmeterolga qayta hisoblanganda) – 36,3 mkg, flutikazon propionati 50 mkg, 125 mkg, 250 mkg; yordamchi moddalar: propellent 1,1,1,2-tetraftoretan (HFA-134a), polietilenglikol 1000.

Preparatning savdo nomi:

Eyrtek

Farmakalogik guruhi:

Ingalyatsion simpatomimetiklar. Simpatomimetiklar nafas yo‘llarning obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada. Salmeterol nafas yo‘llarning obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada.

Dori shakli:

dozalangan ingalyatsiya uchun aerozol, 25 mkg+50 mkg/doza, 25 mkg+125 mkg/doza, 25 mkg + 250 mkg/doza; 120 doza.

dozalovchi klapanli alyumin aerozol ballonchaga bosim ostida joylangan oq yoki deyarli oq rangli suspenziya.

Ingalyatsion simpatomimetiklar. Simpatomimetiklar nafas yo‘llarning obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada. Salmeterol nafas yo‘llarning obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada.

R03AK06.

Salmeterol va flutikazonni bir vaqtda yuborish har bir bu moddalarning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Salmeterol: terapevtik dozalarda ingalyatsion yuborilgandan keyin plazmada preparatning juda past kontsentratsiyalariga (200 mg/ml va undan pastroq) erishiladi. Ingalyatsion salmeterolni muntazam qo‘llaganda tizimli qon oqimida 100 ng/ml gacha kontsentratsiyalarda gidroksinafton kislotasi aniqlanadi. Flutikazon: ingalyatsion yuborilgandan keyin preparatni yuborish tizimiga qarab nisbiy biokiraolishligi – 10-30% ni tashkil qiladi. Tizimli so‘rilishi asosan o‘pkada amalga lshadi. Ingalyatsiya qilingan dozaning bir qismi yutib yuborilishi mumkin, lekin preparatni suvda yomon erishi va jigar orqali “birinchi o‘tish”da jadal metabolizmi tufayli uning tizimli ta’siri minimal. Flutikazonning biokiraolishligi yutib yuborilganda 1% dan kamroqni tashkil qiladi. Ingalyatsiya qilingan doza va flutikazonning tizimli ta’siri o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud, taqsimlanish xajmi – taxminan 300 l. Jigarda tsitoxrom R450 tizimining CYP3A4 ishtirokida nofaol metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi. Metabolitning 5% dan kamrog‘i siydik bilan chiqariladi. Plazmadagi klirensi – minutiga 1,15 l. T1/2 – 8 soatni tashkil qiladi.

Preparat uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatuvchi ß2-adrenomimetik va ingalyatsion kortikosteroid bilan majmuaviy davolash ko‘rsatilgan patsiyentlarda bronxial astmani davolash uchun mo‘ljallangan: uzoq ta’sir etuvchi beta-adrenoretseptorlar agonistlari va ingalyatsion GKS ning samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalarini qabul qiluvchi patsiyentlarda;ingalyatsion GKS bilan davolash fonida kasallikning simptomlari saqlanib qolgan patsiyentlarda;bronxodilatorlar bilan muntazam davolanayotgan va ingalyatsion GKS ga muhtoj bo‘lgan patsiyentlarda. Kattalarda O‘SOK (o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi), shu jumladan surunkali bronxit va o‘pka emfizemasini bir maromda tutib turuvchi davolashda qo‘llanadi.

Faqat ingalyatsion qo‘llash uchun buyuriladi. Preparatning boshlang‘ich dozasi ushbu darajadagi kasallikni davolash uchun tavsiya etiladigan flutikazonning dozasi asosida aniqlanadi va minimal samarali dozaga erishilguncha titrlanishi kerak. Davolash vaqtida optimal dozani tanlash uchun muntazam ravishda shifokor kuzatuvida bo‘lish kerak. Patsiyent shifokor buyurgan preparatning dozani mustaqil o‘zgartirishi mumkin emas. Tavsiya etilgan dozalar: Kattalar va 12 yosh va undan katta o‘smirlar: ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 50 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta yoki ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 125 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta yoki ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 250 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta. 4 yosh va undan katta bolalar: ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 50 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida preparatni qabul qiluvchi barcha patsiyentlar birinchi marta qabul qilgandan keyin 6-12 xafta o‘tgach shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Juda tez-tez 10 tadan ≥ 1, tez-tez 100 tadan ≥ 1 va 10 tadan < 1, tez-tez emas 1000 tadan ≥ 1 va 100 tadan < 1, kam hollarda 10000 tadan ≥ 1 va 1000 tadan < 1, juda kam hollarda 10000 tadan < 1. Juda tez-tez bosh og‘rig‘i Tez-tez og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kandidozi, ovozni bo‘g‘ilishipnevmoniya (O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda), bronxitlarmushak tortishishlari, artralgiyagipokaliyemiya Tez-tez emas og‘iz-halqum bo‘shlig‘i shilliq qavatini ta’sirlanishiteri allergik reaktsiyalarihansirashkataraktagiperglikemiyaqo‘rquv hissi, uyquni buzilishitremoryurak urib ketishi, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasigematomalar Kam hollarda dispepsiya, ko‘ngil aynishianafilaktik reaktsiyalarglaukomahulq-atvorni o‘zgarishi, shu jumladan yuqori faollik va ta’sirchanlik (ayniqsa bolalarda)yurak ritmini buzilishi (shu jumladan xilpillovchi aritmiya, supraventrkulyar taxikardiya, ekstrasistoliya)angionevrotik shish (ayniqsa yuzni va og‘iz-halqumni shishi), paradoksal bronxospazmKushing sindromi, buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishni sekinlashishi, suyak to‘qimasining mineral zichligini kamayishi.

preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Bronxospazm rivojlanishi xavfi tufayli, patsiyent uchun juda zarur bo‘lgan holatlardan tashqari selektiv va noselektiv ß-adrenoblokatorlarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Salmeterol Agar qo‘llashdan foyda salmeterol bilan davolaganda tizimli nojo‘ya reaktsiyalar yuzaga kelishi xavfidan yuqori bo‘lmasa, ketokonazol bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. CYP3A4 kuchli ingibitorlari (itrakonazol, telitromitsin, ritonavir) bilan shunga o‘xshash o‘zaro ta’sir xavfi mavjud. Flutikazon propionati Odatdagi holatlarda flutikazon propionatining ingalyatsiyasi “birinchi o‘tish” da jadal metabolizmi va ichakda va jigarda tsitoxrom R450 tizimining CYP3A4 izofermenti ta’siri ostida tizimli klirensi yuqori ekanligi tufayli plazmadagi kontsentratsiyasini pastligi bilan kechadi. Shuning uchun flutikazon propionati ishtirokida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar ehtimoli kam. CYP3A4 fermentining yuqori faol ingibitori sifatida ritonavir plazmada flutikazon propionatining kontsentratsiyasini haddash tashqari oshishini chaqirishi mumkin, buning natijasida zardobda kortizolning kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada pasayadi. Ritonavir bilan birga qo‘llash Kushing sindromi va buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi kabi nojo‘ya samaralar chaqiradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, patsiyent uchun potentsial foyda GKS (glyukokortikosteroid) larning tizimli nojo‘ya samaralari xavfidan yuqori bo‘lgan holatlardan tashqari flutikazon propionati va ritonavirni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. CYP3A4 izofermentining boshqa ingibitorlari plazmada flutikazon propionatining darajasini juda kam (eritromitsin) va ahamiyatsiz (ketokonazol) oshishini chaqiradi, bunda zardobda kortizolning kontsentratsiyasi deyarli pasaymaydi. Bunga qaramasdan, CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini (masalan ketokonazol) bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, chunki bunday majmualarda plazmada flutikazon propionatining kontsentratsiyasini oshishi inkor etilmaydi. Ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar va diuretiklar gipokaliyemiya rivojlanishi xavfini oshiradi (ayniqsa bronxial astma zo‘raygan patsiyentlarda, gipoksiyada). Monoaminoksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi. Kromoglitsin kislotasi bilan mutanosib.

Preparat xurujlarni bartaraf etish uchun emas (qisqa ta’sirga ega ingalyatsion bronxodilatatorlarni qo‘llash kerak), uzoq vaqt davolash va zo‘rayishlarni oldini olish uchun mo‘ljallangan.Preparatni hatto kasallik simptomlari bo‘lmaganida ham muntazam qo‘llash kerak.Preparat bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas.Har qanday glyukokortikosteroid (GKS) larni uzoq vaqt, ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llaganda tizimli nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkin. Terapevtik samaraga erishilganda ingalyatsion glyukokortikosteroidlarning dozasi tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishidan saqlanish uchun kasallikni kechishini nazorat qiluvchi minimal samarali dozagacha kamaytirilishi muhim.Uzoq vaqt davomida ingalyatsion glyukokortikosteroidlarni qabul qilayotgan bolalarda o‘sish dinamikasini muntazam kuzatish kerak.Buyrak usti bezi yetishmovchiligi kuzatilishi mumkinligi tufayli, glyukokortikosteroidni ichga qabul qilgan patsiyentlarni ingalyatsion flutikazon bilan davolashga o‘tkazilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish va buyrak usti bezi po‘stloq qismi funktsiyasi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak. Ingalyatsion flutikazon fonida GKS ni bekor qilishni asta-sekin amalga oshirish kerak. Stress davrida GKS ni qo‘shimcha qabul qilish talab etilishi mumkin.Agar preparatni salmeterol dozasini oshirib yuborilishi tufayli bekor qilishga to‘g‘ri kelsa, patsiyentga tegishli GKS o‘rinbosar davolashni buyurish kerak.Ayrim patsiyentlarda ovozni qo‘pollashishi yoki bo‘g‘lishi, og‘iz va halqum kandidozi yuzaga kelishi mumkin. Eyrtek ingalyatsiyasidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini suv bilan chayish orqali ovozni qo‘pollashishini og‘irligini va tez-tezligini kamaytirish mumkin. Simptomatik kandidozni Eyrtek bilan davolashni davom ettirib, mahalliy zamburug‘larga qarshi preparatlar bilan davolash mumkin. Patsiyentni tizimli GKS ni qabul qilishdan ingalyatsion davolashga o‘tkazilganda shuningdek avval tizimli preparatlar bilan bartaraf etilgan allergik reaktsiyalar (shu jumladan allergik rinit, ekzema) yuzaga kelishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri Ona uchun kutilgan foyda homila yoki bola uchun har qanday xavfdan yuqori bo‘lgandagina preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash maqsadga muvofiq. Eyrtek preparatini tavsiya etilgan dozalarda ingalyatsion yuborganda uning plazmadagi kontsentratsiyasi haddan tashqari pastligi tufayli, salmeterol va flutikazonning ko‘krak sutidagi darajasi ham ahamiyatsiz bo‘ladi deb taxmin qilinadi, lekin bu ma’lumotlarni klinik isbotlari yo‘q. Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: tremor, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, sistolik bosimni oshishi, gipokaliyemiya va qonda glyukoza darajasini oshishi, buyrak usti bezi funktsiyasini pasayishi (bir necha kundan keyin buyrak usti bezi funktsiyasini mustaqil tiklanadi). Juda kam hollarda: anoreksiya, qorinda og‘riq, tana vaznini kamayishi, toliqish, ko‘ngil aynishi, diqqatni pasayishi, gipoglikemiya va tirishishlar. Davolash: selektiv ß-adrenoblokatorlar, preparatni bekor qilish.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 1 172 Views

Dozalangan ingalyatsiya uchun aerozol 25/50 mkg, 25/125 mkg, 25/250 mkg. 120 dozadan dozalovchi ta’sirli klapanli va himoya qalpoqchali mundshtukli alyumin aerozol ballonchada. Balloncha davlat va ris tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qarton qutiga joylanadi.

2 yil.