Estrinormretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: estriol – 0,5 mg; Yordamchi modda: qattiq yog‘.

Preparatning savdo nomi:

Estrinorm

Farmakalogik guruhi:

Estrogenlar. Tabiiy yoki yarim sintetik estrogenlar.

Dori shakli:

vaginal suppozitoriylar

oq yoki sarg‘ish tusli, oq rangli tsilindrokonus shaklli suppozitoriylar. Kesimida pufakcha yoki voronkasimon chuqurchalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Estrogenlar. Tabiiy yoki yarim sintetik estrogenlar.

G03SA04

So‘rilishi yuqori. Intravaginal qo‘llanilganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1-2 soat. Plazma albumini bilan bog‘lanishi 90% ni tashkil qiladi. Organizmdan asosan buyrak orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi (qabul qilingandan keyin bir necha soatdan so‘ng va 18 soatgacha davom etadi), 2% ichak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Gormonal o‘rinbosar davolash: Estrogenlar tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan urogenital yo‘llarning pastki bo‘limlari shilliq qavati atrofiyasi. Ayollarda postmenopauzada qinda o‘tkazilgan yoki ko‘zda tutilayotgan operatsiyadan oldingi va keyingi davrda davolash. Atrofik o‘zgarishlar fonida qindan olingan mazokning natijalari noaniq bo‘lganida diagnostika maqsadlarida.

Uyqudan oldin, intravaginal. Urogenital yo‘llarning pastki bo‘limlari shilliq qavati atrofiyasida birinchi 2-3 haftada har kuni 1 suppozitoriydan (0,5 mg), so‘ngra simptomatikaga asoslanib, doza asta-sekin kamaytiriladi, 1 suppozitoriydan (0,5 mg) haftada 2 marta buyuriladi. Ayollarda postmenopauzada operatsiyadan oldingi va keyingi davrda davolash – 2 hafta davomida 1 suppozitoriydan (0,5 mg) operatsiyadan oldin va keyin. Diagnostika vositasi sifatida – 1 suppozitoriydan hafta davomida navbatdagi mazok olinishidan oldin. Preparatning navbatdagi dozasi o‘tkazib yuborilganda, uni darhol qo‘llash kerak. Biroq, agar bu navbatdagi dozani qabul qilish kunida aniqlansa, o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirmay preparatni qabul qilishni odatdagi tartibda davom ettirish lozim. Ikki dozani bir kunda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘yilgan joyda qichishish va achishish, ko‘krak bezlarida og‘riq va taranglik. Gestagenlar bilan majmuada qo‘llanganida: esterogenga bog‘liq bo‘lgan xavfsiz va xavfli o‘smalar, shu jumladan sut bezi va endometriy raki, venoz tromboemboliya, shu jumladan boldir va kichik chanoq chuqur venalari, o‘pka venasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, insult, o‘t pufagi kasalliklari, xloazma, ko‘p shaklli eritema, tugunli eritema, gemmoragik purpura, 65 yoshdan keyin preparatni uzluksiz qo‘llanganida, o‘rinbosar gormonal davolash boshlanishidagi dementsiya, atsiklik qonli ajralmalar, “shiddatli” qon ketishlari, libidoni oshishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, tasdiqlangan (jumladan anamnezida) yoki shubha qilingan sut bezi raki, estrogenga bog‘liq bo‘lgan o‘sma yoki ular mavjudligiga shubha (shu jumladan endometriy raki), diagnostika qilinmagan genital qon ketishi, davolanmagan endometriy giperplaziyasi, trombozlar (venoz va arterial) va aynan shu vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboemboliya (shu jumladan chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, insult), tserebrovaskulyar buzilishlar; aynan shu vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboz chaqiruvchi holatar (shu jumladan, tranzitor ishemik hurujlar, stenokardiya); ko‘p sonli yoki yaqqol namoyon bo‘ladigan venoz yoki arterial tromboz chaqiruvchi omillar (shu jumladan yurak klapan apparatini murakkab shikastlanishi, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, bosh miya qon tomirlari yoki toj arteriyalarning kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial bosim, davomli imobilizatsiya bilan kechuvchi jiddiy jarrohlik aralashuvlari, 35 yoshdan oshgandan keyin chekish); tasdiqlangan trombofiliyalar, venoz va arterial tromboz rivojlanishiga olib keluvchi nasliy yoki orttirilgan omillar, faollashtirilgan S protein rezistentlik, antitrombin III tanqisligi, S proteini tanqisligi, protein S tanqisligi, fosfolipidga antitelolar mavjudligi va boshqalar kabi; chuqur venalar tromboflebiti, shu jumladan anamnezda; yaqqol namoyon bo‘ladigan gipertriglitseridemiya; xolestatik sariq kasallik; otoskleroz (shu jumladan, homiladorlik vaqtida kechadigan yoki jinsiy gormonlar bilan davolashda vaqtidagi); o‘tkir jigar kasalliklari yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lganda buyrak faoliyati ko‘rsatkichlari me’yorga kelgunicha, porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lganlar.

Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenobarbital, karbamazepin, fenitoin, rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirenz) estrogenlar metabolizmini kuchaytiradi; kuchli ingibitorlar (ritonavir, nelfinavir) – metabolizmni kamaytiradi. Teshik dalachoy preparatlari estrogenlar metabolizmini qo‘zg‘atishi mumkin. Estriol gipolipidemik vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Erkak jinsiy gormonlar, antikoagulyantlar, antidepressantlar, diuretik, gipotenziv, gipoglikemik vositalarning samarasini susaytiradi.

Anamnezida leyomioma yoki endometrioz, tromboemboliya bo‘lgan yoki ularni rivojlantirish omillari, estrogenga bog‘liq bo‘lgan o‘sma xavfi omillari, jumladan, oilaviy anamnezda 1-darajali sut bezi raki, arterial gipertenziya, jigar kasalliklari (jumladan adeoma), diabetik angiopatiyali yoki usiz qandli diabet, xolelitiaz, migren yoki og‘ir bosh og‘rig‘i, tizimli qizil yugurik, tutqanoq, bronxial astma, oilaviy giperlipoproteinemiya, pankratit, anamnezda endometriy raki yoki giperplaziyasi, yurak yoki buyrak yetishmovchiligi, suyak to‘qimalarini metabolik buzilishi, homiladorlik vaqtidagi gerpesda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Pediatriyada qo‘llanishi: Preparat 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi. Homiladorlar va emizikli ayollar: Preparat homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanmaydi. Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Preparatni qo‘llash avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Intravaginal qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Simptomlari: (bexosdan ichga qabul qilinganda) ko‘ngil aynishi, qusish, “bekor qilish” oqibatidagi qon ketishi. Davolash: Simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q..

Retsept bo‘yicha

5 suppozitoriydan PVX/PE plenkali kontur uyali o‘ramda. №5 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.