EssentsiaNIK rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Fosfolipidlar – 65 mg (PPL-400 lipoid shaklida – 84,4 mg), trinatriy glitsirrinizati – 35 mg. Yordamchi moddalar: asalari mumi, tozalangan kungaboqar yog‘i. Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, natriy benzoati Ye-211, titan dioksidi Ye-171, temir III oksidi Ye-172, temir II oksidi Ye-172, temir II, III oksidi Ye-172

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Majmuaviy preparat.

Preparatning savdo nomi:

EssentsiaNIK

Farmakalogik guruhi:

Gepatoprotektor.

Oval shaklli, chokli, egiluvchan, tiniq bo‘lmagan, och-jigarrang rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi: och sariqdan to‘q sariq rangligacha bo‘lgan surtmasimondan yanada zichroq konsictentsiyali o‘ziga xos hidli bir xil massa. Saqlanganida kapsula ichidagisini qavatlarga ajralishga yo‘l qo‘yiladi.

Gepatoprotektor.

Preparat quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi: virusli gepatit (o‘tkir va surunkali);steatoz va steatogepatit (alkogolli va noalkogolli);jigarni toksik shikastlanishi;zaharlanishlar;psoriaz;neyrodermitlar;ekzemada qo‘llanadi.

Dermatologik reaktsiyalar: shaxsiy yukori sezuvchanlikda terida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilingandan keyin, o‘tib ketadi.

– homiladorlik; – laktatsiya davri (emizish); – preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; – 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas; Portal gipertenziyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparatning tarkibiga kiruvchi glitsirrizin kislotasi kortikosteroid gormonlarning sinergisti hisoblanadi, ularning ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.

Preparat glitsirrizin kislotasining uchnatriy tuzi faol komponentini saqlaydi (1 kapsulada 35 mg). Glitsirrizin kislotasi (glitsirat) qizil miya ildizini ekstraktidan olinadi (lakrichnika), steroid saponinlarga mansub. Terapevtik dozalardan yuqori dozalar Glitsirrizin kislotasi qo‘llanganda jiddiy nojo‘ya samaralarga olib keladi. Ichga uzoq muddat (6 haftadan ko‘proq) qo‘llangan Glitsiratning intoksikatsiya simptomlari: bosh og‘rig‘i, letargiya, arterial bosimni oshishi, shishlar, organizmdan kaliy chiqib ketishini chaqirishi mumkin. Preparatni portal gipertenziyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

qo‘llanmaydi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari kuzatilmadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi glitsirrizin kislotasi yuqori dozalarda qonda glyukokortikoidlar va mineralokortikoidlar darajasini oshishi bilan xarakterlanadigan soxta samarasini chaqirish mumkin. Bu organizmda natriyni tutib qolishiga va kaliy miqdorini kamayishiga va natijada AB oshishiga va organizmda suv tutib qolinishiga olib keladi.

Retseptsiz

Kapsulalar.

2 yil.