EsselForte rasmini ko'rish

Tarkibi:

Essentsial fosfolipidlar                                                           300,0 mg – (shu jumladan fosfatidilxolin 80 mg), Tiamin mononitrati                                                         6 mg, Riboflavin                                                                         6 mg Piridoksin gidroxloridi                                                           6 mg, Nikotinamid                                                                                  30 mkg, Tsianokobalamin                                                                6 mg, Tokoferol atsetati                                                              6 mg yordamchi moddalar: metilparaben, propilparaben, aerosil.

Preparatning savdo nomi:

EsselForte

Farmakalogik guruhi:

Gepatoprotektorlar.

Dori shakli:

kapsulalar

qopqog‘i jigarrang rangli va tagi qizil rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichida sarg‘ish-pushti rangdan to‘q sariq rangligacha bo‘lgan granulalangan kukun yoki zich kukunsimon massa. Sarg‘ish oqdan jigarrang rangligacha bo‘lgan mayda zarrachalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Gepatoprotektorlar.

A05S

– jigarningng turli etiologiyali yog‘li degeneratsiyasida, shu jumladan qandli diabetda; – surunkali gepatitlarda; – jigar tsirrozida; – alkogol va giyohvand moddalari bilan zaharlanishda (intoksikatsiya) (majmuaviy da’vo tarkibida); – zaharlanishda (shu jumladan dorilar bilan); – gepatotsitlar funktsiyasini buzilishlarida (boshqa kasalliklarning asorati sifatida); – gepatotsitlarning atrof-muhitdagi zararli moddalar miqdorini ruxsat etilgan miqdordan ortib ketishi, radiatsiya darajasini oshishi va boshqa salbiy ekologik omillar bilan bog‘liq shikastlanishlarida; – psoriazda (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Ichga, ovqatlanish vaqtida 2 kapsuladan, sutkada 2-3 marta qabul qilinadi. Kapsulalarni butunligicha yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilish lozim. Preparat bilan davolanish davomiyligi kamida 5 oy, zarurat bo‘lganida undan uzoqroq qo‘llash yoki takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin. Psoriazda preparatni yordamchi davolovchi vositasi sifatida 2 kapsuladan, sutkada 3 marta, 2 hafta davomida qo‘llanadi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – qorin sohasida noqulaylik (diskomfort) hissi bo‘lishi mumkin.

Preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Nojo‘ya ta’sirlari belgilari kuchayishi mumkin.

Retseptsiz. Ulashish: 8 366 Views

Kapsulalar kontur uyali o‘ramlarda.

3 yil.