Eskapelretsept bilan

Preparatning savdo nomi:

Eskapel

G03AS03. Eskapel preparatini aniq ta’sir mexanizmi ma’lum emas. Tavsiya etilgan dozalarda levonorgestrel ovulyatsiyaga va urug‘lanishga ta’sir qiladi, agarda jinsiy aloqa, ya’ni  urug‘lanish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan hayz ko‘rish tsiklini ovulyatsiya oldi fazasida sodir bo‘lgan bo‘lsa. Bundan tashqari, preparat chaqirgan endometriydagi o‘zgarishlar, urug‘langan tuxum xujayrasini (pushtni) implantatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Boshlangan implantatsiyada preparat samarasiz. Samaradorligi: 84% hollarda homiladorlikni oldini oladi. Levonorgestrelni tavsiya etilgan dozalari qon ivishi omillariga, yog‘lar va karbonsuvlar almashinuviga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Preparatni katta dozalari qabul qilinganidan keyingi og‘ir nojo‘ya ta’sirlari haqida ma’lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborish ko‘ngil aynishi, hayz ko‘rishni buzilishini chaqirishi mumkin. Spetsifik antidoti yo‘q, davolash simptomatik.