Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol moddalar: pankreatin 180,58 mg (10000TB); 361,16 mg (25000 TB) yordamchi moddalar: trietiltsitrat, talk, metakril kislota sopolimeri.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
pankreatin
Preparatning savdo nomi:
Enzirem®Neo
Farmakalogik guruhi:
ovqat hazm qilish uchun ferment vosita.
Dori shakli:
kapsulalar.
zarg‘aldoq rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – och jigarrangdan to‘q jigarranggacha, pelletlar bilan to‘ldirilgan.
ovqat hazm qilish uchun ferment vosita.
A09AA02
Preparat me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va mahalliy ta’sir qiladi.
Preparatning maxsus dori shakli me’da shirasining inaktivatsiyasi oqibatida fermentlarning faolligining pasayishidan saqlash imkonini beradi.
Kapsulada saqlanadigan va kislotaga chidamli qobiq bilan qoplangan preparat granulalari, me’da ichidagisi bilan bir hil aralashadi va o‘n ikki barmoq ichakka tushadi.
Fermentlarning tez ajralib chiqarilishi va faollashuvi uning kuchsiz kislotali yoki neytral muhitda, granulalarning qobig‘i parchalanadigan joyda boshlanadi.
Granulalar rN 5,5 dan past me’da muhitida turg‘un.
Me’da shirasining ishtirokida 45 minut davomida chidamli.
Fermentativ faollikning ajralib chiqishi rN 6 da 75-100% ni, 1 soat davomida, rN 6,8 da, 100% ni 30 minut davomida tashkil qiladi, rN 8 da 15 minut davomida to‘liq ajralib chiqadi.
Substratlar bilan o‘zaro ta’sirlangandan keyin proteaza, lipaza va amilaza ichakning quyi bo‘limlarda faolligini yo‘qotish va ichak ichidagisi bilan birga organizmdan chiqariladi.
Me’da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligi, surunkali pankreatitlar, mukovistsidoz, pankreatektomiya, me’da osti bezining raki, me’da osti bezi yoki safro yo‘llarining o‘sma oqibatidagi obstruktsiyasi, Shvaxman-Daymond sindromi, keksalik yoshi; me’da rezektsiyasidagi ovqat xazm qilish jarayonlarining buzilishini simptomatik davolash, xoletsistektomiyadan keyingi holatlar, duodeno va gastrostaz, biliar obstruktsiyasi, xolestatik gepatit, jigar tsirrozi, ingichka ichak terminal bo‘limining patologiyasi, ingichka ichakda bakteriyalarni oshiqcha o‘sishi, ovqatlanishdagi xatoliklarda o‘rinbosar davolash uchun qo‘llanadi.
Ichga buyuriladi, kapsulalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilish kerak.
Doza me’da osti bezi faoliyatining yetishmovchilik darajasiga va parxezning tarkibiga qarab shaxsiy tanlanadi.
Agarda bir martalik doza 1 kapsuladan ko‘p bo‘lsa, ovqatlanishni boshida bir martalik dozaning 1/3 yoki 1/2 qismini, qolgan qismini ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.
Davolashni boshida preparat 10000-20000 lipaza TB dan asosiy ovqat qabul qilish bilan birga buyuriladi.
Steatoreyani kamaytirishi va patsiyentning optimal holatini tutib turish uchun dozani oshirish mumkin: asosiy ovqat qabul qilishdagi doza (nonushta, kunduzgi va kechqurungi ovqat) 20000-70000 lipaza TB ni, yengil tamaddi qilish vaqtida 5000-20000 lipaza TB ni tashkil qiladi.
Mukovistsidozda doza tana vazniga bog‘liq va davolashni boshida ovqat qabul qilish vaqtida 4 yoshdan kichik bolalarda- 1000 lipaza TB/kg, 4 yoshdan kattalarda-500 lipaza TB kg ni tashkil qiladi.
Doza kasallik belgilarining yaqqolligiga, steatoriyani va optimal ovqat holatini tutib turish bo‘yicha nazorat natijalariga bog‘liq.
Maksimal doza-sutkada 10000 lipaza TB/kg.
Kichik bolalarda yoki keksa yoshdagi bemorlarda yutish qiyin bo‘lganida kapsula ehtiyotkorlik bilan ochiladi, granulalar chaynashni talab qilmaydigan suyuq ovqatga qo‘shiladi yoki suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
Tayyorlangan aralashmani saqlash mumkin emas.
Davolashning davomiyligi bir necha kundan (parxezdagi xatoliklar oqibatidagi ovqatni hazm bo‘lish jarayonining buzilishida) bir necha oy va xatto yilgacha (davomiy o‘rinbosar davolashning zarurati bo‘lganda) o‘zgarishi mumkin.
O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’siri 1% dan kam hollarda kuzatiladi.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: alohida hollarda – diareya, qabziyat, me’da sohasida diskomfort hissi, ko‘ngil aynishi.
Allergik reaktsiyalar: alohida hollarda – teri ko‘rinishlari.
Moddalar almashinuvi tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda giperurikozuriya va haddan ziyod yuqori dozalarda – qon plazmasida siydik kislotasining miqdorini oshishi mumkin.
Boshqalar: preparat yuqori dozalarda bolalarda qo‘llanganida anal sohasida ta’sirlanish paydo bo‘lishi mumkin.
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi; 15 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi mukovistsidoz da qo‘llash mumkin emas.
Temirning so‘rilishini (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganda) pasaytiradi.
Gistamin N2-retseptorlarining blokatorlari, proton nasosining ingibitorlari yoki antatsid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash, pankreatinning samarasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Tsimetadin, bikarbonatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, folatlarning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va/yoki folat kislotasini buyurish tavsiya qilinadi.
Pankreatin akarbozani va miglitolning samarasini kamaytirishi mumkin.
Mukovistsidozda preparatning dozasi iste’mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobi bilan yog‘larning gidrolizi uchun zarur bo‘lgan fermentlarning miqdoriga adekvat bo‘lishi kerak.
Mukovistsidoz bo‘yicha preparat bilan uzoq muddat davolangan bolalar muntazam mutaxassisda kuzatilishlari kerak.
Mukovistsidozda pankreatin kerakli dozadan oshirib yuborilgan holda chambar ichakning iliotsekal va yuqoriga ko‘tariluvchi qismida strikturlar (fibroz kolonopatiyalar) rivojlanishi mumkin.
Preparatni homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligiga yetarli o‘rganilmagan.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash faqat agarda ona uchun davolashdan kutilayotgan samara, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda mumkin.
Asoratlarning paydo bo‘lishini bartaraf qilish uchun preparatni faqat shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash kerak.
Preparat avtomobilni xaydash, mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Kuruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Xaddan ziyod yuqori dozalar qabul qilinganda giperurikemiya va giperurikozuriya, bolalarda qabziyat bo‘lishi mumkin.
Davolash: preparatni bekor qilish va zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Retseptsiz
Kapsulalar 10000 TB va 25000 TB kontur-uyali o‘ramda.