Enzirem rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: pankreatin 180,58 mg, 361,16 mg (lipaza 10000 TB/25000 TB, amilaza 8000 TB/18000 TB, proteaza 600 TB/1000 TB) ; yordamchi moddalar:trietiltsitrat, talk, metakril kislotasini sopolimeri Eudragit L30D55

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pankreatin

Preparatning savdo nomi:

Enzirem

Farmakalogik guruhi:

Fermentlar

Dori shakli:

kapsula

rangsiz-tiniq pushti “2” o‘lchamli (10000 TB kapsulalar), qattiq jelatin kapsulalar; rangsiz-tiniq to‘q-sariq “0” o‘lchamli (25000 TB kapsulalar), qattiq jelatin kapsulalar; kapsulalar, 0,8-1,6 mm diametrli jigarrang rangli pelletlar bilan to‘ldirilgan.

Fermentlar

A09AA02

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va mahalliy ta’sir qiladi. Preparatning maxsus dori shakli me’da shirasining inaktivatsiyasi oqibatida fermentlarning faolligining pasayishidan saqlash imkonini beradi. Kapsulada saqlanadigan va kislotaga chidamli qobiq bilan qoplangan preparat granulalari, me’da ichidagisi bilan bir hil aralashadi va o‘n ikki barmoq ichakka tushadi. Fermentlarning tez ajralib chiqarilishi va faollashuvi uning kuchsiz kislotali yoki neytral muhitda, granulalarning qobig‘i parchalanadigan joyda boshlanadi. Granulalar rN 5,5 dan past me’da muhitida turg‘un. Me’da shirasining ishtirokida 45 minut davomida chidamli. Fermentativ faollikning ajralib chiqishi rN 6 da , 1 soat davomida, 75-100% nirN 6,8 da, 30 minut davomida 100% ni tashkil qiladi, rN 8 da 15 minut davomida to‘liq ajralib chiqadi. Substratlar bilan o‘zaro ta’sirlangandan keyin proteaza, lipaza va amilaza ichakning quyi b¢limlarda faolligini yo‘qotish va ichak ichidagisi bilan birga organizmdan chiqariladi.

Me’da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligida, surunkali pankreatitlarda, mukovistsidozda, pankreatektomiyada, me’da osti bezining rakida, me’da osti bezi yoki o‘t-safro yo‘llarining o‘sma oqibatidagi obstruktsiyasida, Shvaxman-Daymond sindromida, keksalik yoshida; me’da rezektsiyasidagi ovqat xazm qilish jarayonlarining buzilishini simptomatik davolashda, xoletsistektomiyadan keyingi holatlarda, duodeno va gastrostazda, biliar obstruktsiyada, xolestatik gepatitda, jigar tsirrozida, ingichka ichak terminal bo‘limining patologiyasida, ingichka ichakda bakteriyalarni ortiqcha o‘sishida, ovqatlanishdagi xatoliklarda o‘rinbosar davolash.

Ichga, kapsulalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish kerak. Doza me’da osti bezi faoliyatining yetishmovchilik darajasiga va parxezning tarkibiga qarab shaxsiy tanlanadi. Agarda bir martalik doza 1 kapsuladan ko‘p bo‘lsa, ovqatlanishni boshida bir martalik dozaning 1/3 yoki 1/2 qismini, qolgan qismini ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Davolashni boshida preparat 10000-20000 lipaza TB dan asosiy ovqat qabul qilish bilan birga buyuriladi. Steatoreyani kamaytirishi va patsiyentning optimal holatini tutib turish uchun dozani oshirish mumkin: asosiy ovqat qabul qilishdagi doza (nonushta, tushlik va kechki ovqat) 20000-70000 lipaza TB ni, yengil tamaddi qilish vaqtida 5000-20000 lipaza TB ni tashkil qiladi. Mukovistsidozda doza tana vazniga bog‘liq va davolashni boshida ovqat qabul qilish vaqtida 4 yoshdan kichik bolalarda- 1000 lipaza TB/kg, 4 yoshdan kattalarda-500 lipaza TB kg ni tashkil qiladi. Doza kasallik belgilarining yaqqolligiga, steatoriyani va optimal ovqat holatini tutib turish bo‘yicha nazorat natijalariga bog‘liq. Maksimal doza-sutkada 10000 lipaza TB/kg. Kichik bolalarda yoki keksa yoshdagi bemorlarda yutish qiyin bo‘lganida kapsula ehtiyotkorlik bilan ochiladi, granulalar chaynashni talab qilmaydigan suyuq ovqatga qo‘shiladi yoki suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Tayyorlangan aralashmani saqlash mumkin emas. Davolashning davomiyligi bir necha kundan (parxezdagi xatoliklar oqibatidagi ovqatni hazm bo‘lish jarayonining buzilishida) bir necha oy va xatto yilgacha (davomiy o‘rinbosar davolashning zarurati bo‘lganda) o‘zgarishi mumkin.

O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’siri 1% dan kam hollarda kuzatiladi. Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: alohida hollarda-diareya, qabziyat, me’da sohasida diskomfort hissi, ko‘ngil aynishi. Allergik reaktsiyalar: alohida hollarda-teri ko‘rinishlari. Moddalar almashinuvi tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda giperurikozuriya va haddan ziyod yuqori dozalarda- qon plazmasida siydik kislotasining miqdorini oshishi mumkin. Boshqalar: preparat yuqori dozalarda bolalarda qo‘llanganida anal oldi sohasida ta’sirlanish paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi mukovistsidoz.

Temirning s¢rilishini (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganda) pasaytiradi. Gistamin N2 –retseptorlarining blokatorlari, proton nasosining ingibitorlari yoki antatsid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash, pankreatinning samarasini oshishiga olib kelishi mumkin. Tsimetadin, bikarbanatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, folatlarning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va/yoki folat kislotasini buyurish tavsiya qilinadi. Pankreatin akarbozani va miglitolning samarasini kamaytirishi mumkin.

Mukovistsidozda preparatning dozasi iste’mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobi bilan yog‘larning gidrolizi uchun zarur bo‘lgan fermentlarning miqdoriga mos bo‘lishi kerak. Mukovistsidoz bo‘yicha preparat bilan uzoq muddat davolangan bolalar muntazam mutaxassisda kuzatilishlari kerak. Mukovistsidozda pankreatin kerakli dozadan oshirib yuborilgan holda chambar ichakning yuqoriga ko‘tariluvchi qismida strikturlar rivojlanishi mumkin Preparatni homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligiga yetarli o‘rganilmagan. Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash faqat agarda ona uchun davolashdan kutilayotgan samara, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda mumkin. Asoratlarning paydo b¢lishini bartaraf qilish uchun preparatni faqat shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash kerak. Preparat avtomobilni xaydash va mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Haddan ziyod yuqori dozalar qabul qilinganda giperurikemiya va giperurikozuriya, bolalarda qabziyat bo‘lishi mumkin. Preparatni bekor qilish va, zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz Ulashish: 4 229 Views

Kapsulalar 10000 TB va 25000 TB.

2 yil.