Enamni qo‘llaganda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar qayd etilgan, ular kuchsiz yaqqollikda bo‘lgan, o‘tuvchan xarakterga ega va preparatni bekor qilishni talab etmaydi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush dori reaktsiyalari va/yoki noxush ko‘rinishlarning rivojlanish tez-tezligi quyidagi gradatsiyaga muvofiq ta’riflangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (1/10-1/100); tez-tez emas (1/100-1/1000); kam hollarda (1/1000-1/10000); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizim: tez-tez emas – anemiya (shu jumladan aplastik va gemolitik); kam hollarda – neytropeniya, gemoglobinni kamayishi, gematokritni pasayishi, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, pantsitopeniya, limfadenopatiya, autoimmun kasalliklar.
Endokrin tizimi: tez-tezligi noma’lum – antidiuretik gormon sekretsiyasi sindromi.
Metabolizm va oziqlanishni buzilishi: tez-tez emas – gipoglikemiya.
Ruhiy buzilishlar: tez-tez – depressiya; tez-tez emas – asabiylik, uyqusizlik; kam hollarda – uyquni buzilishi.
Nerv tizimi: juda tez-tez – bosh aylanishi; tez-tez – bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, ta’mni o‘zgarishi; tez-tez emas – uyquchanlik, paresteziya.
Ko‘rish: juda tez-tez – ko‘rishni noaniqligi.
Eshitish: tez-tez emas – quloqlarda shang‘illash.
Yurak-qon tomir tizimi: tez-tez – ko‘krakda og‘riq, ritmni buzilishi, stenokardiya, taxikardiya, gipotoniya (shu jumladan ortostatik gipotoniya); tez-tez emas – yurak urib ketishi hissi, miokard infarkti yoki bosh miyada qon aylanishini buzilishi, ehtimol patsiyentlarda arterial gipertenziya xavfining yuqoriligi tufayli ikkilamchi; kam hollarda – Reyno sindromi.
Respirator, torakal buzilishlar: juda tez-tez – yo‘tal; tez-tez – nafas olishni qiyinlashishi, hansirash; tez-tez emas – rinoreya, tomoqda og‘riq va bo‘g‘ilish, bronxospazm/astma; kam hollarda – o‘pka infiltratlari, rinit, allergik alveolit/eozinofil pnevmoniya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi; tez-tez – diareya, abdominal og‘riq; tez-tez – ichak tutilishi, pankreatit, qusish, dispepsiya, qabziyat, anoreksiya, me’dani ta’sirlanishi, og‘izni qurishi, peptik yara; kam hollarda – stomatit/aftoz yaralar, glossit; juda kam hollarda – ichak angionevrotik shishi.
Gepatobiliar tizim: kam hollarda – jigar yetishmovchiligi, gepatit – gepatotsellyulyar yoki xolestatik, nekroz, xolestaz (shu jumladan sariqlik).
Teri va teri osti to‘qimalari: tez-tez – toshma, o‘ta yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish: yuz, qo‘l-oyoq, ovoz boylamlari va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi; tez-tez emas – terlash, qichishish, eshakemi, soch to‘kilishi; kam hollarda – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz, pufaklar, eritrodermiya; tez-tezligi noma’lum – quyidagi simptomlardan ayrimlarini yoki barchasini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan simptomlar kompleksi: isitma, serozit, vaskulit, mialgiya/miozit, artralgiya/artrit, musbat antinuklear antitelalar, ECHT ni oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz, toshma, fotosezuvchanlik yoki boshqa dermatologik ko‘rinishlar.
Suyak-mushak tizimi: tez-tez emas – mushak spazmlari.
Siydik chiqarish tizimi: tez-tez – buyrak disfunktsiyasi, buyrak yetishmovchiligi, proteinuriya; kam hollarda – oligouriya.
Reproduktiv tizim: tez-tez emas – impotentsiya; kam hollarda – ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar: juda tez-tez – asteniya; tez-tez – toliqish; tez-tez emas – lohaslik, isitma.
Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez – giperkaliyemiya, qon zardobida kreatinin darajasini oshishi; tez-tez emas – qonda mochevina darajasini oshishi, giponatriyemiya; kam hollarda – jigar fermentlari darajasini oshishi, qon zardobida bilirubin darajasini oshishiga olib kelish mumkin.