ENALOZID 25 bilan davolash odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Eng ko‘p uchragan nojo‘ya samaralari: bosh aylanishi va yuqori charchoqlik oz bo‘lgan va ular doza kamaytirilganida yo‘qolgan va faqat kamdan-kam hollardagina preparatni bekor qilishni talab qilgan.
1-2% hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari: ortostatik samaralar, shu jumladan arterial gipertenziya, bosh og‘rig‘i, mushak tirishishlari, ko‘ngil aynishi, asteniya, yo‘tal va impotentsiya.
Kam uchraydigan nojo‘ya samaralari: yurak-tomir tizimi tomonidan: sinkope, arterial gipotenziya, kuchli yurak urishi; taxikardiya; aritmiya; ko‘krakda og‘riq; me’da-ichak yo‘llari tomonidan: pankreatit, diareya, qusish, dispepsiya; qorin og‘rig‘i; meteorizm; qabziyat; nerv tizimi/ruxiyat tomonidan: uyqusizlik, uyquchanlik, paresteziyalar, asabiylik; vertigo, lohaslik; nafas a’zolari tomonidan: hansirash.
dermatologik reaktsiyalar: ko‘p shaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz, toshma, fotosensibilizatsiya, qichishish; kuchli terlash va boshqa dermatologik ko‘rinishlar.
qon yaratish tizimi tomonidan: antinuklear antitelalarga (ANA) musbat test, eritrotsitlarning cho‘kish tezligini (ECHT) oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz.
allergik reaktsiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik, yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, til, tovush yorig‘i va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi, intestinal angionevrotik shish; laboratoriya ma’lumotlari: kam hollarda giperglikemiya, giperurikemiya va gipo- yoki giperkaliyemiya, gemoglobin va gematokrit ko‘rsatkichlarini pasayishi, qonda mochevina, zardobda kreatinin darajasini oshishi, qon zardobida jigar fermentlarining darajasini va/yoki bilirubinni oshishi, qandni pasaytiruvchi vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda gipoglikemiya aniqlangan.
Boshqalar: buyrak disfunktsiyasi, buyrak yetishmovchiligi, libidoni pasayishi, og‘izni qurishi, podagra, quloqlarda shovqin, artralgiya, isitma, serozit, vaskulit, nekrozlovchi vaskulit, mialgiya, miozit, artralgiya/artrit, antidiuretik gormoni sekretsiyasini buzilishi sindromi, anoreksiya.
Preparatning alohida komponentlari qo‘llanganida kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar, ENALOZID 25 preparatining ham potentsial nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin.
Enalapril.
Ileus, jigar yetishmovchiligi, gepatit (gepatotsellyulyar yoki xolestatik), sariqlik, depressiya, ongni chalkashishi, uyquni buzilishi, tush ko‘rishlarni buzilishi, o‘pka infiltratlari, bronxospazm/astma, tomoqda og‘riq va tovushni xirillashi, yurak ritmini buzilishi, stenokardiya, miokard infarkti yoki insult (yuqori xavf guruhi patsiyentlarida haddan tashqari arterial gipotenziya tufayli bo‘lishi mumkin), Reyno fenomeni, rinoreya, alopetsiya, eritrodermiya, ta’m sezish hissini o‘zgarishi, ko‘rishni noaniqligi, eshakemi, anafilaktik shok, limfadenopatiya, autoimmun buzilishlar, stomatit, glossit, oliguriya, eksfoliativ dermatit, po‘rsildoq yara, giponatriyemiya.
Gidroxlortiazid.
Me’dani ta’sirlanishi, sariqlik (jigar ichki, xolestatik), sialadenit, leykopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, purpura, isitma, eshakemi, respirator distress (shu jumladan pnevmoniya va o‘pka shishi), interstitsial nefrit, anafilaktik reaktsiya, glyukozuriya, elektrolit disbalansi, shu jumladan giponatriyemiya, xavotirlik, ko‘rishni vaqtinchalik noaniqligi, gipoglikemiya.