Eksanretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: diammoniy glitsirrizinati – 50 mg; yordamchi moddalar: kraxmal, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy laurilsulfati, letsitin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

diammoniy glitsirrizinati

Preparatning savdo nomi:

Eksan

Farmakalogik guruhi:

gepatoprotektor

Dori shakli:

ichakda eruvchan kapsulalar.

korpusi limon-sariq rangli va qopqoqchasi yashil meva rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsulaning tarkibi – sariq rangli granulalar yoki kukun.

gepatoprotektor

Ichga qabul qilinganidan so‘ng Eksan ichakda so‘riladi. Ichakda ovqat bo‘lishi preparatning biokiraolishligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Qon zardobida preparat maksimal kontsentratsiyasiga, enterogepatik tsirkulyatsiya hisobiga, qabul qilingandan so‘ng 8-12 soatdan keyin erishiladi. Preparat va uning metabolitlari plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Preparatning taxminan 70% organizmdan safro orqali, 20% nafas yo‘llari orqali karbonad angidrid gazi ko‘rinishida, 2% esa siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

alaninaminotransferazaning miqdori yuqori bo‘lgan o‘tkir va surunkali gepatitlar;jigar kasalliklari (alkogolli bo‘lmagan steatogepatit, jigarning yog‘li kasalligi, jigarni tuberkulyozga qarshi preparatlar ta’sirida shikastlanishi) da qo‘llanadi.

Ichga, 3 kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Davolash kursi 3 dan 6 oygacha yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi. Me’da yoki o‘nikki barmoqli ichak yarasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak., shuningdek dozani kuniga 3 marta 2 kapsulagacha kamaytirish kerak.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinni dam bo‘lishi, og‘izni qurishi; Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni tez-tez ko‘tarilib turishi; Boshqalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘krak qafasida ezilish xissi bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha nojo‘ya reaktsiyalar yengil holda namoyon bo‘ladi. Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

diammoniy glitsirrizinatga yoki letsitinga o‘ta yuqori sezuvchanlik;yaqqol gipokaliyemiya, gipernatriyemiya;arterial gipertenziya;yurak yetishmovchiligi;buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Eksan preparatini boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

Davolashni boshlashdan oldin arterial bosimning darajasini, qon zardobidagi kaliy va natriyning miqdorini tekshirish kerak.Eksan preparatini qo‘llash vaqtida arterial bosim oshib ketganida, gipokaliyemiya rivojlanganida, qon zardobida natriy ushlanib qolganida, davolashni to‘xtatish yoki preparatning dozasini pasaytirish kerak.Me’da yoki 12-barmoq ichak yarasi bo‘lgan patsiyentlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Homiladorlik va laktatsiya davri. Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va go‘daklarda Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlar. Yetarli ma’lumotlar yo‘q. Dori vositasini avtotransport va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyati. Aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yetarli ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 13 562 Views

12 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram, davlat va rus tilidagi qo‘llash uchun yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.