Dyufalak Frut rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: laktuloza 667 mg; yordamchi moddalar: 0,1% olxo‘ri aromatizatori (hajmiy nisbatda), tozalangan suv 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

laktuloza

Preparatning savdo nomi:

DyufalakFrut

Farmakalogik guruhi:

Osmotik surgi vositasi.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma

rangsizdan jigarrang tusli, och-sariq rangligacha bo‘lgan olxo‘ri hushbo‘yli tiniq qovushqoq suyuqlik.

Osmotik surgi vositasi.

A06AD11

Qabziyat: yo‘g‘on ichakni bo‘shalishini fiziologik ritmini boshqarish;Ahlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish (gemorroy, yo‘g‘on ichakda va anal yorig‘i sohasidagi operatsiyalardan keyingi holatlar);Jigar entsefalopatiyasi: jigar komasi yoki prekomasini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Laktuloza eritmasini suyultirilgan holda ham, suyultirmasdan ham qabul qilish mumkin. Dozalash patsiyentning holatiga qarab shaxsiy belgilanadi. Qabul qilingan bir martalik dozani og‘izda tutib turmasdan, darhol yutish kerak. Kuniga bir dozani qabul qilish buyurilgan bo‘lsa, uni aynan bir vaqtda, masalan nonushta vaqtida qabul qilish kerak. Surgi vositalari bilan davolanish vaqtida kuniga yetarli miqdorda suyuqlik (1,5-2 litr, bu 6-8 stakanga to‘g‘ri keladi) qabul qilish tavsiya etiladi. Flakondagi preparatni dozalash uchun o‘lchov stakanchasi ishlatilishi mumkin. Qabziyatni davolashda va axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish  uchun dozalash: Laktulozani sutkalik dozasini bir marta o‘lchov stakanchadan foydalanib yoki ikkiga bo‘lib qo‘llash mumkin. Bir necha kundan so‘ng boshlang‘ich doza davolanishga bo‘lgan javobga qarab, bir maromda tushlab turuvchi dozagacha to‘g‘rilash mumkin. Ba’zida davolash samarasi namoyon bo‘lishi uchun uchun bir necha kun (2-3 kun) kerak bo‘lishi mumkin. Patsiyentning yoshi                  Boshlang‘ich sutkalik doza     Bir maromda ushlab turuvchi doza Kattalar va    14 yoshdan oshgan o‘smirlar                                15-45 ml                                15-30 ml 7-14 yoshli bolalar                           15 ml                                      10-15 ml 1-6 yoshli bolalar                             5-10 ml                                  5-10 ml 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar                 5 ml gacha                                5 ml gacha Jigar komasi va prekomasini davolashda dozalash (faqat kattalarda): Ichga qabul qilish uchun: Boshlang‘ich doza: 20-30 g yoki 30-45 ml dan kuniga 3-4 marta buyuriladi. So‘ngra individual tanlangan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga shunday o‘tiladiki, bunda kuniga 2-3 marta ichi yumshoq kelishi kerak. Rektal yuborish uchun: Shoshilinch holatlarda (komani rivojlanish xavfi yoki koma) Dyufalak® Frut tutib turuvchi huqna sifatida yuborilishi mumkin (300 ml Dyufalak® Frut /700 ml suv). Huqna 30-60 minut davomida ushlab turiladi, muolaja dori vositasi ichga qo‘llanishi mumkin bo‘lmagunicha har 4-6 soatda takrorlanishi lozim. Bolalarda qo‘llanilishi Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan bolalarda (0-18 yosh) preparatning xavfisizligi va samarasi aniqlanmagan. Ma’lumotlar yo‘q. Keksa yoshdagi patsiyentlarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi. Dozalash bo‘yicha biron-bir maxsus tavsiyalar mavjud emas, chunki laktulozaning tizimli ta’siri ahamiyatsiz hisobalanadi.

Laktulozani qabul qilishning birinchi kunlari meteorizm bo‘lishi mumkin. Odatda u bir necha kundan keyin o‘tib ketadi. Tavsiya etilgan dozalar oshirilganda, qorin sohasida og‘riq, diareya kuzatilishi mumkin, bu dozani kamaytirishni talab etadi. Yuqori  dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llangan hollarida (odatda jigar entsefalopatiyasini davolashda), patsiyentlarda diareya oqibatida elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Nohush samaralarning umumiy ro‘yhati Platsebo-nazoratli klinik tadqiqotlar jarayonida laktuloza bilan davolangan patsiyentlarda ko‘rsatilgan tez-tezlikda quyidagi noxush samaralar to‘g‘risida xabar berilgan: [juda tez-tez (≥1/10); tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas ( ≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda ( ≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000)].

preparatning faol komponentiga yoki faol bo‘lmagan komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.galaktozemiya,ichak tutilishi, ichak perforatsiyasi yoki ichak perforatsiyasi xavfida qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Shifokorga murojaat qilish lozim, agar: davolashni boshlashdan oldin, qorinda noaniq sababli og‘riqlar o‘rin tutsa;preparat qabul qilinganidan keyin, bir necha kun davomida terapevtik samara yetarli bo‘lmasa. Laktozani o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarga laktulozani ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Odatda qabziyatni davolash uchun qo‘llaniladigan dozani, qandli diabet bilan kasallangan patsiyentlarda to‘g‘rilash talab etilmaydi. Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda odatda preparatning yuqori dozalari buyuriladi, bu qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun hisobga olinishi lozim. Dozani tanlamasdan preparatni uzoq muddat va noto‘g‘ri qabul qilish    diareya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Dyufalak® Frut laktoza, galaktoza va fruktozaning juda oz miqdorini  saqlashini hisobga olish lozim, shuning uchun galaktoza yoki fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ushbu dori preparatini buyurish mumkin emas. Tutib turuvchi xuqna holida yuborilganida, kuchli tozalash samarasi tufayli, axlatni tutib turolmaslik, ixtiyorsiz ich kelishi, to‘shaklarni ifloslanishi, shuningdek nordon axlat tufayli, perianal sohani shikastlanishi yuz berishi mumkin. Patsiyentda suyuqlik yo‘qotilishini o‘rnini to‘ldirilishi diqqat bilan kuzatib turilishi lozim. Bolalarda qo‘llanilishi Bolalarni davolashda surgi vositalari istisno hollarda va shifokor nazorati ostida qo‘llanishi lozim. Davolanish vaqtida bo‘shalish refleksini buzilishlari ro‘y berishi mumkinligini hisobga olish dozim. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Homilaga yoki emizikli bolaga ta’siri taxmin qilinmaydi, chunki homilador yoki emizikli ayolga laktulozaning tizimli ta’siri juda kam. Dyufalak® Frut ni homiladorlik vaqtida va emizish davrida buyurish mumkin. Fertillik Fertillikka preparatning biron-bir ta’siri taxmin qilinmaydi, chunki laktulozaning tizimli ta’siri juda oz. Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Dyufalak® Frut preparatini qo‘llash avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi yoki juda oz ta’sir qiladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ichga haddan tashqari yuqori dozalarda qabul qilinganida qorinda og‘riq va diareya ro‘y berishi mumkin. Davolash: dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak, diareya yoki qusish oqibatida ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilganida elektrolit disbalansini muvofiqlashtirish kerak.

Retseptsiz

667 mg/ml ichga qabul qilish uchun eritma. 200 ml dan oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen, birinchi marta ochish nazoratiga ega, buraladigan polipropilen qopqoqli flakonlarda. Qopqoq ustiga o‘lchov stakanchasi bo‘lib xizmat qiluvchi plastik qopqoqcha (polipropilendan) kiydiriladi. Flakonga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlagan yorliq yopishtiriladi.

3 yil.