Dunegmaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: Adenozin trifosfatining dinatriyli tuzi (ATF) – 10 mg. Kokarboksilaza gidroxlorid – 50 mg. Nikotaminamid – 20 mg. Tsianokobalamin (vitamin V12) – 0,5 mg. yordamchi moddalar: glitsin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

adenozintrifosfat, kokarboksilaza, nikotinamid, tsianokobalamin.

Preparatning savdo nomi:

Dunegma

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

Dori shakli:

inyektsion eritma tayyorlash uchun liofillangan kukun, erituvchisi Lidokain gidroxlorid – RG 0,5% 2 ml bilan to‘plamda.

pushti rangli quruq g‘ovaksimon liofillangan kukun. Gigroskopik.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

A11BA

Preparat metabolik moddalar va vitaminlarning majmuasidan iborat. Adenozin trifosfatining dinatriyli tuzi (ATF) – adenozin hosilasidir, metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Gipotenziv va antiaritmik, qon tomirlarni, shu jumladan koronar tomirlarini kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kokarboksilaza – koferment, u organizmda tashqaridan tushadigan tiamindan (vitamin V1) hosil bo‘ladi. Oqsil almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, karboksilaza fermentining tarkibiga kiradi, u α-ketokislotalarning karboksillanishini va dekarboksillanishini tezlashtiradi. Nuklein kislotalari, oqsillar va lipidlarning sinteziga bilvosita yordam beradi. Organizmda sut va piruvat kislotalarining miqdorini pasaytiradi, glyukozani o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Nerv to‘qimasining trofikasini yaxshilaydi. Tsianokobalamin (vitamin V12) – yuqori biologik faollikka ega bo‘lib, organizmda faol shaklga – adenozilkobalamin yoki kobamidga aylanadi,. Organizmda oqsil sintezini kuchaytiradi va uni to‘planishiga yordam beradi. Oqsillar va lipidlar almashinuvini faollashtiradi. Qonda xolesterinning miqdorini kamaytiradi, jigarning yog‘li infiltratsiyasini oldini oladi. Qon yaratish a’zolarining me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur, eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarini saqlovchi birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, ularning gemolizga chidamliligini oshiradi. To‘qimalarni regeneratsiyaga bo‘lgan xususiyatini oshiradi. Jigar va nerv tizimining faoliyatiga, arteriyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nikotinamid – RR vitaminining shakllaridan biri bo‘lib, hujayradagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, oqsillar va azot almashinuvini yaxshilaydi, lipid almashinuvini me’yorlashtiradi, qonda aterogen lipoproteinlarning miqdorini kamaytiradi.

Nikonamid Oshqozon-ichak traktidan (asosan, oshqozonning pylorik qismida va o‘n ikki barmoq ichak antrumida) so‘rilishi malabsortsiya sindromida tez, sezilarli darajada kamayadi va sekinlashadi. Barcha to‘qimalarda tez tarqaladi. Plattsenta va ona suti orqali kiritiladi. N-metilnikonamid, metil piridonkarboksamidlar, glyukuron kislotasi bilan efir va glitsinli kompleks birikma xosil bo‘lishida jigarda metabolitlanadi. Yarim chiqarilish davri – 45 min. Metabolitlar shaklida, yuqori dozalarni qabul qilishda – asosan o‘zgarmagan xolda buyraklardan chikariladi. Kokarbaksilaza Mushak ichiga yuborishdan keyin tez so‘riladi. Aksariyat tana to‘qimalariga kirib boradi. Metabolik ajralishga moil. Metabolizm maxsulotlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Tsianokobalamin Qonda B12 vitamini to‘qimalarga olib boradigan  I va II transkobalaminlarga bog‘lanadi. U asosan jigarda saqlanadi. Plazma oqsillarga bog‘lanish  – 90%. Mushak ichiga yuborishdan keyin maksimal kontsentratsiya  – 1 soatdan keyin jigar ichakdan ichakka chiqariladi va qayta qonga so‘riladi. Yarim chiqarilish davri  – 500 kun. Buyraklarning me’yoriy faoliyatida – buyraklar orqali  7-10%,  axlat orqali –  taxminan 50%;  buyrak funktsiyasining pasayishi bilan  – 0-7% buyrak, 70-100% – axlat orqali chiqariladi. Plattsenta to‘sig‘i, ona suti orqali o‘tadi. Dinatriy adenozin trifosfat trigidratATF ishtirokida sodir bo‘lgan ko‘plab turli xil reaktsiyalar tufayli parenteral yo‘l bilan qo‘llaniladigan ATF kinetikasini kuzatish mumkin emas. Natriy adenozin trifosfatning adenozin va fosfat qoldiqlariga tezda parchalanishi ma’lum bo‘lib, keyinchalik ular yangi ATF molekulalarini sintez qilish uchun ishlatiladi.

Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan nevritlar va nevralgiyalar, neyropatiyalar (shu jumladan qandli diabetdagi, pernitsioz anemiyadagi) va angiopatiyalar, lyumbago va radikulit, mialgiya va ishialgiya, bursitlar va tendinitlar; yurak ishemik kasalligi, miokarditlar va miokardiopatiyalar; homiladorlardagi toksikoz va homilaning gipoksiyasi, yurak-tomir tizimining surunkali kasalliklarini majmuaviy  davolash.

Preparatning eritmasi bevosita yuborilishidan avval tayyorlanadi. Mushak ichiga yuboriladi. Qabul qilishga preparat 1-2 ampuladan har kuni yoki kunora buyuriladi. Dozalash, davolash davomiyligi va qayta davolashni o‘tkazish, kasallikning kechishi va og‘irligiga qarab, shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq buyuriladi.

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, taxikardiya, allergik reaktsiyalar. Giperemiya, qichishish, yuborish joyida shish. Yaqqol nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanganida preparat qayta buyurilmaydi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, giperkoagulyatsiya (shu jumladan o‘tkir trombozlarda), eritremiya, eritrotsitoz, arterial gipertenziyaning og‘ir shakllari, arterial gipotenziya, o‘tkir miokard infarkti, o‘pkaning yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Kokarboksilaza yurak glikozidlarining kardiotonik ta’sirini kuchaytiradi, nikotinamid va ATF esa – vazodilatatorlar (qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalar) ta’sirini kuchaytiradi.

Preparatning eritmasi, u tayyorlanganidan keyin darhol qo‘llansin! Preparat eritmasining rangi o‘zgargan xolatda (yangi tayyorlangan eritmaning rangi yorqin-qizil bo‘lishi kerak) qo‘llanilmasin.

Preparat homiladorlik davrida faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi

Inyektsion eritma tayyorlash uchun liofillangan kukun ampulada,  erituvchisi bilan to‘plamda. 3 ta ampula preparat va 3 ta ampula erituvchi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga o‘ramda.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.