Domperidonning metabolik o‘zgarishlarini asosiy yo‘li tsitoxrom R450 tizimining CYP3A4 ishtirokida bo‘ladi.
In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida, Doprokin bilan bir vaqtda, ushbu fermentni sezilarli darajadagi ingibitsiya qiladigan dori vositalarini qabul qilish, domperidonning plazmadagi darajasini oshishiga olib keladi deb taxmin qilish mumkin.
Farmakodinamik va/yoki farmakokinetik o‘zaro ta’sir qilish oqibatida QT oralig‘ini uzayish havfini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar: – QT oralig‘ini uzaytiruvchi preparatlar: antiaritmik preparatlarning IA sinfi (masalan, dizopiramid, gidroxinidin, xinidin); antiaritmik preparatlarning III sinfi (masalan, amiodaron, dofetilid, dronedaron, ibutilid, sotalol); neyroleptiklar (masalan, galoperidol, pimozid, sertindol); antidepressantlar (masalan, tsitalopram, estsitalopram); antibiotiklar (masalan, eritromitsin, levofloksatsin, moksifloksatsin, spiramitsin); zamburug‘larga qarshi vositalar (masalan, pentamidin); bezgakka qarshi preparatlar (xususan, galofantrin, lyumefantrin); me’da-ichak preparatlari (masalan, tsizaprid, dolasetron, prukaloprid); antigistamin preparatlar (masalan, mekvitazin, mizolastin); rakka qarshi preparatlar (masalan, toremifen, vandetanib, vinkamin); ayrim boshqa preparatlar (masalan, bepridil, difemanil, metadon); CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (QT oralig‘ini uzaytirish hususiyatidan qat’iy nazar): proteaza ingibitorlari; tizimli ta’sir qiluvchi zamburug‘larga qarshi azol preparatlari; ayrim makrolidlar (eritromitsin, klaritromitsin, telitromitsin).
Birga qo‘llash tavsiya etilmagan majmualar: CYP3A4 ning o‘rtacha ingibitorlari (masalan, diltiazem, verapamil, makrolidlar guruhining ayrim antibiotiklari).
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak bo‘lgan majmualar: bradikardiya va gipokaliyemiyani chaqiradigan preparatlar, shuningdek azitromitsin va roksitromitsin.
Tsitmetidin, natriy gidrokarbonati, boshqa antatsid va antisekretor preparatlar domperidonning biokiraolishligini pasaytiradilar.
Antixolinergik vositalar domperidonning ta’sirini neytrallashi mumkin.
Doprokin preparatini, ularning ta’sirini kuchaytirmaydigan neyroleptiklar, dofaminergik retseptorlarning agonistlari (bromkriptin, levodopa) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin, noxush periferik samaralari ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, ko‘ngil aynishi va qusishni chaqiradigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin, bunda u ularning asosiy xususiyatlariga ta’sir qilmasdan, noxush samaralarini susaytiradi.