Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
:
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
paratsetamol.
atseklofenak
Preparatning savdo nomi:
Dolafen-IS
Farmakalogik guruhi:
Analgetik-antipiretik.
Dori shakli:
plenka qobiq bilan qobiqlangan tabletkalar.
bir tomonida bo‘luvchi chizig‘i va boshqa tomoni silliq, to‘q sariq rangli, kaplet ko‘rinishida plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Analgetik-antipiretik.
N02BE51
Atseklofenak Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng atseklofenak tez so‘riladi, uning biokiraolishligi deyarli 100%.
Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga taxminan 1,25 – 3 soatdan keyin erishiladi.
Ovqat bilan birga qabul qilinganida Tmax sekinlashadi, ayni vaqtda absorbtsiya darajasi o‘zgarmaydi.
Atseklofenak proteinlar bilan yuqori bog‘lanadi (>99,7%).
Atseklofenak sinovial suyuqlikka o‘tadi, u yerda plazmadagi kontsentratsiyasining taxminan 60% ga yetadi.
Taqsimlanish hajmi taxminan 30 l.
Yarim chiqarilish davri 4-4,3 soat.
Qabul qilingan dozaning taxminan uchdan ikki qismi siydik bilan asosan bog‘langan gidroksimetabolitlari sifatida chiqariladi.
Bir martalik peroral dozaning faqat 1% o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Atseklofenak, ehtimol, CYP2C9 yordamida asosiy metaboliti – 4-gidroksiatseklofenakka metabollanadi.
Atseklofenakning sekin chiqarilishi jigar funktsiyasi yomonlashgan patsiyentlarda atseklofenakning bir martalik dozasidan so‘ng aniqlangan.
Kuniga bir marta 100 mg qo‘llab, ko‘p martalik doza tekshirilganida, yengil va o‘rtacha jigar tsirrozi bo‘lgan shaxslar va normal shaxslar orasida farmakokinetik parametrlarida farq bo‘lmagan.
Yengil va o‘rtacha buyrak funktsiyasi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda bir martalik dozadan so‘ng farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farq aniqlangan.
Paratsetamol Plazmadan yarim chiqarilish diapazoni paratsetamol uchun 1-4 soat.
Paratsetamol tananing ko‘pchilik suyuqliklarigaa taqsimlanadi va asosan jigarda metabolizmga uchraydi.
O‘zgarmagan dori vositasining ko‘p bo‘lmagan miqdori siydik bilan chiqariladi, ammo almashinuv mahsulotlarining katta qismi siydikda 24 soat davomida paydo bo‘ladi.
Dolofen-IS isitma bilan yoki isitmasiz kechuvchi o‘tkir og‘riqli yallig‘lanish holatlarni davolash uchun ko‘rsatilgan – osteoartritlarda, revmatoid artritlarda, ankilozlovchi spondiloartritlarda, shuningdek tayanch-harakat apparatining og‘riq bilan birga kechuvchi boshqa kasalliklarida – orqa og‘rig‘ida, tish og‘rig‘ida, birlamchi dismenoreyada og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Dolofen-IS tabletkalari kattalarda peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Dolofen-IS ning maksimal tavsiya qilingan dozasi – bu kunda ikki tabletka, bir tabletkadan ertalab va kechqurun.
Atseklofenak Atseklofenak yaxshi o‘zlashtiriladi, ko‘pchilik MIY tizimi tomonidan kuzatiladigan noxush holatlar qaytuvchi va ahamiyatsizdir.
Ko‘pchilik tarqalgan hollarga dispepsiya va qorin og‘rig‘i kiradi (>5% hollar).
Atseklofenak bilan bog‘liq bo‘lgan bosh aylanishi, qichishish, toshma va dermatit hollari kam kuzatiladi (<5%).
Paratsetamol Gematologik: gemolitik anemiya, neytropeniya, leykopeniya, pantsitopeniya, trombotsitopeniya.
O‘ta yuqori sezuvchanlik: teri toshmasi, eshakemi, eritema va isitma.
Aralash: gipoglikemik koma, sariqlik.
Atseklofenak yoki Paratsetamolga yoki preparatning har qanday oshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Ta’siri o‘xshash substantsiyalarga ega (masalan, aspirin yoki boshqa NYAQV) dori vositalari astma xurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit yoki isitma chaqiradigan o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar.
O‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki jigar yoki buyrak funktsiyasining o‘tkir yomonlashuvi, homiladorlik va laktatsiya davri, bolalik yoshi.
Dori vositalarining Dolofen-IS bilan bog‘liq o‘zaro ta’siri boshqa NYAQV bilan kuzatiladigan boshqa o‘zaro ta’sirlar bilan bir xil.
Atseklofenak plazmada litiy, digoksin va metotreksatning kontsentratsisini oshirishi mumkin, antikoagulyantlar faolligini oshiradi, diuretiklarning faolligini ingibitsiya qilishi, tsiklosporinning va nefrotoksikligini kuchaytirishi va xinolon antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilganida konvulsiyani tezlashtirishi mumkin..
Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan birga qo‘llanganida, zardobdagi kaliyni tekshirish kerak.
Bundan tashqqari, gipo- yoki giperglikemiya, atseklofenak va antidiabetik dori vositalarni birga qo‘llash sababli, garchi kam bo‘lsa ham, kuzatilishi mumkin.
Atseklofenakni boshqa NYAQV yoki kortikosteroidlar bilan birga qo‘llash nojo‘ya samaralarni tez-tezligi oshishi bilan kechishi mumkin.
Paratsetamolning potentsial gepatotoksikligi barbituratlar, karbamazepin, gidantoinlar, izoniazid, rifampin va sulfinpirazonni katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llash bilan kuchaytirilishi mumkin.
Dolofen-IS ni me’da-ichak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga va peptik yarasi, tserebrovaskulyar qon ketishlari, yarali kolit, Kron kasalligi, porfiriya, gemopoeza yoki koagulyatsiyaning buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga shifokor nazorati ostida va ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.Suyuqlikni tutilishiga moyilligi bo‘lgan boshqa holatlardagi patsiyentlar kabi, buyraklar, jigar yoki yurak funktsiyasini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Ehtiyotkorlik shuningdek umuman nojo‘ya reaktsiyalarga ko‘proq moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ham kerak.
Masalan me’da-ichakdan qon ketishi va/yoki perforatsiya, bunday jiddiy oqibatlar, davolashning xohlagan vaqtida, anamnezida ilgari bo‘lmagan yoki ogohlantiruvchi simptomlarsiz kuzatilishi mumkin.
Keksa patsiyentlarda jigar, yurak-tomir yoki buyraklar funktsiyasining yomonlashishini ehtimoli ko‘proq bo‘lishi mumkin.
NYAQV bilan uzoq muddat davolanayotgan barcha patsiyentlar ogohlantirish sifatida (masalan, buyrak, jigar funktsiyasini tekshiruvi va qon tahlili) tekshirishdan o‘tishlari kerak.
Og‘ir surunkali alkogoliklarda paratsetamolni haddan tashqari qo‘llash sababli jigarga toksikligining xavfi yuqori bo‘lishi mumkin, garchi bu holatlar haqidp ma’lumotlar kam bo‘lsada.
Ma’lumotlarga deyarli hamma vaqt surunkali alkogolizmning og‘ir hollari va paratsetamolning dozasi tavsiya qilingan dozalardan tez-tez oshirilganligi va dozani ahmiyatli oshirib yuborish hollari kiradi.
Katta miqdorda alkogolni muntazam qabul qiladigan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Bunday patsiyentlar Dolofen-IS ni tavsiya qilingan maksimal dozasidan oshirmasliklari kerak.
Jigar funktsiyasini yengil buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Dolofen-IS ning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasini jigar funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda kuniga bir tabletkagacha pasaytirish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilganida nojo‘ya ta’sirining simptomlarini kuchayishi kuzatiladi.
Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.