Doksitsiklin RNPretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: doksitsiklin giklati (suvsiz moddaga hisoblanganda) – 100 mg; yordamchi moddalar: magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Doxycyclinum

Preparatning savdo nomi:

Doksitsiklin- RNP

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (tetratsiklinlar guruhi)

Dori shakli:

kapsulalar.

tsilindr shaklli, chetlari dumaloq, tekis va yaltiroq yuzali, qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula raqami–2. Korpus va qopqoqchaning rangi–oq yoki korpus va qopqoqcha rangi–kremsimon, yoki qopqoqcha-qora, korpus-yashil. Kapsula ichidagisi: och-sariqdan sariq ranggacha bo‘lgan, gomogen, achchiq ta’mli, deyarli hidsiz kukun.

Antibiotik (tetratsiklinlar guruhi)

J01AA02.

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin deyarli to‘liq so‘riladi. Ovqat yoki sut qabul qilish preparatning so‘rilishiga ta’sir qilmaydi. Ikki va uch valentligi metallar ishtirokida nofaol xelatlarni hosil qiladi. Antatsidlar va temir preparatlari bilan birga qo‘llashdan saqlanish tavsiya qilinadi. Ichga 200 mg dozada qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 2 soatdan keyin 2-3 mkg/ml ni tashkil qiladi. 24 soatdan keyin o‘rtacha kontsentratsiyalari 1,5 mkg/ml ga yetadi. 89-91% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Plazmadan yarimchiqarilish vaqti bir marta qabuldan keyin 12-22 soatni va qayta yuborilganidan keyin 18-22 soatni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi tana vazniga nisbatan 1,58 l/kg ni tashkil qiladi. O‘pka to‘qimalari, bronxlar va nafas yo‘llarining sekretidagi preparatining kontsentratsiyasi 3-5 mkg/ml ni tashkil qiladi; buyrak to‘qimasidagi kontsentratsiyasi, xatto patologik o‘zgarishlari bilan ba’zida plazmadagiga nisbatan 2 marta ko‘p. Doksitsiklin axamiyatsiz darajada metabolizmga uchraydi. Preparat ahlat massalari bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 40% buyrak orqali chiqariladi. Sog‘lom odamda va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentda yarimchiqarilish vaqti orasida axamiyatli farqlar yo‘q.

Rikkettsiozlar, mikoplazmalar chaqirgan pnevmoniyada, o‘lat, tulyaremiya, vabo, dizenteriya, amebiazlar bakterial dizenteriyani davolashda birinchi tanlov preparati hisoblanadi. Sifilis, gonoreya, kuydirgini davolashda muqobil vosita hisoblanadi. Siydik yo‘llarining infektsiyalari (uretrit, piyelonefrit). LOR a’zolarining infektsiyalari (tonzillitlar, faringitlar, o‘rta otitlar, sinusitlar). Me’da-ichak yo‘llarini infektsiyalari. Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (furunkulez, abstsesslar, infektsiyalangan yaralar, tsellyulit, oddiy xusnbuzar).

Ichga, ovqatdan keyin katta miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalarga: 100 mg dan kuniga 2 marta (zarb doza) va keyinchalik 50 mg dan kuniga 2 marta (tutib turuvchi doza). Og‘ir hollarda kuniga 200 mg dan davolashning hamma davri davomida. Birlamchi va ikkilamchi sifilisda – 100 mg dan kuniga 3 marta, 10 kun ketma-ket. Gonoreyada – 100 mg dan kuniga 2 marta 2-4 kun yoki 300 mg bir marta. Toshmali tifda – 100 mg yoki 200 mg bir marta. 12 yoshdan oshgan tana vazni 50 kg dan katta bo‘lgan bolalarga – kattalar dozasi; tana vazni 50 kg dan kichik – birinchi kuni kuniga 4 mg/kg dan 2 qabulda va keyinchalik kuniga 2 mg/kg og‘ir infektsiyalarda doza davolashning xamma davrida kuniga 4 mg/kg, bo‘lib qoladi.

Ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal sanchiqlar, og‘iz bo‘shlig‘ini mikozlari, rektitlar, vaginitlar, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, neytropeniya, allergik reaktsiyalar, Candida li superinfektsiyalar.

Preparatga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 12 yoshdan kichik bolalar.

Doksitsiklin kumarin turi antikoagulyantlarning va oral diabetga qarshi vositalarning ta’sirini kuchaytiradi. Barbituratlar, karbamazepin, fenitoin, rifampitsin, fenformin doksitsiklinning samaradorligini pasaytiradi. Doksitsiklin oral kontratseptivlarning samarasini pasaytiradi.

Jigar va buyraklarni faoliyatini buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, preparat to‘planib qolishi mumkin. Qizilo‘ngachning yaralanishlarini oldini olish uchun katta miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni sut bilan qabul qilish kerak emas. Kandidozlarni oldini olish uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanadi. Tishlarning shakllanishi davrida, ayniqsa katta dozalarda, qo‘llanganida ularning rangini qaytmas o‘zgartirishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25º C haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilgan holda jigarning shikastlanishi yuz berishi mumkin.

Kapsulalar 100 mg №10 kontur uyali o‘ramda. 1,2 yoki 10 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.