Disept

Tarkibi:

faol moddalar: xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, askorbin kislotasi – 50 mg; yordamchi moddalar: sorbitol, laktoza, limon kislotasi, sukraloza, talk, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati, mentol, apelsin aromatozatori.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xlorgeksidin va askorbin kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Disept

Dori shakli:

shimiladigan tabletkalar

oq yoki och sariq tusli, dog‘lar bo‘lishi yo‘l qo‘yilgan, ishlatilgan aromatizatorga xos kuchsiz hidli tabletka.

A01AV03

Tabletkani sekin shimish kerak. Kattalarlarga 1 tabletkadan kuniga 4 marta buyuriladi. O‘rtacha davolash kursning davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi; preparatni 10 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Ko‘ngil aynishi, epigastriyadagi og‘riqlar, allergik reaktsiyalar (terida toshmalar), ta’mning buzilishi, parotit, til va shilliq qavatining og‘riqlari, plomba va tish protezlarining ranggi o‘zgarishi.

Organik moddalarning (plazma, fosfolipidlar) samaradorligini kamaytiradi. Yod preparatlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Xlorgeksidinni kation gurux saqlovchi preparatlar (benzalkoniya xlorid, tsetrimon bromid) bilan qo‘llash mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davri Disept® ni homiladorlik davrida qo‘llanilganda havfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun homiladorlik davri preparatning qo‘llash uchun absolyut qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Preparatni faqat agar ona uchun davolashdan taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Xlorgeksedinni ona sutiga aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llanilishi mutloq qo‘llab bo‘lmasligi aniqlanmagan. Askorbin kislotasi ona sutiga chiqariladi. Dori vositasi transport vositasiga yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Ta’mni bilish sezgirligi o‘zgarishi mumkin, lekin bu preparatning ta’siri odatda qabul qilgandan so‘ng 4 soat ichida tiklanadi. Preparatni uzoq muddat qabul qilganda tishlarning va orqa tilning yuzasini rangi o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bu holat davolanish to‘xtatilgandan so‘ng tiklanadi.

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Preparat amalda oshqozon ichak traktida so‘rilmaydi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi juda ehtimoldan uzoq. Yuqori dozada ko‘p yuborilishi kasalxonaga yetqazilishi va simptomatik davolanish talab qilinadi.

Retseptsiz

Shimish uchun tabletkalar. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 4 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin. Ulashish: 4 494 Views