Diosmektit ATM rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 paketchada saqlanadi: faol modda: dioktaedrik smektit – 3,0 g; yordamchi moddalar: suvsiz glyukoza – 0,749 g; eruvchan saxarin – 0,007 g; vanilin – 0,004 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Dioktaedrik smektit

Preparatning savdo nomi:

Diosmektit ATM

Farmakalogik guruhi:

Diareyaga qarshi vositalar.

Dori shakli:

Suspenziyani tayyorlash uchun kukun.

Sarg‘ish yoki oqish kulrangdan biroz kulrang yoki biroz jigarrang sariq rangli kukun. Xidsiz, ushlab ko‘rganda yog‘li.

Diareyaga qarshi vositalar.

So‘rilmaydi, o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Diareya (allergik, dori genezli; ovqatlanish tartibi va ovqatning sifati buzilganda), gastrit, me’da va o‘nikki barmoq ichakni yara kasalligi, kolit. Infektsion genezli diareya – majmuaviy davolash tarkibida. Me’da va ichak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan belgilarini (jig‘ildon qaynashi, og‘rlik, dam bo‘lish va diskamfort) davolash.

Qabziyat (odatda preparatning dozasi kamaytirilganida ichak faoliyati tiklanadi), allergik reaktsiyalar.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni o‘tkazmasligi.

Bir vaqtda qo‘llanadigan dori vositalarining so‘rilish tezligi va darajasini kamaytiradi. Boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.

Agarda 7 kun davomida belgilarning yaxshilanishi bo‘lmasa, shifokorga murojaat qiling. Agarda og‘riq tuyg‘ulari harorat yoki qusish bilan birga kechsa, darhol davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Preparat va boshqa dori vositalarining qabullari orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak. Preparat tavsiya qilingan dozalarda homiladorlik va laktatsiya davrida ishlatilishi mumkin. Transpot vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda preparatni qo‘llashni xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 150S dan 250S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasi oshirib yuborilish xolatlari aniqlanmagan

Retseptsiz

Suspenziyani tayyorlash uchun kukun. 3,76 g dan medikamentlar qadoqlash uchun qog‘oz paketlarda. 30 ta paket, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

4 yil.