Diklomidretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir ampula (3 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: diklofenak natriy – 75 mg; yordamchi moddalar: benzil spirti, natriy metabisulfiti, propilenglikol, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

diklofenak

Preparatning savdo nomi:

Diklomid

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz eritma.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish kasalliklari (revmatoid artrit, psoriatik, yuvenil surunkali artrit, ankilozlovchi spondilit, podagrali artrit, yumshoq to‘qimalarning revmatik shikastlanishi).Tayanch-harakat apparatining degenerativ kasalliklari (deformatsiyalovchi osteartroz, osteoxondroz).Lyumbago, ishias, nevralgiya, milgiya, tendovaginit, bursit.Jarohatdan keyingi yallig‘lanish bilan birga kechuvchi og‘riq sindromi, operatsiyadan keyingi og‘riq, migren, buyrak sanchig‘i; birlamchi algodismenoreya, adneksit, proktit.Quloq, tomoq, burunning yaqqol og‘riq sindromi bilan kechuvchi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (faringit, tonzillit, otit) majmuaviy davolash tarkibida.Isitma sindromida qo‘llanadi.

Mushak ichiga, chuqur yuboriladi. Preparat o‘tkir holatlarni davolash yoki surunkali kasallikni zo‘rayishini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi. Kattalar uchun bir martalik doza – 75 mg (bir ampula). Zarurati bo‘lganida qayta yuborish mumkin, ammo 12 soatdan oldin emas. Maksimal sutkalik doza 150 mg (2 ampula) ni tashkil etadi. Preparatni mushak ichiga yuborishning davomiyligi 2 haftadan oshmasligi kerak, 65 yoshdan oshgan patsiyentlar uchun 2 kundan ko‘p emas, sinchkov tibbiy kuzatuvi ostida, keyinchalik peroral qabulga o‘tiladi.

Tez-tez – 1-10%; ba’zida – 0,1-1%; kam hollarda – 0,01-0,1%; juda kam hollarda – 0,001%, shu jumladan alohida holatlar. Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – NYAQV-gastropatiya (gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, meteorizm), anoreksiya; kam hollarda – gastrit, proktit, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar (qonli qusish, melena, qon aralash diareya), me’da-ichak yo‘llarining yaralari (qon ketishi bilan yoki u siz yoki perforatsiyalar), toksik gepatit (sariqlik bilan yoki u siz), fulminant gepatit, jigar faoliyatini buzilishi, qon ketishi bilan bo‘lgan nospetsifik kolit, og‘izni qurishi; juda kam hollarda – stomatit, glossit, qizilo‘ngachni shikastlanishi, ichakning diafragmasimon strikturalari (nospetsifik gemorragik kolit, yarali kolitni zo‘rayishi yoki Kron kasalligi), qabziyat, pankreatit, yashin tezligidagi gepatit. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez-bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik; kam hollarda – uyquchanlik; juda kam hollarda – sezuvchanlikni buzilishi, shu jumladan paresteziyalar, xotirani buzilishi, tremor, tirishishlar, xavotirlik, tserebrovaskulyar buzilishlar, dezoriyentatsiya, depressiya, uyqusizlik, tungi “dahshatlar”, ta’sirchanlik, ruhiy buzilishlar, aseptik meningit. Sezgi a’zolari tomonidan: tez-tez – vertigo; juda kam hollarda – ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, diplopiya, skotoma, eshitishni pasayishi, quloqlarda shovqin. Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez – terini qichishishi; juda kam hollarda – gematomalar, bullez toshmalar, ekzema, shu jumladan ko‘pshaklli ekzema va Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, eksfoliativ dermatit, qichishish, soch to‘kilishi, fotosensibilizatsiya, purpura. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – nefrotik sindrom (shishlar); juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, protenuriya, oliguriya, interstitsial nefrit, so‘rg‘ichli nekroz, tsistit, antidiuretik gormonining noadekvat sekretsiyasini eslatuvchi sindromi ko‘rinishida elektrokolit muvozanatini buzilishi, spontan giponatriyemiya. Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, gemolitik va aplastik anemiya, agranulotsitoz, lokal spontan qon ketishlari va trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlanishi, qon ketish vaqtini uzayishi. Yurak-tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – yurak urishi, ko‘krakda og‘riq, arterial bosimini oshishi, vaskulit, yurak yetishmovchigi, miokard infarkti. Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – bronxial astma (shu jumladan hansirash), juda kam – pnevmonit. Endokrin buzilishlari: juda kam hollarda – impotentsiya. Allergik reaktsiyalar: juda kam hollarda – anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan arterial bosimni yaqqol pasayishi va shok; juda kam hollarda – angionevrotik shish (shu jumladan yuz shishishi). Mushak ichiga yuborilgan joyida: tez-tez – achishish; juda kam hollarda – infiltratsiya, aseptik nekroz, yog‘ to‘qimasining nekrozi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYAQVlarga), me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichida), bronxial astma (zo‘rayish xavfi), atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarini qabul qilish qo‘zg‘atgan eshakemi yoki o‘tkir rinit, og‘ir buyrak/jigar va yurak yetishmovchiligi, qon yaratilishini buzilishi, homiladorlik, bolalar (15 yoshgacha), laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: me’da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi, yarali kolit, Kron kasalligi, anamnezdagi jigar kasalliklari, jigar porfiriyasi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, aylanib yuruvchi qon hajmini kamayishi (shu jumladan katta jarrohlik aralashuvlaridan keyingi), 65 yoshdan oshgan keksa patsiyentlar (shu jumladan diuretiklar qabul qilayotgan, zaiflashgan va tana vazni kam bo‘lgan patsiyentlar), bronxial astma (zo‘rayish xavfi), glyukokortikosteroidlar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Digoksin, metotreksat, litiy preparatlari va tsiklosporinlarining plazmada kontsentratsiyasini oshiradi. Diuretiklarning samarasini pasaytiradi, kaliy tejovchi diuretiklarning fonida giperkaliyemiyaning xavfi kuchayadi; antikoagulyantlar, trombolitik vositalari (alteplaza, streptokinaza, urokinaza) fonida – qon ketishining xavfi (ko‘pincha me’da-ichak yo‘llaridan) oshadi. Gipotenziv va uyqu vositalarining samarasini kamaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroid vositalarining nojo‘ya samaralarini (me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari) metotreksatning toksikligini va tsiklosporinning nefrotoksikligini paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi. Atsetilsalitsil kislotasi diklofenakning qondagi kontsentratsiyasini kamaytiradi. Paratsetamol bilan bir vaqtda qo‘llash diklofenakning nefrotoksik samaralari rivojlanishi xavfini oshiradi. Gipoglikemik vositalarining samarasini kamaytiradi. Tsefamandol, tsefaperazon, tsefotetan, valproat kislotasi va plikamitsin gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi tez-tezligini oshiradi. Tsiklosporin va oltin preparatlari diklofenakning buyrakda prostaglandinlarning sinteziga ta’sirini oshiradi, bu nefrotoksikligini oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Etanol, kolxitsin, kortikotropin va dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda buyurish, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishini rivojlanish xavfini oshiradi. Fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi dori vositalari diklofenakning UB-nurlanishga sensibilizatsiya qiluvchi ta’sirini oshiradi. Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari, diklofenakning plazmadagi kontsentratsiyani oshiradi, bu bilan uning faolligi va toksikligini oshiradi. Xinolonlar guruhi antibakterial dori vositalari tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Uzoq muddatli davolanish vaqtida periferik qon manzarasini va jigar va buyrakning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Gastropatiya belgilari paydo bo‘lganida ezofagogastroduodenoskopiya o‘tkazilishini, gemoglobin, gematokritni aniqlanish bilan qonning tahlilini, ahlatni yashirin qon tahlilini o‘tkazishni o‘z ichiga olgan sinchkov shifokor nazorati ko‘rsatilgan. Ko‘rishni buzilishi paydo bo‘lganida dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish lozim. Fertillikka, salbiy ta’siri sababli, homiladorlikni rejalashtirgan ayollarga preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bepushtligi bo‘lgan patsiyentlarda (shu jumladan tekshirishdan o‘tayotgan) preparatni bekor qilish tavsiya etiladi. Prostaglandinlarning buyrakda qon oqimini tutib turishdagi muhim roli tufayli, yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida, diuretiklarni qabul qilayotgan keksa yoshdagi patsiyentlarni davolashda va katta jarrohlik aralashuvlaridan keyin bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar bunday hollarda diklofenak buyurilsa, ehtiyotkorlik choralari sifatida buyrak faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kamligida plazmada kontsentratsiyasi nazariy jihatdan buyrak faoliyati normada bo‘lgan patsiyentlardagiga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘lishi kerak, ammo bu real kuzatilmaydi, chunki bunday vaziyatda metabolitlarini safro bilan chiqarilishini kuchayadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (surunkali gepatit, jigarning kompensatsiyalangan tsirrozi), kinetikasi va metabolizmi, jigar faoliyati normada bo‘lgan patsiyentlardagi o‘xshash jarayonlardan farq qilmaydi. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini yaralanishini, qon ketishi (me’da-ichakdan, milkdan, bachadondan, gemorroydan), rivojlanishining xavfi oshadi.

Emizish davrida va homiladorlik vaqtida preparat qo‘llanmasin.

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, o‘pkaning giperventilyatsiyasi, ongni xiralashuvi, mioklonik tirishishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal og‘riqlar, qon ketishi, jigar va buyraklar faoliyatini buzilishi. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir yuborish, arterial bosimni oshishini, buyraklar faoliyatini buzilishini, tirishishlarni, me’da-ichak yo‘llarini ta’sirlanishini, nafas susayishini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan simptomatik davolash. Jadallashtirilgan diurez gemodializ kam samarali.

Retsept bo‘yicha

3 ml dan chop etilgan matn ampulalarda, 5 ampula kontur-uyali PVX o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.