Digirivretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: L-ornitin-L- aspartat – 0,5 g; yordamchi modda: limon kislota monogidrati, natriy tsitrati, propilenglikol, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

L-ornitin-L-aspartat

Preparatning savdo nomi:

Digiriv

Farmakalogik guruhi:

gepatoprotektor.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz eritma.

gepatoprotektor.

A05VA

Ornitin va aspartatni yarim chiqarilish davri qisqa, 0,3-0,4 soat. Aspartatning oz qismi siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Taqsimlanishi va biotransformatsiyasi. Organizmga vena ichiga yuborilgandan keyin L-aspartatni komponenti uchta asosiy metabolik yo‘llar orqali o‘zgaradi: To‘qimaning oqsillariga oqsil sintezi orqali kiritilishi;Energiyani hosil bo‘lishi, glikogen va triglitseridlarni oraliq metabolizmi;Almashtirib bo‘ladigan aminokislotalarga va vodorodning boshqa birikmalariga aylanishi. L-ornitin ham uchta yo‘l bilan hosil bo‘ladi: Mochevinani hosil bo‘lish tsiklida oraliq mahsulot sifatida;Poliamidlarning sintezida dekarboksilizatsiya fermentni hosil bo‘lishi uchun (oqsil sintezini boshqarishda ishtirok etadigan katta bo‘lmagan azot birikmalari)O-glyutamatpolualdegid va glyutamin kislotasini hosil bo‘lishi uchun. Organizmdan chiqarilishi. Aminokislotalarning katabolizmi vaqtida aminoguruhlar mochevinani hosil bo‘lish tsiklida ishlatiladi, uni shakllantiradi va organizmdan buyraklar orqali chiqaradi. Qon oqimi bilan tashiladigan aminokislotalar nefronlar orqali filtrlanadi va proksimal naychalar orqali faol o‘tkazish tizimida qayta so‘riladi

Jigar tsirrozi, jigarning yog‘li distrofiyasi, gepatit kabi jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari natijasidagi giperammoniyemiyani davolash uchun; ayniqsa paydo bo‘luvchi ongni buzilishi (koma oldi) yoki nevrologik asoratlarni (jigar entsefalopatiyasi) davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat asosan vena ichiga tomchilab infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Ampula ichidagini 500 ml infuzion eritmada eritish yo‘li bilan odatda har kuni 4 ampulagacha qo‘llanadi . Oldindan komatoz holatda va koma holatini og‘irligiga ko‘ra boshlang‘ich davo sifatida 24 soat davomida 8 ampulagacha qo‘llanadi. Preparatni odatdagi infuzion eritmalar (5% li glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi bilan) bilan aralashtirish mumkin. Ko‘pi bilan 6 ampulani 500 ml infuzion eritmada eritish tavsiya qilinadi. Dori vositasini maksimal yuborish tezligi: soatiga 5 g. Infuziya davomiyligi, tez-tezligi va davolashni olib borilishi patsiyentning klinik holatiga qarab shaxsiy ravishda aniqlanadi.

Nerv tizimi tomonidan: ba’zida qizib ketish hissi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ba’zida me’da-ichak yo‘llarida diskomfort, ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lishi mumkin

O‘ta yuqori sezuvchanlik, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (qon zardobida kreatinin darajasini haddan ziyod oshishida yo‘naltiruvchi ahamiyatga ega deb qarash mumkin).

Kontsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmani penitsillin, K vitamini, rifampitsin, meprobamat, diazepam, klomektiazolum, tiopental natriy va vinkaminum bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Yuqori dozalarda yuborilganda qon zardobida mochevina darajasini nazorat qilish kerak. Agar jigar faoliyati sezilarli darajada buzilgan bo‘lsa, ko‘ngil aynishini va qusishni bartaraf qilish uchun infuziya tezligini patsiyentga konkret moslashtirilishi kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Shuningdek, L-ornitinni- L-aspartatni hayvonlarning reproduktiv faoliyatiga toksik ta’siri bo‘yicha biron-bir tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilishdan saqlash tavsiya qilinadi. Ushbu preparatni ko‘krak sutiga chiqarilishi noma’lum. Shu sababli, preparatni emizish davrida qo‘llashdan saqlanish tavsiya qilinadi. Transport vositalarini (murakkab mexanizmlarni) boshqarish qobiliyatiga ta’siri Kasallikni o‘zi transport vositalarini va har qanday murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qiladi, shuning uchun bu preparatni qabul qilayotgan patsiyentlarda bu qobiliyatni buzilishi mumkin va shunday qilib, davolanish vaqtida bunday faoliyatdan saqlanish tavsiya qilinadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Hozirga qadar L-ornitin-L-aspartatni dozasini oshirib yuborilishi bilan chaqirilgan intoksikatsiyaning hech qanday belgilari kuzatilmagan. Dozani oshirib yuborilishi yuz bergan hollarda simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

10 ml dan qahrabo rangli shisha ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.