Desmopressinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Eritmaning har bir ml saqlaydi: Faol modda: desmopressin – 100 mkg; Yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, natriy digidrofosfat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Desmopressin

Farmakalogik guruhi:

Antidiuretik (gormonal preparat).

Dori shakli:

5 ml eritma burun tomchilari shaklida flakonda pipetkasi bilan. 1 ml eritmada taxminan 20 tomchi bor. 1 tomchi eritma taxminan 5 mkg faol modda saqlaydi. Flakonda taxminan 100 tomchi.

Tiniq, rangsiz suyuqlik.

Antidiuretik (gormonal preparat).

– markaziy genezga ega qandsiz diabet (diabetes insipidus); – buyraklarning normal kontsentratsion qobiliyati bo‘lgan 5 yoshdan oshgan patsiyentlardagi birlamchi tungi enurez; – markaziy genezga ega o‘tkir poliuriya (markaziy nerv tizimidagi jarohat, kasallik yoki jarrohlik aralashuvning oqibati); – buyraklarning kontsentratsion qobiliyatini aniqlash uchun sinamada qo‘llanadi.

Preparat patsiyent boshini biroz orqaga va yon tomonga tashlagan holida bevosita burun yo‘llariga, burun to‘sig‘i bo‘yicha yo‘naltirib tomiziladi. Tomchilar soni preparatli flakon qalpoqchasi qismi bo‘lgan pipetka yordamida o‘lchanadi. Preparatni terapevtik ta’siri qabul qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach boshlanadi. Qandsiz diabet (diabetes insipidus). Qandsiz diabet tashxisi qo‘yilgan patsiyentlarni davolash uchun desmopressinni qo‘llash, ajralib chiqayotgan siydik hajmini ancha kamayishiga olib keladi, bu siyishga bo‘lgan qistovlarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Doza va preparatni yuborish orasidagi interval davolovchi shifokor tomonidan har bir patsiyent uchun, preparatga sezuvchanligiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Bundan tashqari, shuni e’tiborga olish kerakki, faqat patsiyentlarni ko‘p bo‘lmagan qismida antidiuretik gormonining to‘liq blokadasi bo‘ladi. Bolalar va kattalar uchun kunduzgi doza 5 dan to 40 mkg gacha desmopressinni tashkil qiladi, ya’ni 1 dan 8 tomchigacha buyuriladi va bu doza 3 marta qabulga bo‘lib qabul qilishga bo‘linishi mumkin. Birlamchi tungi enurez (enuresis nocturna). Samarali doza shaxsiy tanlanadi va odatda u sutkada 10-30 mkg desmopressinni tashkil qiladi. Davolash davomida dozani asta-sekin ko‘paytirish yo‘li bilan mos keluvchi doza aniqlanadi. Terapiya eng past dozadan boshlanadi – 1-2 tomchi tana yuzasini sathi 1 kv. m dan oshmaydigan bolalar uchun, yoki 2 tomchidan tana yuzasini sathi 1 kv. m dan oshiq bolalar uchun. 2-4 hafta davomida preparat qo‘llashdan samara bo‘lmagan hollarda, sutkalik doza 1 tomchiga oshiriladi. Dozani tanlash jarayoni (sutkada 30-40 mkg gacha) davolash samarasi paydo bo‘lgunicha davom ettiriladi. Preparat bilan davolash kursi davomida kechasiga suyuqlik qabul qilishni cheklash kerak. Organizmda suyuqlikni tutilish belgilari paydo bo‘lgan holda davolashni darhol to‘xtatish kerak. Buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyatini tekshirish. Tavsiya qilinadigan doza – 3 tomchi (taxminan 15 mkg desmopressin), 1 yoshdan oshgan bolalarga esa –2 dan to 3 tomchigacha (taxminan 10-15 mkg desmopressin). Preparat qabul qilganidan keyin patsiyent qovuqni bo‘shatishi lozim. Preparat qabul qilinganidan keyingi 4 soat davomida, har soatda patsiyent siydigi namunasi osmolyarligini aniqlash uchun yig‘iladi. Sinamani o‘tkazish vaqti davomida va u tamom bo‘lganidan keyingi 4 soatda (preparat qo‘llanilgandan so‘ng hammasi bo‘lib 8 soat davomida) suyuqlik qabul qilishni cheklash lozim. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat yordamida buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyati alohida hollarda tekshiriladi, chunki bu yoshda buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyati kattaroq yoshdagi bolalarnikiga qaraganda pasaygan bo‘ladi. Buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyatini bolalar nefrologi bajarishi kerak. Taxminan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda katta dozalarni qo‘llash, nerv tizimini qo‘zg‘alishi chaqirgan tirishishlarni rivojlanishi bilan birga kechishi mumkin. 1 yoshli bolalarda sinama o‘tkazilganda, siydikni yig‘ish vaqti davomida suyuqlik qabul qilishni butunlay to‘xtatish kerak. Agarda sinama natijasida buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyati aniqlansa – sinovni takrorlash kerak. Markaziy poliuriyaning o‘tkir shakli. Preparat 2 tomchidan qo‘llanadi. Suyuqlikni qabul qilish va diurez bir soatlik interval bilan, to‘liq muvozanat olingunicha baholanadi, buning ustiga desmopressin samarasini boshlanishini preparatni qo‘llaganidan keyingi 30 minut davomida kutish mumkin. Keyingi 3-5 soat davomida organizmga kirgan va ajralib chiqqan suyuqlikni mos kelishi baholanadi, plazma va siydikning osmolyarligi kuzatiladi, qondagi natriyning kontsentratsiyasi nazorat qilinadi. O‘tkir markaziy poliuriya 1 soatdan ko‘proq davom etgan hollarda, preparatni parenteral yuborish (ko‘proq vena ichiga) tavsiya qilinadi. Qat’iy shifokor nazorati ostida qo‘llansin!

Kuchsiz, siyrak va doza kamaytirilganida yo‘q bo‘lib ketadi. Boshqalariga qaraganda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, me’da sohasida og‘riq, tumov, burundan qon ketishi ko‘proq uchraydi. Kam – preparat komponentlariga allergik reaktsiyalarni teri ko‘rinishlari. Suyuqlik qabulini cheklashsiz preparat bilan davolanish organizmda suvni tutilishini chaqirishi mumkin, u tana vaznini oshishi, shishlar, qon plazmasida natriy darajasini pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.

– plazma osmolyarligini pasayishi bilan kechuvchi barcha holatlar, shu jumladan psixogen yoki birlamchi polidipsiya; – dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; – organizmda suyuqlikni tutilishi; – anuriya va diuretiklarni qo‘llashga ehtiyoj bo‘lgan boshqa holatlar; – preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Buyrak retseptorlarining antidiuretik gormonga bo‘lgan sezuvchanligini oshishini chaqiruvchi indometatsinni qabul qilish fonida desmopressinni qo‘llash yanada yaqqolroq samara bilan kechadi. Gipofiz faoliyati qisman yoki to‘liq saqlangan hollarda, desmopressinning samarasi aynan antidiuretik gormonining sekretsiyasini rag‘batlantiruvchi preparatlar – tritsiklik antidepressantlar, xlorpropamid, karbamazepin, klofibratni bilan bir vaqtda buyurilganida kuchayishi mumkin.

Desmopressin ishlatilganida quyidagi hollarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak: – 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar va keksa patsiyentlarni davolashda; – patsiyent organizmida suv-elektrolit disbalansi bo‘lganida; – bosh miya suyagi ichki bosimini oshishini potentsial xavfi bo‘lganida. Tungi enurezni davolashda va buyraklarning kontsentratsiyalovchi qobiliyatini tekshirishda patsiyent preparat qo‘llashdan 1 soat oldin va qo‘llagandan keyin 8 soat davomida qanday bo‘lmasin suyuqlikni qabul qilmasligi kerak. Chanqoqlik paydo bo‘lgan holda, yuqorida ko‘rsatilgan vaqt davomida hammasi bo‘lib 200 ml dan ko‘p bo‘lmagan suyuqlik qabul qilishga ruxsat beriladi. Suyuqlik iste’mol qilishni ko‘paytirishning zarurati bo‘lganida (masalan isitma holida) terapiyani to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak. Kun davomida suyuqlik qabul qilishni cheklash yoki suyuqlik iste’molini odatdagi tartibini buzish mumkin emas. Tungi enurezni davolash davomida siydikning osmolyarligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda plazmaning osmolyarligini aniqlash kerak. Preparat burun tomchilari ko‘rinishida qo‘llanishi tufayli, burun shilliq qavatining barcha o‘zgarishlari, shu jumladan o‘tkir va surunkali yallig‘lanishlari preparatni qonga o‘tayotgan miqdorini o‘zgarishlarini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda yuborilayotgan tomchilar miqdorini o‘zgartirish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash man qilinmagan. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatni qabul qilish avtomobilni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, qorong‘u joyda, +250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Organizmda suyuqlikni tutilishi xavfini oshishiga va giponatriyemiyaga olib keladi. Shunga qaramasdan, giponatriyemiyani davolash qat’iyyan shaxsiy, belgilari yo‘qligida, desmopressin bilan davolashni to‘xtatish va suyuqlik qabul qilishni cheklash tavsiya qilinadi. Suyuqlik yuqori darajada tutilgan patsiyentlarga natriy xloridining izotonik yoki gipertonik eritmasi buyuriladi. Zarurati bo‘lgan holda furosemid buyurilishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

5 ml dan 100 mkg/ml desmopressin eritmasi (burun tomchilari) shisha flakonlarda. O‘ramda tomchilagich-dozator bilan ta’minlangan 1 flakon.

2 yil.