Dermoveytretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: klobetazol propionati 0,0525% (vazn/vazn) yordamchi moddalar: glitserinmonostearat, Arlatsel 165, asalari mumining o‘rnini bosuvchi 6621, tsetostearil spirti, propilenglikol, xlorokrezol, natriy tsitrati digidrati, limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klobetazol propionati.

Preparatning savdo nomi:

Dermoveyt

Farmakalogik guruhi:

juda yuqori faol glyukokortikosteroidlar (IV guruhi).

Dori shakli:

krem va surtma.

Krem: erimagan zarrachalar va aralashmalardan xoli, bir xil krem (ishlab chiqarilganda). Oq yoki deyarli oq rangli bir xil krem (yaroqlilik muddati oxirida). Surtma: erimagan zarrachalar va aralashmalar saqlamaydigan oq yoki deyarli oq bir xil tiniq surtma (ishlab chiqarilganda). Oq yoki deyarli oq rangli bir xil surtma (yaroqlilik muddati oxirida).

juda yuqori faol glyukokortikosteroidlar (IV guruhi).

D07AD.

So‘rilishi Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlar shikastlanmagan sog‘lom teri orqali tizimli so‘rilishi mumkin. Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlarni teri orqali kirish darajasi ko‘p omillar, shu jumladan dori preparatining asosi va epidermal to‘siqning butunligi bilan belgilanadi. Teri orqali o‘tishi okklyuzinol bog‘lovlar qo‘yilganda, terining yallig‘lanishida va/yoki boshqa kasalliklar mavjudligida kuchayishi mumkin. Bir tadqiqotda terisi sog‘lom odamlarda qon plazmasida klobetazol propionatining o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi, klobetazol propionatining 0,05% li surtmasi 30 g dozada ikkinchi marta qo‘yilganidan keyin (birinchi qo‘llashdan keyin 13 soat o‘tgach) 8 soat o‘tgach 0,63 ng/ml ni tashkil qilgan. Klobetazol propionati 0,05% kremi 30 g dozada ikkinchi marta qo‘yilganidan keyin qon plazmasidagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi, surtma qo‘yilgandagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lgan va qo‘yilgandan keyin 10 soat o‘tgach erishilgan. Alohida tadqiqotda psoriazi va ekzemasi bo‘lgan patsiyentlarda klobetazol propionatining 0,05% li surtmasi 25 g bir marta qo‘llanganidan keyin 3 soat o‘tgach plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyalari muvofiq 2,3 ng/ml va 4,6 ng/ml ni tashkil qilgan. Taqsimlanishi Aylanib yuruvchi preparatning darajasi aniqlanadigan darajada ahamiyatli pastligi tufayli, sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning tizimli ekspozitsiyasini baholash uchun farmakodinamik oxirgi nuqtalarini ishlatish kerak. Metabolizmi Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar teri orqali so‘rilganidan keyin ko‘proq tizimli qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning xudda shu metabolik yo‘lidan o‘tadi. Ular asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar buyraklar orqali chiqariladi. Bundan tashqari, ayrim glyukokortikosteroidlar va ularning metabolitlari shuningdek safro bilan ham chiqariladi.

Dermoveyt preparati sirtga qo‘llash uchun yuqorifaol glyukokortikosteroid xisoblanadi, u kattalarda, keksa yoshdagi patsiyentlarda va 1 yoshdan oshgan bolalarda steroidlar bilan davolashga sezuvchan dermatozlarda terining yallig‘lanish ko‘rinishlari va qichishishini yengillashtirish uchun qo‘llashga ko‘rsatilgan. Xususan: Psoriaz (tarqalgan blyashkali psoriazdan tashqari)Qiyin davolanadigan dermatozlarQizil yassi temiratkiDiskoid qizil yugurikKamroq faol steroidlar bilan davolashga chidamli terining boshqa kasalliklarida qo‘llanadi.

Surtma Surtma ko‘proq terining qurushi, lixenifikatsiya yoki kepaklanishi bilan birga kechuvchi shikastlanishlariga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Krem Krem ko‘proq teri qoplamasining nam va xo‘llanuvchi soxalariga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Kattalar, keksa yoshdagi patsiyentlar va 1 yoshdan katta bolalar Preparatni o‘rtacha, shikastlangan sohani xammasini yopishga yetarli miqdorlarda sutkada 1 yoki 2 marta, 4 haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida xolat yaxshilangunicha, yupqa qavat qilib qo‘yish va ehtiyotkorlik bilan ishqalab qo‘llash kerak. So‘ngra qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yoki undan kuchsizroq preparat bilan davolashga o‘tish lozim. Preparatni xar bir qo‘llashdan keyin yumshatuvchi vositani qo‘yish oldidan so‘rilishi uchun yetarli vaqt qoldirish kerak. Zo‘rayishlarda Dermoveyttm preparatlari bilan takroriy qisqa davolash kurslarini o‘tkazish mumkin. Terining turg‘unroq shikastlanishlarida, ayniqsa giperkeratozlarda, zarurati bo‘lganda Dermoveyttm preparatining ta’sirini, ishlov berilgan yuzaga polietilen plenkali okklyuzion bog‘lov qo‘yish yo‘li bilan kuchaytirish mumkin. Odatda qoniqarli javob olish uchun kechasiga okklyuzion bog‘lov qo‘yish yetarli hisoblanadi. Keyinchalik preparatni bog‘lovsiz qo‘yish yordamida yaxshilanishni tutib turishga erishiladi. Xolat yomonlashganda yoki 2-4 hafta davomida yaqqol yaxshilanish bo‘lmaganda, tashxis va davolashni qayta baholashni o‘tkazish kerak. Davolash 4 haftadan ortiq davom etmasligi kerak. Davolashni davom ettirishning zarurati bo‘lganida, kamroq faol preparatlar bilan davolashga o‘tish kerak. Maksimal haftalik doza haftada 50 g dan oshmasligi kerak. Atopik dermatit (ekzema) Nazoratga erishilgach Dermoveyt preparati (krem yoki surtma) bilan davolashni asta-sekin to‘xtatish va yumshatuvchi vosita bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tish kerak. Dermoveyt preparati bilan davolash keskin to‘xtatilganda oldingi dermatozlarning simptomlari qayta paydo bo‘lishi mumkin. Davolashga qiyin beriladigan dermatozlar Qaytalanishlari tez-tez bo‘ladigan patsiyentlar O‘tkir epizodni sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning davomli kursi bilan samarali davolashdan keyin, qaytalanishlar tez-tezligini pasaytirish maqsadida preparatni vaqti-vaqti (sutkada 1 marta, haftada 2 marta, okklyuzion bog‘lovsiz) qo‘llash imkoniyatini ko‘rish kerak. Ilgari shikastlangan sohalarga yoki qaytalanish rivojlanishi mumkin bo‘lgan barcha soxalarga preparatni qo‘yishni davom ettirish kerak. Patsiyentning xolatini, shuningdek davolashni davom ettirishdan foyda va xavfni baholashni muntazam o‘tkazish kerak. Bolalar Dermoveyt preparatini 1 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas. Bolalar sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning mahalliy va tizimli nojo‘ya reaktsiyalari rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar va umuman, kattalarga qaraganda davolashni qisqaroq kurslari va faolligi kamroq vositalarni qo‘llashga muxtojdirlar. Preparatni kutilgan klinik samaraga erishish uchun kerak bo‘lgan minimal miqdorda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Keksa yoshdagi patsiyentlar Klinik tadqiqotlarda keksa yoshdagi patsiyentlar va yoshroq patsiyentlar orasida davolashga javobda farqlar aniqlanmagan. Keksa yoshdagi patsiyentlardagi jigar va buyraklar funktsiyaning pasayishi uchrashini yuqoriroq tez-tezligi, preparatning tizimli so‘rilishi xolida chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin. Shu sababga ko‘ri kutilgan klinik samaraga erishish uchun preparatning minimal miqdorini iloji boricha qisqaroq vaqt davomida qo‘llash kerak. Buyraklar/jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar Tizimli so‘rilgan xolda (uzoq vaqt davomida terining katta yuzasiga qo‘yilganda) metabolizmini va chiqarilishini sekinlashishi mumkin, bu o‘z navbatida tizimli toksik ta’siri rivojlanishi xavfini oshiradi. Shu sababga ko‘ri kutilgan klinik samaraga erishish uchun preparatning minimal miqdorini iloji boricha qisqaroq vaqt davomida qo‘llash kerak.

Noxush dori reaktsiyalar (NDR) MedDRA a’zolar sinfi tizimiga va uchrash tez-tezligiga muvofiq quyida sanab o‘tilgan. Uchrashini quyidagi tez-tezligi ishlatilgan: Juda tez-tez (≥1/10) Tez-tez (≥1/100, lekin ˂1/10) Tez-tez emas (≥1/1000, lekin ˂1/100) Kam hollarda (≥1/10000, lekin ˂1/1000) Juda kam hollarda (˂1/10000), shu jumladan alohida hollarda.

CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, ritonavir va itrakonazol) bir vaqtda qo‘llanganda, glyukokortikoidlarning metabolizmini bostirilishi yuz berishi ko‘rsatilgan, bu ularning tizimli ekspozitsiyasini oshishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyatini darajasi glyukokortikosteroidlarning dozasi va qo‘llash usuliga, shuningdek CYP3A4 izofermenti ingibitorining faolligiga bog‘liq. Nomutanosiblik Nomutanosiblik aniqlanmagan.

Dermoveyt preparatini glyukokortikosteroidlarga mahalliy yoki anamnezida preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaktsiyalari (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang) davolash o‘tkazilayotgan xolatning simptomlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Sirtga qo‘llash uchun steroidlarning tizimli so‘rilishini kuchayishi natijasida ayrim patsiyentlarda giperkortitsizmning (Kushing sindromi) simptomlari va gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari (GGBUB) tizimini qaytuvchan bostirilishi rivojlanishi mumkin, bu glyukokortikosteroidli yetishmovchilikka olib keladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan simptomlardan birontasi kuzatilsa, preparatni asta-sekin qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yo‘li bilan yoki kuchligi kamroq glyukokortikosteroidga almashtirish yo‘li bilan bekor qilish kerak. Davolashni keskin to‘xtatish glyukokortikosteroidli yetishmovchilikka olib kelishi mumkin (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qfarang). Tizimli samaralarini kuchayishining xavf omillari: sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidning faolligi va dori shakli;ta’sirining davomiyligi;katta maydon yuzasiga qo‘yish;terining yopiq soxalarida qo‘llash (masalan, kepaklangan yoki okklyuzion bog‘lovli soxalar (go‘daklarda tagliklar okklyuzion bog‘lov rolini o‘ynashi mumkin));shox qavatni yuqori namligi;yuz kabi terining yupqa soxalarida qo‘llash;shikastlangan teriga yoki teri to‘sig‘i buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa xolatlarda qo‘yish;kattalar bilan solishtirganda bolalar va chaqaloqlarda sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning proportsional katta miqdori so‘rilishi mumkin va, shunday qilib, ular tizimli noxush samaralarini rivojlanishiga kattaroq darajada duchor bo‘lishlari mumkin. Bu bolalarni yetarli bo‘lmagan teri to‘sig‘iga ega bo‘lishlari va kattalar bilan solishtirganda tana yuzasi maydonini tana massasiga nisbatini katta bo‘lishi bilan bog‘liq. Bolalar Chaqaloqlar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar bilan davomli uzluksiz davolashdan iloji boricha saqlanish kerak, chunki bu buyrak usti bezlarining funktsiyasini bostirilishiga olib kelishi mumkin. Bolalar sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlar bilan davolashda atrofik o‘zgarishlar rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Agar bolalarda Dermoveyt preparatini qo‘llash talab qilinsa, davolash kursi bir necha kunlar bilan cheklangan bo‘lishi va xar haftada qayta ko‘rilishi lozim. Okklyuzion bog‘lov qo‘yilganida infektsiyalar xavfini oshishi Teri burmalaridagi, shuningdek okklyuzion bog‘lov qo‘yilganida xosil bo‘luvchi issiq va nam sharoitlar, bakterial infektsiya rivojlanishiga yordam beradi. Okklyuzion bog‘lov ishlatilganida, yangi bog‘lov qo‘yish oldidan terini tozalash kerak. Psoriazda qo‘llanishi Psoriazni davolashda sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlarni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ayrim hollarda kasallikning qaytalanishlarini paydo bo‘lishi, preparatga rezistentlik rivojlanishi, terining to‘siq faoliyatini buzilishi, tarqalgan pustulyoz paydo bo‘lishini xavfi oqibatida maxalliy va tizimli reaktsiyalar paydo bo‘lishini xavfi qayd etilgan. Davolash davrida bunday patsiyentlar davolovchi shifokorning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Yondosh infektsiya Davolashga duchor bo‘layotgan yallig‘lanish o‘choqlari infektsiyalanganda, muvofiq antibakterial davolashni qo‘llash kerak. Infektsiyaning tarqalishini xar qanday belgilarida sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolashni to‘xtatish va muvofiq antibakterial davolashni buyurish kerak. Oyoqlarning surunkali yaralari Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar ba’zida oyoqlarning surunkali yaralari atrofidagi dermatitni davolash uchun qo‘llanadi. Lekin bunday qo‘llash o‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaktsiyalari yuqori tez-tezlikda rivojlanishi va mahalliy infektsiya rivojlanishini yuqori xavfi bilan birga kechadi. Yuzga qo‘yish Preparatni yuzga qo‘ymagan afzalroq, chunki bu soxa ko‘proq atrofik o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Preparat yuzga qo‘yilgan holda, davolash kursi bir necha kunlar bilan cheklanishi kerak. Qovoqlarga qo‘yish Qovoqlarga qo‘yganda preparatni ko‘zga tushishini oldini olish uchun extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ko‘p marta ta’sir qilishi natijasida katarakta va glaukoma rivojlanishi mumkin.

Fertillik Sirtga qo‘llash uchun kortikosteroidlarni odamlarda fertillikka ta’sirini baxolash uchun ma’lumotlar yo‘q. Kalamushlarga teri ostiga yuborilganda klobetazol juftlashish qobilyatiga ta’sir ko‘rsatmagan, lekin u eng yuqori dozada qo‘llanganda fertillikni pasayishi aniqlangan. Homiladorlik Dermoveyt preparatini homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan. Xayvonlarda homiladorlik vaqtida glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash, homilada rivojlanish anomaliyalarini chaqirishi mumkin. Bu ma’lumotlarni odam uchun klinik axamiyati aniqlanmagan. Homiladorlik vaqtida Dermoveyt preparatini qo‘llash mumkinligini, faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgan xoldagina ko‘rib chiqish kerak. Preparatning minimal miqdorini minimal vaqt davri davomida qo‘llash kerak. Laktatsiya davri Laktatsiya davrida glyukokortikosteroidlarni maxalliy qo‘llashni xavfsizligi aniqlanmagan. Glyukokortikoidlarni sirtga qo‘llash, aniqlash mumkin bo‘lgan miqdorda ko‘krak suti bilan chiqarilishi uchun yetarlicha preparatni tizimli so‘rilishiga olib kelishini mumkinligi noma’lum. Laktatsiya davrida Dermoveyt preparatini faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda, bola uchun xavfda yuqori bo‘lgan xoldagina ko‘rib chiqilishi kerak. Laktatsiya davrida Dermoveyt preparati qo‘llanganida, preparatni chaqaloq tomonidan tasodifan yutilishidan saqlanish uchun, ko‘krak soxasiga qo‘yish mumkin emas. Preparatni transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Dermoveyt preparatni transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sirining tekshirishlari o‘tkazilmagan. Dermoveyt preparatini noxush reaktsiyalar profili asosida, faoliyatning bu turlariga preparatni noxush ta’siri kutilmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Krem va surtma 30oS dan past xaroratda saqlansin.

Simptomlari va belgilari Mahalliy qo‘llanganida Dermoveyt preparati tizimli reaktsiyalar rivojlanishi uchun yetarli miqdorlarda so‘rilishi mumkin. Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi rivojlanishini ehtimoli kam, lekin dozani surunkali oshirib yuborilishi yoki noto‘g‘ri ishlatilishi xolida, giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi mumkin (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang). Davolash Doza oshirib yuborilgan xolda glyukokortikoidli yetishmovchilik rivojlanishini xavfi tufayli, Dermoveyt preparatini qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yoki faolligi kamroq glyukokortikosteroid bilan almashtirish yo‘li bilan asta-sekin bekor qilish kerak. Keyingi davolashni klinik ko‘rsatmalar yoki Milliy toksikologik markazning tavsiyalariga, u bo‘lganida, muvofiq amalga oshirish kerak.

Retsept bo‘yicha beriladi

Krem 0,05% (vazn/vazn), 25 g Ichidan epoksid qatron asosidagi gruntlash laki bilan qoplangan, uchida membrana bilan ta’minlangan va lateksli germetik qavatli polipropilen qopqoq bilan berkitilgan Egiluvchan (yumshoq) alyumin tyubik. 25 g li 1 tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Surtma 0,05% (vazn/vazn), 25 g Ichidan epoksid qatron asosidagi gruntlash laki bilan qoplangan, uchida membrana bilan ta’minlangan va lateksli germetik qavatli polipropilen qopqoq bilan berkitilgan Egiluvchan (yumshoq) alyumin tyubik. 25 g li 1 tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Krem va surtma – 24 oy.