Dermazol tabretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: ketokonazol 200 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza RN 102, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, butillangan gidroksitoluol. tizimli qo‘llash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar, imidazol hosilalari.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kokonazol

Preparatning savdo nomi:

Dermazol

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar, imidazol hosilalari.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar

oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq tabletkalar.

Tizimli qo‘llash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar, imidazol hosilalari.

J01AB02

Ketokonazol imidazol dioksolan hosilasi bo‘lib, zamburug‘larga qarshi vosita hisoblanadi, u peroral qo‘llanganda samarali va dermatofitlar, achitqisimonlar va boshqa patogen zamburug‘larga nisbatan keng ta’sir doirasiga ega. Laborator sharoitlardagi tadqiqotlar ketokonazol zamburug‘ xujayralarida ergosterol sintezini susaytirishini ko‘rsatdi. Ergosterol zamburug‘larning xujayra membranalarining hayot uchun muhim bo‘lgan komponenti hisoblanadi. Uning sintezini yomonlashuvi oqibatida zamburug‘ga qarshi ta’siriga olib keladi. Kuniga bir marta 200 mg dozalashda plazmada testosteron kontsentratsiyasini o‘tuvchan kamayishini kuzatishi mumkin. Ketokonazolni yuborishni to‘xtatgandan so‘ng 24 soat davomida testosteronning kontsentratsiyasi avvalgi kontsentratsiyaga qaytadi. Bunday dozada uzoq muddat davolash vaqtida testosteronni kontsentratsiyasi odatda kuzatiladiganidan farq qilmaydi.

So‘rilishi Ketokonazol kuchsiz ikki asosli vosita hisoblanadi, shunday qilib eritish va so‘rilish uchun kislotali muhitni talab qilmaydi. Qon plazmasidagi taxminan 3,5 mkg/ml o‘rtacha maksimal kontsentratsiyaga ovqat bilan qabul qilinadigan 200 mg bir martalik dozani peroral qabul qilgandan keyin, 1 dan 2 soat davomida erishiladi. Taqsimlanishi Laboratoriya sharoitlarida, plazma oqsillari, asosan albumin fraktsiyalari bilan bog‘lanishi taxminan 99% ni tashkil qiladi. Ketokonazol to‘qimalarda keng tarqaladi; faqat ketokonazolning ozgina qismi orqa miya suyuqligiga o‘tadi. Metabolizmi Me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilganidan keyin, ketokonazol bir necha faol bo‘lmagan metabolitlarga aylanadi. Metobolizmning asosiy aniqlangan yo‘llari bo‘lib, imidazolni va piperazin xalqasini oksidlanishi va degradatsiyasi, oksidlangan O-dealkillanishi va aromatik gidroksillanishi hisoblanadi. Chiqarilishi Plazmadan chiqarilishi – ikki bosqichli. 2 soat yarim parchalanish davri bilan, birinchi 10 soat davomida va bundan keyin 8 soat davomida. Dozaning taxminan 13% siydik bilan, undan 2 – 4 % gachasi o‘zgarmagan holatda chiqariladi. Chiqarilishning asosiy yo‘li – me’da-ichak orqali safro bilan. Aholining maxsus guruh sharoitlari Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Ketokonazolning umumiy farmakokinetikasi sog‘lom insonlarnikidan farq qilmaydi.

Jigarni jiddiy toksikligining xavfi tufayli Dermazol 200 mg tabletka faqat potentsial foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lsagina, boshqa zamburug‘ga qarshi davolash samarasini mavjudligiga e’tibor berib qo‘llanilishi lozim. – Dermatomikoz va malasseziya (avval rang-barang temiratki deb nomlangan) follikulitni davolash, joylashgan joyi tufayli mahalliy davolanmasa, shikastlanishlarni qamrab olish yoki terining chuqur infektsiyalari, flukonazol, terbinafin va itrakonazolni chidamli bo‘lgan yoki o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llaniladi. – Teri shilliq qavatini surunkali kandidozi, teri kandidozi va og‘iz-xalqum kandidozini davolash, joylashgan joyi tufayli mahalliy davolanmasa, shikastlanishlarni qamrab olish yoki terining chuqur infektsiyalari, flukonazol va itrakonazolni chidamli bo‘lgan yoki o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llaniladi.

Kattalar: Bir tabletkadan (=200 mg) kuniga bir marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Agar ushbu dozaga adekvat reaktsiya bo‘lmasa, u holda doza kuniga 1 marta 2 tabletkagacha (=400 mg) oshirilishi lozim. Bolalar: – Tana vazni 15 dan 30 kggacha bo‘lgan bolalar: tabletkani yarmi (=100 mg) kuniga bir marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi. – Tana vazni 30 kgdan yuqori bo‘lgan bolalar: kattalar uchun kabi doza buyuriladi. Davolash davomiyligi Klinik xarakteristika va laborator tadqiqotlar mikozni tuzalib ketganligini ko‘rsatmagunicha, barcha ko‘rsatmalar uchun davolash tanaffuzlarsiz davom etishi zarur. Noadekvat davolash davri faol infektsiyani qaytalanishiga olib kelishi mumkin. Biroq, uzoq davom etgan davolanishda jiddiy jigar toksikligini xavfi oshadi; 10 kundan ortiq davom etadigan kurslar faqat davolashga reaktsiyalarni afzalliklari va davolashni davom ettirishni xavfini to‘liq ko‘rib chiqqandan keyingina buyurilishi lozim, jigar faoliyati esa, sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak. Malasseziya infektsiyasini davolash uchun odatda davolanish 4 xaftadan oshmasligi lozim.

Ketokonazolni nojo‘ya samaralari odatda kuchsiz va vaqtinchalik xarakterga ega. Ko‘pincha dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diareya kabi me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya samaralari xaqida xabar berilgan. Kam hollarda bosh og‘rig‘i, jigar fermentlarining qaytuvchan yuqori faolligi, xayz ko‘rish tsiklining buzilishi, bosh aylanishi, qusish, yorug‘likdan qo‘rqish, paresteziya va allergik reaktsiyalar kuzatilgan. Alohida hollarda trombotsitopeniya, alopetsiya, impotentsiya va bosh miya ichki bosimini qaytuvchan oshishi (ko‘ruv nervi diskining shishi va yallig‘lanish, bolalarda qorachiqni kattalashishi) holatlari kuzatilgan. Shuningdek, qon plazmasida testosteron darajasini vaqtinchalik kamayishi kuzatilgan, biroq bu tezda o‘tib ketgan va testosteronning darajasi norma chegarasida bo‘lgan. Agar ko‘rsatilgandan yuqori dozalar qo‘llanilsa, ba’zi hollarda ginekomastiya va oligospermiya kelib chiqishi mumkin. Kam hollarda gepatit belgilari rivojlanishi mumkin, biroq bu ushbu dori vositasini darhol organizmdan chiqarib tashlaganda qaytuvchan holatdir.

Dermazol 200 mg tabletkalarini quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas: – Ketokonazolga, boshqa har qanday to‘ldiruvchilarga yoki zamburug‘larga qarshi boshqa imidazolga ma’lum allergiyasi bo‘lgan bemorlar; – Jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlarga; – CYP3A4 substratlarini birga buyurish: astemizol, bepridil, galofantrin, dizopiramid, tsisaprid, dofetilid, levatsetilmetadol (levometadil), mizolastin, pimozid, kuinidin, sertindol yoki terfenadinlarni Dermazol 200 mg tabletkalari bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki plazmada ushbu dori mahsulotlarini yuqori kontsentratsiyalari QT intervalini uzayishiga va ba’zi hollarda yurak qorinchalarini lipillash – xilpillashi kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

– Ketokonazolni so‘rilishiga ta’sir etuvchi preparatlar: me’daning kislotaliligiga ta’sir etuvchi preparatlar ketokonazolni so‘rilishini yomonlashtiradi. – Ketokonazolni metabolizmiga ta’sir etuvchi preparatlar: ketokonazol asosan CYP3A4 tsitoxrom orqali metobolizmga uchraydi. Rifampitsin, rifabutin, karbamazepin, izoniazid, neviramin va fenitoin kabi fermentlarni induktsiya qiluvchi preparatlar ketokonazolni biokiraolishligini ahamiyatli pasaytiradi. Plazma darajasi kutilayotgandan past bo‘lsa, agar ketokonazol yakka qo‘llanilsa (birga buyurishlarsiz) plazma darajasini nazorat qilish zarurati yuq. Ketokonazolni fermentlarni kuchli induktsiya qiluvchi preparatlar bilan majmuaviy qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ritonavir ketokonazolni biokiraolishligini oshiradi. Shuning uchun agar u parallel buyurilsa, u holda ketokonazol dozasini qisqartirishni ko‘rib chiqish lozim. – Ketokonazolni boshqa preparatlar metabolizmiga ta’siri: ayrim jigar fermentlari R450, xususan CYP3A oilasi bilan metabolizmga uchraydigan preparatlarni metabolizmini ingibitsiya qilishi mumkin. Bu ularni ta’sirini oshishiga va/yoki uzayishiga, shu jumladan salbiy ta’siriga olib kelishi mumkin. – Ketokonazol va domperidonni birga buyurish tavsiya etilmaydi, chunki ularning majmuasi plazmada domperidonni yuqori kontsentratsiyasiga va QT davomiyligini oshishiga olib kelishi mumkin. Ketokonazol bilan davolanish vaqtida qo‘llash mumkin bo‘lmagan preparatlar: – CYP3A4 substratlarini birga buyurish: astemizol, bepridil, galofantrin, dizopiramid, tsizaprid, dofetilid, levatsetilmetadol (levometadil), mizolastin, pimozid, xinidin, sertindol yoki terfenadinlarni Dermazol 200 mg tabletkalari bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki plazmada ushbu dori vositalarini yuqori kontsentratsiyalari QT intervalini uzayishiga va alohida hollarda yurak qorinchalarini lipillash – xilpillashiga olib kelishi mumkin. – Haddan ziyod va davomli farmakodinamik javob sababli, triazolam va oral midazolamni birga buyurish mumkin emas. – CYP3A4 orqali metabolizmga uchraydigan simvastatin va lovastatin kabi GMK-KoA- reduktaza ingibitorlari bilan birga buyurish. – Digidroergotamin, ergometrin (ergonavin), ergotamin va metilergometrin (metilergonavin) kabi shoxkuya alkaloidlarini birga buyurish. – Nizoldipinni birga buyurish. – Eplerenonni birga buyurish. -Irinotekanni birga buyurish. – Everolimus va sirolimusni (=Rapamitsin) birga buyurish. Quyidagi preparatlar bilan ketokonazolni birga ichga buyurishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim va plazmada uning kontsentratsiyasini, o‘zaro ta’sirini yoki nojo‘ya samaralarini nazorat qilish lozim. Agar ketokonazol bilan birga buyurilsa, agar zarurati bo‘lsa, ularning dozasi kamaytirilishi lozim. Buni majmuaviy davolashni buyurishda hisobga olish lozim. Masalan: – peroral antikoagulyantlar. – Indinavir, sakvinavir kabi OITV proteaza ingibitorlari. – Barvinka alkaloidlari, busulfan, dotsetaksel, erlotinibom va imatinib kabi, o‘smalarga qarshi ayrim vositalar; – CYP3A4 yordamida metabolizmga uchraydigan sekin kaltsiy kanallarini blokatorlari: masalan: digidropiridin va verapamil bo‘lishi mumkin. – Ayrim immunosupressiv vositalar: tsiklosporin va takrolimus. – CYP3A4 fermenti tomonidan parchalanadigan, atorvastatin kabi GMK-KoA reduktaza ingibitorlari. – Budesonid, flutikazon, deksametazon va metilprednizolon kabi ayrim glyukokortikoidlar. – Digoksin (R-glikoproteinni ingibitsiya qilinishi orqali). – Boshqalar: tsilostazol, buspiron, alfentanil, fentanil, sildenafil, solifenatsin, alprazolam, brotizolam, vena ichiga midozolam, kvetiapin, repaglinid, tolterodin, trimetreksat, ebastin, eletriptan va reboksetin. Giperemiya, toshma, periferik shishlar, ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kabi xarakterlanadigan alkogolga disulfiraminsimon reaktsiya istisno holatlari haqida xabar berilgan. Barcha simptomlar bir necha soat davomida to‘liq yo‘qolib ketadi.

Jigarni jiddiy toksikligining xavfi tufayli Dermazol 200 mg tabletka faqat potentsial foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lsagina, boshqa zamburug‘ga qarshi davolash samarasini mavjudligiga e’tibor berib qo‘llanilishi lozim. Jigar toksikligi Juda kam hollarda jiddiy jigar yetishmovchiligi, shu jumladan o‘lim holatlari yoki jigarni ko‘chirib o‘tkazishni talab etuvchi holatlar ketokonazolni peroral qo‘llanganida kelib chiqqan. Ayrim patsiyentlarda jigar kasalliklari xavfini yaqqol omillari bo‘lmagan. Davolashni birinchi oyi davomida, shu jumladan ayrimlari – birinchi xaftasi davomida kelib chiqishi holatlari xaqida xabar berilgan, 10 kundan ortiq davom etadigan kurslar faqat davolashga reaktsiyalarni afzalliklari va davolashni davom ettirishni xavfini to‘liq ko‘rib chiqqandan keyingina buyurilishi lozim, jigar faoliyati esa, sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak. Barcha patsiyentlar davolanish boshida jigar toksikligini ko‘rsatuvchi belgilar va simptomlarning elementar bilimlari xaqida maslahat olishlari kerak. Patsiyent agar o‘zini sog‘lom his qilmasa yoki anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, charchash, sariqlik, qorinda og‘riq yoki siydikni to‘q rangga bo‘yalishi kabi simptomlar kelib chiqqan holatida davolashni to‘xtatish zarurati haqida ma’lumot olishi lozim. Bunday holatlar paydo bo‘lsa davolashni darhol to‘xtatish va jigar faoliyatini tahlilini o‘tkazish lozim. Jigar faoliyatini nazorati Dermazol 200 mg tabletkalari bilan davolanayotgan barcha patsiyentlarda jigar faoliyati nazoratini o‘tkazish lozim. Jigarni o‘tkir yoki surunkali kasalliklarini bartaraf etish maqsadida davolashni boshlashdan avval jigar faoliyatini nazoratini o‘tkazish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”bo‘limiga qaralsin). Jigar faoliyatini nazorati davolashni 2 va 4 –haftalarida o‘tkazilishi lozim, so‘ngra davolash to‘xtagandan keyin, agar jigarning har qanday ko‘rsatkichlari normal chegaraga nisbatan 3 martadan ko‘proqqa oshsa, har oyda tekshiruv o‘tkazilishi kerak. Jigar fermentlaring miqdori yuqori bo‘lgan yoki boshqa preparatlar bilan davolanish oqibatida jigar toksikligini o‘tkazgan bemorlarda, agar kutilgan foyda jigarni shikastlanishini potentsial xavfdan ustun bo‘lgan ayrim hollardagina davolash boshlanishi kerak va jigar faoliyatini aniqlash uchun yanada ko‘proq tahlil (LFT) o‘tkazishga e’tibor berish lozim. Tana vazni 15 kgdan kam bolalarda Dermazol 200 mg tabletkalarini qo‘llash chegaralangan. Shuning uchun kichik yoshdagi bolalarni davolash uchun Dermazol 200 mg tabletkasini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Foyda/havfni baholash ketokonazol ishlatilgunigacha, uzoq muddat davolashni talab etadigan hayot uchun xavf tug‘diruvchi kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlardagina o‘tkazilishi lozim.

Homiladorlik Homiladorlik davrida Dermazol 200 mg tabletkasini qo‘llash haqida cheklangan ma’lumotlar mavjud. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko‘rsatdi. Insonlar uchun potentsial xavf noma’lum. Shunday qilib, agar ona uchun potentsial foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan oshmasa, homiladorlik vaqtida Dermazol 200 mg tabletkasini qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya davri Ketokonazol davolanayotgan onaning sutiga o‘tishi sababli, Dermazol 200 mg tabletkasi bilan davolanish vaqtida emizish mumkin emas.

Avtomobilni xaydash va uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25 Sdan yuqori bo‘lmagan, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i. Ba’zi hollarda dozani kamaytirish yetarli hisoblanadi, jiddiy holatlarda esa, sanchish hissi va spazmlarda Dermazol 200 mg tabletkalari bilan davolashni to‘xtatish lozim. Tabletkani haddan ziyod dozasini qo‘llash holatlarida qusishni chaqirishi mumkin, me’dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish lozim. Patsiyent holatini sinchkov nazoratini o‘tkazish va simptomatik davolash zarur. Maxsus antidoti mavjud emas.

Retsept bo‘yicha.

10 tabletkadan alu-alu stripda, har bir karton o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga. 3 o‘ramdan karton qutida. 10 tabletkadan alu-alu stripda, 3 stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qo‘tida.

3 yil