Dermazol shampun rasmini ko'rish

Tarkibi:

Shampunning har bir ml quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 20 mg ketokonazol; 10 mg rux piritioniga ekvivalent bo‘lgan rux piritionining suvdagi 48% li suspenziyasi. yordamchi moddalar: dinatriy monolauril efir sulfosuktsinati, kokodietanolamid, makrogol 120 metilglyukoza dioleati, natriy lauril efir sulfati, propilenglikol, kontsentratsiyalangan vodorod xloridi kislotasi, natriy xloridi, natriy gidroksidi, butillangan gidroksitoluol (E321), ponso 4R supra (E124), imidomochevina, Al 012514 aromatizatori, aloe vera kukuni va tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ketokonazol va rux piritioni.

Preparatning savdo nomi:

Dermazol plyus shampun

Farmakalogik guruhi:

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

shampun

o‘ziga xos hidga ega pushti rangli qovushqoq suyuqlik.

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.

D01AC

Shampunning farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi faol substantsiyalar: ketokonazol va rux piritioni xarakteristikalariga bog‘liq. Ketokonazol imidazol dioksalanning sintetik hosilasi bo‘lib, dermatofitlarga (Epidermophyton spp., Microsporum spp., Trichophyton spp.), turli shtammlardagi achitqilar va achitqisimon zamburug‘lariga (Candida spp., Malassezia furfur – Pitysporum ovale) nisbatan zamburug‘larga qarshi va fungistatik faollikni ta’minlaydi. Sirtga qo‘llanilganida rux piritioni suspenziyasi mikroblarga qarshi va zamburug‘larga qarshi faollikni namoyon qiladi; streptokokklar, stafilokokklar, zamburug‘lar va kasallik keltirib chiqaruvchi organizmlarga qarshi samaralidir. Rux piritioni preparatning seboreyaga qarshi ta’sirini belgilaydi va qazg‘oq bilan kurashadi. Ketokonazol saqlovchi shampun odatda qazg‘oq, seboreyali dermatit va rangbarang temiratki bilan kechadigan kepaklanish va qichishishni kamaytiradi. Aloe vera kukuni sochlarga namlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, vitaminlar va mikroelementlar bilan boyishiga yordam beradi.

Shampun farmakokinetikasiga doir maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lib, biroq tashqi qo‘llanilganida ketokonazol va rux piritioni umumiy qon aylanishi tizimiga deyarli o‘tmaydi va muvofiq ravishda tizimli ta’sirga ega emas.

Qazg‘oq; seboreyali dermatit; bosh terisida rangbarang mahalliy temiratki kabi kepaklanish va qichishish bilan kechuvchi bosh terisi zamburug‘li kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llaniladi.

Ishlatilishidan oldin yaxshilab aralashtirish lozim. Shampunni nam sochlarga va bosh terisiga 3-5 minutga surting, so‘ngra suv bilan yuvib tashlang. Ko‘rsatma Davolash Profilaktika qilish Qazg‘oq 2-4 hafta davomida Haftada 1 marta yoki Seboreyali dermatit haftada 2 marta; 2 haftada 1 marta Rangbarang temiratki 5 kun davomida har kuni Yozgi davrdan oldin 3 kun davomida har kuni (bir martalik davolash kursi)

Teri va teri osti kletchatkalari tomonidan: terini qizarishi, achishishi, qichishish, akne, kontakt dermatit, terini ta’sirlanishi, toshmalar, surtish joyida pustulyoz toshma, eshakemi, kseroz, terini yuqori darajada kepaklanishi, diskomfort hissi, o‘ta yuqori sezuvchanlik, teri qoplamasini o‘zgarishi. Teri hosilalari tomonidan: soch strukturasini o‘zgarishi, sochning o‘ta quruqligi yoki yog‘liligi, soch to‘kilishi (allopetsiya), soch rangini o‘zgarishi (odatda sochlari kimyoviy shikastlangan yoki oqargan patsiyentlarda), tirnoqlar rangini yo‘qolishi. Tabiatan jingalak bo‘lgan sochlarni to‘g‘rilanishi holatlari uchragan. Nerv tizimi tomonidan: ta’mni buzilishi (disgevziya), paresteziya, o‘ta yuqori sezuvchanlik. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktoid reaktsiyalar, angioedema. Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘z shilliq qavatlarini achishishi, qovoqlarni shishi, haddan tashqari ko‘p ko‘z yoshi ajralishi. Infektsiyalar va invaziyalar: follikulit.

Ketokonazol, rux piritioni yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dermazol plyus preparati sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolangan patsiyentlarga buyurilganida, 2-3 hafta davomida ishlatishni asta-sekin to‘xtatib borgan holda (preparat qo‘llanilishini bekor qilish sindromi yuzaga kelishini oldini olish uchun) davolashni davom ettirish mumkin. Sezilarli tizimli so‘rilishi kamligini e’tiborga olgan holda, boshqa tibbiy preparatlar bilan o‘zaro ta’siri ehtimoli kam. Glyukokortikosteroidlarni saqlaydigan dermatologik preparatlar bilan bir vaqtda foydalanish tavsiya etilmaydi.

DermazolTM plyus preparati sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolangan patsiyentlarga buyurilganida, 2-3 hafta davomida ishlatishni asta-sekin to‘xtatib borgan holda (preparat qo‘llanilishini bekor qilish sindromi yuzaga kelishini oldini olish uchun) davolashni davom ettirish mumkin. Sezilarli tizimli so‘rilishi kamligini e’tiborga olgan holda, boshqa tibbiy preparatlar bilan o‘zaro ta’siri ehtimoli kam. Glyukokortikosteroidlarni saqlaydigan dermatologik preparatlar bilan bir vaqtda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona holatining kutiladigan yaxshilanishi homila/bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganidagina ushbu preparatdan foydalanish mumkin. Bolalar Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q. Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Dermazol plyus shampun avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ushbu shampun faqat sirtga qo‘llashga mo‘ljallanganligi va ketokonazol umumiy qon aylanishi tizimiga deyarli o‘tmasligi tufayli, muvofiq ravishda, dozani oshirib yuborilishi simptomlarining rivojlanishi ehtimoli kam. Shampun tasodifan yutib yuborilganda, tutib turuvchi va klinik choralardan foydalaning. Aspiratsiyani oldini olish uchun qusishni keltirib chiqarmang va me’dani yuvishni amalga oshirmang.

Retseptsiz.

50 ml yoki 100 ml dan flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, quyosh nuridan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil.