Dermazol plyus

Tarkibi:

Shampunning har bir ml quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 20 mg ketokonazol; 10 mg rux piritioniga ekvivalent bo‘lgan rux piritionining suvdagi 48% li suspenziyasi. yordamchi moddalar: dinatriy monolauril efir sulfosuktsinati, kokodietanolamid, makrogol 120 metilglyukoza dioleati, natriy lauril efir sulfati, propilenglikol, kontsentratsiyalangan vodorod xloridi kislotasi, natriy xloridi, natriy gidroksidi, butillangan gidroksitoluol (E321), ponso 4R supra (E124), imidomochevina, Al 012514 aromatizatori, aloe vera kukuni va tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ketokonazol va rux piritioni.

Preparatning savdo nomi:

Dermazol plyus

Farmakalogik guruhi:

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

shampun

o‘ziga xos hidga ega pushti rangli qovushqoq suyuqlik.

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.

D01AC.

Shampun farmakokinetikasiga doir maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lib, biroq tashqi qo‘llanilganida ketokonazol va rux piritioni umumiy qon aylanishi tizimiga deyarli o‘tmaydi va muvofiq ravishda tizimli ta’sirga ega emas.

Qazg‘oq;seboreyali dermatit;bosh terisida rangbarang mahalliy temiratki kabi kepaklanish va qichishish bilan kechuvchi bosh terisi zamburug‘li kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llaniladi.

Ishlatilishidan oldin yaxshilab aralashtirish lozim. Shampunni nam sochlarga va bosh terisiga 3-5 minutga surting, so‘ngra suv bilan yuvib tashlang.

Teri va teri osti kletchatkalari tomonidan: terini qizarishi, achishishi, qichishish, akne, kontakt dermatit, terini ta’sirlanishi, toshmalar, surtish joyida pustulyoz toshma, eshakemi, kseroz, terini yuqori darajada kepaklanishi, diskomfort hissi, o‘ta yuqori sezuvchanlik, teri qoplamasini o‘zgarishi. Teri hosilalari tomonidan: soch strukturasini o‘zgarishi, sochning o‘ta quruqligi yoki yog‘liligi, soch to‘kilishi (allopetsiya), soch rangini o‘zgarishi (odatda sochlari kimyoviy shikastlangan yoki oqargan patsiyentlarda), tirnoqlar rangini yo‘qolishi. Tabiatan jingalak bo‘lgan sochlarni to‘g‘rilanishi holatlari uchragan. Nerv tizimi tomonidan: ta’mni buzilishi (disgevziya), paresteziya, o‘ta yuqori sezuvchanlik. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktoid reaktsiyalar, angioedema. Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘z shilliq qavatlarini achishishi, qovoqlarni shishi, haddan tashqari ko‘p ko‘z yoshi ajralishi. Infektsiyalar va invaziyalar: follikulit.

Ketokonazol, rux piritioni yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

DermazolTM plyus preparati sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolangan patsiyentlarga buyurilganida, 2-3 hafta davomida ishlatishni asta-sekin to‘xtatib borgan holda (preparat qo‘llanilishini bekor qilish sindromi yuzaga kelishini oldini olish uchun) davolashni davom ettirish mumkin. Sezilarli tizimli so‘rilishi kamligini e’tiborga olgan holda, boshqa tibbiy preparatlar bilan o‘zaro ta’siri ehtimoli kam. Glyukokortikosteroidlarni saqlaydigan dermatologik preparatlar bilan bir vaqtda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Preparat faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Shampundan foydalanilganda uni ko‘zlarga va ko‘zlarning shilliq qavatlariga tushishidan ehtiyot bo‘ling. Ko‘zlarga tushganida suv bilan yaxshilab yuvish lozim. Seboreyali dermatit va qazg‘oq ko‘pincha sochlarni yuqori darajada yo‘qotilishi bilan kechadi, u ayrim hollarda shampundan foydalanishning boshlanishida bir muncha muddat davom etishi mumkin. Preparat butillangan gidroksitoluol (Ye321) saqlaydi, u mahalliy teri reaktsiyalarini (masalan, kontakt dermatitni) yoki ko‘zlar va shilliq qavatlarning achishishini keltirib chiqarishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona holatining kutiladigan yaxshilanishi homila/bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganidagina ushbu preparatdan foydalanish mumkin.

Ushbu shampun faqat sirtga qo‘llashga mo‘ljallanganligi va ketokonazol umumiy qon aylanishi tizimiga deyarli o‘tmasligi tufayli, muvofiq ravishda, dozani oshirib yuborilishi simptomlarining rivojlanishi ehtimoli kam. Shampun tasodifan yutib yuborilganda, tutib turuvchi va klinik choralardan foydalaning. Aspiratsiyani oldini olish uchun qusishni keltirib chiqarmang va me’dani yuvishni amalga oshirmang.

Retseptsiz

3 yil.