Dekstanolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

: faol modda: deksketoprofen trometamol 73,8 mg (50 mg deksketoprofenga ekvivalent); yordamchi moddalar: etanol, natriy xloridi, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

deksketoprofen

Preparatning savdo nomi:

Dekstanol

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

M01AE17

Deksketoprofen trometamol patsiyentlarga mushak ichiga yuborilgandan so‘ng, taxminan 20 minut (10-45 minut) dan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishiladi. 25-50 mg preparat bir marta mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda egri chiziq ostidagi maydon AUC ko‘rsatkichi dozaga mutanosib ekanligi isbotlangan. Preparatni ko‘p marta qo‘llanilishini o‘rganish yuzasidan farmakokinetik tadqiqotlarda, so‘nggi marta mushak ichiga va vena ichiga yuborilgandan so‘ng Cmax va AUC ko‘rsatkichlari bir marta qo‘llanilgandan keyingi ko‘rsatkichlardan farqlanmasligi aniqlangan bo‘lib, bu dori vositasining kumulyatsiyasi yo‘qligidan dalolat beradi. Qon plazmasi oqsillari bilan yuqori bog‘lanish darajasiga (99%) ega boshqa dori vositalari kabi deksketoprofenning taqsimlanish hajmi o‘rtacha 0,25l/kg ni tashkil qiladi. Yarim taqsimlanish davri taxminan 0,35 soatga teng, yarim chiqarilish davri esa 1-2,7 soatlar diapazonida o‘zgarib turadi. Deksketoprofenning metabolizmi asosan glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiya yo‘li bilan kechadi va keyinchalik buyrak tomonidan ajratib chiqariladi. Deksketoprofen trometamol yuborilgandan so‘ng, siydikda faqat S-(+) optik izomeri qoladi, bu preparatni R-(-) optik izomeriga aylanmasligidan dalolat beradi. Bir martalik va ko‘p martalik dozalar yuborilgandan so‘ng, tadqiqotda ishtirok etgan keksa yoshdagi (65 yosh va undan katta yoshdagi) sog‘lom ko‘ngillilarga preparatning ta’sir ko‘rsatish darajasi, yosh ko‘ngillilarga nisbatan anchagina yuqori (55% gacha) bo‘lgan, biroq maksimal kontsentratsiya va unga erishish vaqtidagi statik ahamiyatli farq aniqlanmagan. Bir martalik va ko‘p martalik dozalar yuborilgandan so‘ng, o‘rtacha yarim chiqariliish davri (48% gacha) uzaygan, muayyan umumiy klirens esa qisqargan.

Turli genezli og‘riq sindromini: – jarohatlanish, operatsiyadan keyingi og‘riqlar, buyrak sanchiqlari; – onkologik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda suyaklardagi metastazlarda og‘riqni barataraf etish uchun qo‘llaniladi. Tayanch-harakat apparatining o‘tkir va surunkali yallig‘lanishli kasalliklarini: – revmatoid artrit; – seronegativ spondiloartritlar (ankilozlanuvchi spondiloartrit, reaktiv artrit); – podagra, psevdopodagra; – osteoartroz; – bo‘g‘imdan tashqari revmatizmni (tendinit, bursit, yelka bo‘g‘imi kapsuliti) simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

Katta yoshdagilarga tavsiya qilingan doza har 8-12 soatda 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida, takroriy doza 6 soatlik interval bilan yuborilishi mumkin. Sutkalik doza 150 mg dan oshmasligi kerak. Preparat qisqa muddat davomida qo‘llash uchun mo‘ljallangan va u bilan davolanishni o‘tkir simptomlar davrida cheklash kerak (eng ko‘pi bilan 2 sutka). Iloji boricha patsiyentlarni preparatning muvofiq dori shaklini peroral qabul qilishga o‘tkazish kerak. Nojo‘ya reaktsiyalarni, patsiyentning holatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan minimal  samarali dozani iloji boricha eng qisqa davr davomida qo‘llash hisobiga kamaytirish mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish, odatda, talab qilinmaydi. Biroq fiziologik yosh bilan bog‘liq buyrak funktsiyasini pasayishi tufayli, biroz ifodalangan buyrak funktsiyasini yetishmovchiligi mavjudligida preparatni pastroq dozalarda tayinlash tavsiya qilinadi: umumiy sutkalik doza – 50 mg. Jigar funktsiyasining yengil yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-9 ball) bo‘lgan patsiyentlarda umumiy sutkalik dozani 50 mg gacha kamaytirish va jigarning funktsional ko‘rsatkichlarining nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Preparat jigar funktsiyasining og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 10-15 ball) bo‘lgan bemorlarga tayinlanmasligi kerak. Buyrak funktsiyasining yengil buzilishi (kreatinin klirensi – minutiga 50-80 ml) bo‘lgan patsiyentlar uchun sutkalik doza 50 mg gacha kamaytirish kerak. Preparat buyrak funktsiyasining og‘ir yetishmovchiligi (kreatinin klirensi – <50 ml/minut) bo‘lgan bemorlarga tayinlanmasligi kerak. Preparat mushak ichiga va vena ichiga yuborilishi mumkin: – mushak ichiga yuborilishi: bitta ampuladagi modda (2 ml) sekin-asta mushak ichiga chuqur yuboriladi; – vena ichiga yuborilishi: suyultirilgan eritma 10-30 minut davomida vena ichiga asta-sekin yuborilishi kerak. Tayyorlangan eritmaga tabiiy kunduzgi yorug‘likning ta’siriga yo‘l qo‘yilmasin; – vena ichiga bolyusli yuborilishi: zarurat bo‘lganida, bitta ampuladagi modda (2 ml) eng kamida 15 sekund davomida asta-sekin vena ichiga bolyus usulida yuborilishi mumkin. Mushak ichiga yoki vena ichiga inyektsiya qilish usuli qo‘llanganda, preparat ampuladan olingandan so‘ng zudlik bilan yuborilishi kerak. Vena ichiga infuziya uchun eritma sterillangan sharoitlarda tayyorlanadi va tabiiy kunduzgi yorug‘lik ta’siridan himoyalangan bo‘lishi kerak.

Har bir guruhni ta’riflash uchun foydalaniladigan nomlar quyidagi cheklovlarga muvofiq, har bir rasmiy tilda qabul qilingan standart terminologiyaga muvofiq bo‘lishi kerak: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha), juda kam hollarda (<1/10,000). Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda –anemiya; juda kam hollarda – neytropeniya, trombotsitopeniya. Immun tizim tomonidan: kam hollarda – xiqildoq shishi; juda kam hollarda – anafilaktik reaktsiya, shu jumladan anafilaktik shok. Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: kam hollarda – giperglikemiya, gipoglikemiya, gipertriglitseridemiya, anoreksiya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, uyquchanlik; kam hollarda – paresteziya, hushdan ketish. Ko‘rish organlari tomonidan: tez-tez –ko‘rishni noaniqligi. Eshitish va muvozanatni saqlash organlari tomonidan: kamdan-kam – quloq shang‘illashi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – ekstrasistoliya, taxikardiya; tez-tez emas – gipotoniya, giperemiya; kam hollarda – gipertoniya, yuzaki venalar tromboflebiti. Nafas olish tizimi tomonidan: kam hollarda – bradipnoe; juda kam hollarda – bronxospazm, dispnoe. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi va/yoki qusish; tez-tez emas – abdominal og‘riq, dispepsiya, diareya, qabziyat, gematemezis, og‘iz qurishi; kam hollarda – me’da-ichak yo‘li a’zolarining eroziya-yarali shikastlanishi, shu jumladan qon ketishlari va perforatsiyalar; juda kam hollarda – pankreatit. Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – gepatit, sariq kasali; juda kam hollarda – gepatotsellyulyar shikastlanishlar. Teri va teriosti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas – dermatitlar, qichishish, toshma, kuchli terlash; kam hollarda – eshakemi, akne; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, yuzni shishi, fotosezuvchanlik reaktsiyasi. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan: kam hollarda – mushaklar rigidligi, bo‘g‘imlar harakatlanishini qiyinligi, mushaklar spazmi, beldagi og‘riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, poliuriya, buyrakda og‘riq, ketonuriya, proteinuriya; juda kam hollarda – nefrit yoki nefrotik sindrom. Jinsiy a’zolar va sut bezi tomonidan: kam hollarda – hayz ko‘rish tsiklini buzilishi, prostata bezi funktsiyasini buzilishi. Laborator ko‘rsatkichlari tomonidan: kam hollarda – jigarning funktsional namunasidagi og‘ishlar. Boshqalar: tez-tez – inyektsiya joyidagi og‘riq, preparat yuborilgan joydagi reaktsiyalar, shu jumladan yallig‘lanish, qontalashish yoki qon ketishlari; tez-tez emas – gipertermiya, toliqish, og‘riq, sovqotish hissi; kam hollarda – uvushib qolish, periferik shishlar. Me’da-ichak yo‘llari: eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlar me’da-ichak yo‘llari tizimiga taalluqlidir. Peptik yara, me’da-ichak yo‘li perforatsiyasi yoki qon ketishlari rivojlanishi, ayniqsa, keksa yoshdagi bemorlarda ba’zan o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, preparatni qo‘llash fonida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsik holatlar, qorindagi og‘riq, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, kolitni zo‘rayishi va Kron kasalligi yuz berishi mumkin. Kam hollarda gastrit qayd etiladi. Shuningdek, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) qo‘llanishi oqibatida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan shishlar, arterial gipertenziya (AG) va yurak yetishmovchiligi aniqlangan. Boshqa NYAQV qo‘llangan hollarda bo‘lgani kabi, quyidagi nojo‘ya ta’sirlar bo‘lishi mumkin: tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan aseptik meningit hamda qon tomonidan reaktsiyalar (purpura, aplastik va gemolitik anemiya, kam hollarda – agranulotsitoz va suyak ko‘migi gipoplaziyasi). Bullez reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (juda kam hollarda) yuz berishi mumkin. Klinik tadqiqotlar natijalariga va epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi bir NYAQV ni (ayniqsa, yuqori dozalarda va uzoq vaqt mobaynida) qo‘llanilishi arteriyalar trombozi oqibatidagi patologiyalarni (masalan, miokard infarkti va insultni) rivojlanishi xavfini biroz oshishi bilan kechishi mumkin.

– deksketoprofenga va salitsilatlarga yoki preparatning yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; – me’da va o‘n ikki barmoq ichak zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi; – me’da-ichakdan qon ketishlari yoki faol qon ketishlarning boshqa ko‘rinishlari; – jigar va buyrak funktsiyasining og‘ir buzilishlari (kreatinin klirens <50 ml/minut); – ichakning zo‘rayish bosqichidagi yallig‘lanish kasalliklari, Kron kasalligi; – gemorragik diatez va qon ivishining boshqa buzilishlari; – bronxial astma; – homiladorlik va laktatsiya davri; – yurak yetishmovchiligi; – 18 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Quyidagi vositalarni NYAQV bilan bir vaqtda qo‘llanilishi tavsiya qilinmaydi: Boshqa NYAQV, shu jumladan yuqori dozalardagi salitsilatlar (sutkasiga >3g) bilan birga: bir nechta NYAQV ni bir vaqtda qo‘llanishi me’da-ichakdan qon ketishlari va ular ta’siri sinergizmi oqibatida yaralar paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Antikoagulyantlar bilan: deksketoprofenning qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi, shuningdek trombotsitlar funktsiyasini susaytirishi oqibatida NYAQV antikoagulyantlarning, masalan, varfarinning ta’sirini hamda me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishini kuchaytiradi. Agar bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lsa, u shifokorning sinchkov nazorati ostida va tegishli laborator ko‘rsatkichlarga muvofiq o‘tkazilishi lozim. Geparin: qon ketish xavfi (trombotsitlar funktsiyasini susayishi hamda me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishi tufayli) kuchayadi. Agar bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lsa, u shifokorning sinchkov nazorati ostida va tegishli laborator ko‘rsatkichlarga muvofiq o‘tkazilishi lozim. Kortikosteroidlar: me’da-ichak yo‘llarida yaralar va qon ketishini rivojlanish xavfi kuchayadi. Litiy preparatlari bilan: NYAQV qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini oshiradi, bu toksik darajaga yetishi (litiyning buyrak ekskretsiyasini susayishi tufayli) mumkin. Mazkur parametr deksketoprofenni buyurishda, dozasini o‘zgartirishda va bekor qilinishida hisobga olinishi kerak. Metotreksat bilan, haftada 15 mg va undan yuqori dozalarda: NYAQV qo‘llanganda metotreksatning buyrak klirensi pasayishi tufayli, uning gematotoksinligi kuchayadi. Gidantoin va sulfanilamidlarning hosilalari bilan: ularning toksik ko‘rinishlarining yaqqolligi oshishi mumkin. Ehtiyotkorlikni talab etuvchi kombinatsiyalar: Diuretiklar, AAF ingibitorlari, antibakterial aminoglikozidlar va II angiotenzin retseptorlari antagonistlari bilan: Deksketoprofen diuretik va boshqa antigipertenziv vositalarning samaradorligini pasaytiradi. Buyrak funktsiyasini buzilish bo‘lgan ayrim bemorlarda (masalan, suvsizlanganda yoki keksa yoshdagi shaxslarda) tsiklooksigenazani susaytiruvchi dori vositalarini AAF ingibitorlari yoki II angiotenzin retseptorlari antagonistlari yoki antibakterial aminoglikozidlarni qo‘llanishi, odatda, qaytuvchan jarayon hisoblanadi. Deksketoprofen har qanday diuretik bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, bemorda suvsizlanish yo‘qligiga ishonch hosil qilish, davolanishni boshida esa, buyrak funktsiyasini nazorat qilish lozim. Metotreksat bilan, haftada 15 mg dan kamroq dozalarda: NYAQV qo‘llanilganda metotreksatning buyrak klirensi susayishi tufayli, uning gematologik toksikligi kuchayadi. Majmuaviy davolanishning ilk haftalarida qon manzarasini har haftalik nazoratini o‘tkazish kerak. Buyrak funktsiyasini xatto ozgina buzilishlari bo‘lganida ham, shuningdek keksa yoshdagi shaxslarni sinchkov nazorat qilish lozim. Pentoksifillin bilan: qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi. Jadal klinik monitoring va qon ketish vaqtini tez-tez nazorat qilish lozim. Zidovudin bilan: majmuaviy terapiya boshlangandan so‘ng 1 haftadan keyin retikulotsitlarga toksik ta’sir namoyon bo‘lishi, u og‘ir anemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Majmuaviy davolash boshlangandan so‘ng 1-2 haftadan keyin qon hujayralari va retikulotsitlar sonini hisoblashni o‘tkazish kerak. Sulfonilmochevina preparatlari bilan: NYAQV sulfonilmochevinani qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish joylaridan siqib chiqarish xususiyati tufayli, sulfonilmochevinaning gipoglikemik ta’siri kuchayishi mumkin. E’tiborga olinishi lozim bo‘lgan kombinatsiyalar: Beta-andrenoretseptorlarning blokatorlari bilan: NYAQV ni qo‘llanilishi prostaglandinlar sintezini susayishi tufayli, ularning antigipertenziv ta’siri samarasini susaytirishi mumkin. Tsiklosporin va takrolimus bilan: NYAQV nefrotoksiklikni oshirishi mumkin, bu buyrak prostaglandinlariga ta’siri bilan bog‘liq. Majmuaviy davolashni o‘tkazishda buyrak funktsiyasini nazorat qilish lozim. Trombolitik preparatlar bilan: qon ketishlarini rivojlanish xavfi kuchayadi. Antiagregant vositalar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari bilan: me’da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi. Probenetsid bilan: qon plazmasida deksketoprofenning kontsentratsiyasi oshishi mumkin; mazkur ta’siri preparatni buyrak naychalari orqali sekretsiyasiga va glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiyasiga ingibitsiya qiluvchi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bu esa deksketoprofenning dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi. Yurak glikozidlari bilan: NYAQV ularning qon zardobidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Mifepriston bilan: prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qiluvchi vositalar ta’siri ostida mifepristonning samaradorligini nazariy jihatdan pasayish xavfi tufayli, NYAQV ni, mifepriston qabul qilingandan so‘ng 8-12 kundan erta buyurish mumkin emas. Xinolonlar bilan: hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda olingan ma’lumotlar, NYAQV yuqori dozalarda xinolonlar bilan majmuada qo‘llanilganda, tirishishlarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishidan dalolat beradi.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash xavfsizligi tasdiqlanmagan. Anamnezda allergik reaktsiyalari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni boshqa NYAQV, shu jumladan tsiklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Homiladorlikning III uch oyligida va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlikni kechishiga va/yoki homilani rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlarning natijalariga muvofiq, prostaglandinlar sintezini susaytiruvchi preparatlar qo‘llanilganda homiladorlikning ilk muddatlarida bola tashlash, homilada yurak nuqsonini yuz berishi va qorinning old devorini rivojlanmay qolish xavfi oshadi. Yurak-qon tomir tizimi anomaliyalarini rivojlanishining mutlaq xavfi eng ko‘pi bilan 1% dan taxminan 1,5% gacha oshgan. Bunday holatlarning yuz berish xavfi preparatning dozasini va davolash davomiyligini oshirish oqibatida kuchayadi deb hisoblaydilar. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini yuborish homilaning pred- va postimplantatsion nobud bo‘lish xavfi oshishiga olib kelishi, shuningdek embrionni  nobud bo‘lishi mumkinligi isbotlangan. Bundan tashqari, turli tug‘ma nuqsonlarni, shu jumladan organogenez davri mobaynida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qabul qilgan hayvonlarda yurak-qon tomir tizimining rivojlanish nuqsonlarini sonini oshishi qayd etilgan. Shunday bo‘lsa-da, deksketoprofen trometamolning xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv funktsiyaga preparatning toksik ta’sirini namoyish qilmagan. Homiladorlikning I va II uch oyligida deksketoprofen trometamolni faqat juda zarur bo‘lgan hollardagina tayinlash mumkin. Deksketoprofen trometamolni, homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan yoki homiladorlikning I va II uch oyligida buyurilganda, minimal samarali dozani davolashning iloji boricha eng qisqa muddati davomida qo‘llash lozim. Homiladorlikning III uch oyligida prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlari quyidagilarni keltirib chiqaradi: – kardiopulmonal toksik sindrom (arterial yo‘lni obliteratsiyasi va o‘pka gipertenziyasi bilan kechuvchi); – buyrak funktsiyasi buzilishi, bu oligogidroamnion rivojlanishi bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligigacha avj olishi mumkin. Homiladorlik oxirida kuzatiladigan ona va bola uchun xavflar: – qon ketish vaqtini uzayishi, trombotsitlar agregatsiyasi susayish samarasi, bu xatto preparat past dozalarda qo‘llanganda ham yuz berishi mumkin; – bachadon qisqarishini kechikishi, muvofiq ravishda turuqni kechikishi va tug‘ruq vaqtini cho‘zilishiga olib keladi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining simptomatikasi noma’lum. Shunga o‘xshash dori vositalari me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarni (qusish, anoreksiya, qorinda og‘riq) va nerv tizimi tomonidan buzilishlarni (uyquchanlik, bosh aylanishi, dezoriyentatsiya, bosh og‘rig‘i) keltirib chiqaradi. Dozani tasodifan oshirib yuborilganda yoki haddan tashqari ko‘p qabul qilinganda, zudlik bilan patsiyentning ahvoliga qarab, simptomatik davolanishni boshlash kerak. Deksketoprofen trometamol organizmdan dializ yordamida chiqarib yuboriladi.

Retsept bo‘yicha

«Dekstanol®» inyektsiya uchun eritma, 50 mg/5 ml dan, ampulalarda №6.

2 yil.