Deksatobromretsept bilan

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 0,300 g tobramitsin, 0,100 g deksametazon; yordamchi moddalar: tiloksopol, gipromelloza (NRMS 4000 sR), natriy sulfati (suvsiz), natriy xloridi, dinatriy edetati, dinatriy edetat digidrati, benzalkoniy xloridi, 0,5M sulfat kislotasi eritmasi yoki 1M natriy gidroksidi eritmasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tobramitsin, deksametazon

Preparatning savdo nomi:

Deksatobrom

Farmakalogik guruhi:

asosan oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita (yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi).

Dori shakli:

ko‘z tomchilari, steril suspenziya

asosan oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita (yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi).

S01CA01.

ko‘z va paraorbital sohaning infektsion kasalliklari, shu jumladan blefarit, kon’yunktivit, blefarokon’yunktivit; keratit (epiteliyni shikastlanishisiz);oftalmologik jarrohlikda operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun щllanadi.

Preparat shikastlangan ko‘z (yoki ko‘zlar) ning kon’yunktiva bщshlig‘iga har 4-6 soatda 1-2 tomchidan tomiziladi. Birinchi 24-48 soatda dozani har 2 soat o‘tgach 1-2 tomchigacha oshirilishi mumkin. Har safar foydalangandan so‘ng flakonni yopish lozim. Eritmaning sterilligini saqlab qolish uchun, pipetka uchi bilan ko‘zga tegib ketish mumkin emas.

Preparat qo‘llanganida mahalliy reaktsiyalar kuzatilishi mumkin: ko‘z yoshi ajralishini qisqa muddatli oshishi, achishish yoki tomizilganidan so‘ng bevosita sanchiq. Preparatni qo‘llash chaqirgan nojo‘ya reaktsiyalar glyukokortikoid (deksametazon) ham, antibiotik (tobramitsin) bilan ham, shuningdek ularning majmuasi bilan ham chaqirishi mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik va mahalliy allergik reaktsiyalar (qichishish, qovoqlarning shishi, kon’yunktivani qizarishi) bo‘lishi mumkin. Ushbu preparatni 14 sutkalik kurs bilan qo‘llash qator ahamiyatli nojo‘ya reaktsiyalarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Keyinchalik glaukomani rivojlanish xavfi bilan ko‘z ichki bosimi oshishi mumkin (DЕKSATOBROM ko‘z tomchilari 7 kundan ko‘proq vaqt davomida qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini muntazam o‘lchash kerak), buning natijasida ko‘ruv nervining xarakterli shikastlanishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi va ko‘rish maydonini pasayishi, orqa subkapsulyar kataraktani shakllanishi (dori vositasi 3 oydan ko‘proq qo‘llanganida), jarohatlarni bitish jarayonini sekinlashishi (glyukokortikoidlarning ta’siri bilan ifodalanadi) rivojlanadi. Shox parda yoki skleraning yupqalashishini chaqiradigan kasalliklarda fibroz parda teshilishi mumkin. Juda kam hollarda – gerpetik va bakterial infektsiyalar tarqalishi mumkin. DЕKSATOBROM preparati qo‘llanganidan so‘ng (glyukokortikoid va antibiotikning majmuasi sifatida) bemor organizmining himoya reaktsiyalari bostirilishi oqibatida ikkilamchi infektsiya kuzatilishi mumkin. Ko‘zlarning o‘tkir yiringli kasalliklarida glyukokortikoidlar mavjud bo‘lgan infektsion jarayonni niqoblashi yoki kuchaytirishi mumkin. Shox pardani zamburug‘li shikastlanishi (shox pardaning mikozlari) glyukokortikoidlar uzoq muddat qo‘llanganida (uch oydan ko‘p), ayniqsa paydo bo‘lishiga moyillik mavjud. Glyukokortikoidlarni saqlovchi preparatlar bilan uzoq muddat davolashdan so‘ng shox pardada bitmaydigan yaralarni paydo bo‘lishi zamburug‘li invaziyaning rivojlanganidan dalolat berishi mumkin.

preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;Herpes simplex chaqirgan epitelial keratit (daraxtsimon keratit);shox parda va kon’yunktivaning virusli kasalliklari (shu jumladan suvchechak);ko‘zning mikobakterial infektsiyalari;ko‘zning zamburug‘li kasalliklari;eshituv nervining nevriti;surunkali buyrak yetishmovchiligi;miasteniya;parkinsonizm;homiladorlik (preparat homilaning qaytmas karligiga sababchi bo‘lishi mumkin) da qo‘llash mumkin emas. Preparat shox pardadan yot jismni asoratsiz olib tashlanganidan so‘ng buyurilmaydi. Ehtiyotkorlik bilan: bolalar.

DЕKSATOBROM preparatini dorilar bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

DЕKSATOBROM faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan (inyektsiya uchun qo‘llanmaydi). GKS saqlovchi preparatlar 10 kundan ortiq qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini muntazam o‘lchash kerak. DЕKSATOBROM preparati tizimli qo‘llash uchun aminoglikozidlar guruhi antibiotiklar bir vaqtda buyurilganida, qon zardobida torbamitsinning kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim. Allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Qo‘llashdan oldin flakon ichidagisini chayqatish lozim. Pediatriyada qo‘llanishi Hozirgi vaqtda preparatning bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik, emizish vaqtida va bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Homilador ayollarda DЕKSATOBROMNI qo‘llash mumkin emas, chunki homilaning qaytmas karligiga sababchi bo‘lishi mumkin (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlari” bo‘limiga qarang). Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish lozim. Avtotransportni boshqarish va maxsus jihozlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri DЕKSATOBROMni qo‘llash kuchli charchoqlik va ko‘rish qobiliyatini buzilishini chaqirmaydi, shuning uchun avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Applikatsiya qilingandan so‘ng, ko‘rish aniqligi vaqtinchalik yo‘qolgan patsiyentlarga preparat tomizilishi bilanoq mashina haydash yoki murakkab texnika bilan ishlash tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramida, 15-250S haroratda saqlansin.

Hozirgi vaqtda DЕKSATOBROM preparati dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

Shifokor retsepti bo‘yicha

5 ml flakon-tomchilagichda Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.

3 yil. Flakon ochilganidan so‘ng tomchilar 4 hafta davomida ishlatilishi kerak.